Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida


Download 48.97 Kb.
bet6/7
Sana10.11.2023
Hajmi48.97 Kb.
#1763928
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
23 15.09.2000

Oldingi tahrirga qarang.
4.5. Hokimiyat yoki xizmat mavqeyini suiiste’mol qilish, hokimiyat yoki xizmat vakolatidan chetga chiqish va hokimiyat harakatsizligi — qasddan sodir etiladigan jinoyatlar.
Aybdor mansab mavqeyidan foydalanib, sodir etayotgan harakati (harakatsizligi) harbiy xizmat manfaatlariga zid ekanligini anglaydi va aynan shuni sodir etishni istaydi yoki o‘zining bunday harakatlariga befarq qaraydi.
Aybdorning oqibatlarga — qonunga muvofiq jinoyat tarkibining muqarrar alomati bo‘lgan jiddiy ziyonga munosabati ham qasd, ham ehtiyotsizlik shaklida bo‘lishi mumkin.
Mansabdorlik jinoyatiga xos jinoiy oqibat — jiddiy ziyon bo‘lib, u o‘z xususiyati va ko‘lamiga ko‘ra ko‘p miqdorni tashkil etadi. Jiddiy ziyon Qurolli Kuchlar, alohida xizmatchilar va boshqa shaxslarga yetkazilishi va turlicha, ham moddiy, ham moddiy bo‘lmagan muayyan tusda namoyon bo‘lishi mumkin. Jinoyat tugallangan deb tan olinishi uchun zarar amalda yetkazilgan bo‘lishi shart.
Jiddiy ziyon sifatida, jumladan, sodir etilgan jinoyat tufayli bo‘linmada (qismda) harbiy intizomga putur yetishi, jangovar topshiriqning, o‘q otish mashg‘ulotlarining, ishlarning barbod bo‘lishi harbiy mulkka ziyon yetkazish yoki uni yo‘q qilish, jiddiy moddiy zarar yetkazish, harbiy xizmatchilar va boshqa shaxslarning shaxsiy yoki mulkiy huquqlarining buzilishi kabilar tan olinadi. Jiddiy ziyon tushunchasi o‘z ichiga hokimiyat yoki xizmat vakolati doirasidan chetga chiqish jinoyati uchun xos bo‘lgan jabrlanuvchining hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni ham oladi. Qasddan odam o‘ldirish yoki qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish sifatida yetkazilgan zarar hokimiyat yoki xizmat vakolatidan chetga chiqish jinoyati alomatlaridan tashqariga chiqadi va og‘irroq jinoyat sifatida mustaqil tavsiflashni taqozo etadi.
(4.5-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qarori tahririda)
4.6. Xizmatga sovuqqonlik bilan qarash — mansabdor shaxsning o‘ziga yuklatilgan majburiyatlarni beparvoligi yoki vijdonan munosabatda bo‘lmasligi oqibatida umuman yoki lozim darajada bajarmasligidan iborat.
Majburiyatlarni lozim darajada bajarmaslik ularning yuzaki, ishtiyoqsiz, e’tiborsizlik bilan, o‘ylamasdan va kerakli g‘ayrat, tashabbussiz bajarilishida namoyon bo‘ladi. Bu ko‘rinishdagi sovuqqonlik harbiy mansabdor shaxsning unga ishonib topshirilgan harbiy mulkka loqayd munosabatda bo‘lishi oqibatida mazkur mulkning nobud bo‘lishi yoki unga shikast yetishi, moddiy boyliklardan foydalanishda hisob-kitob va nazoratning yetarlicha bo‘lmaganligi yoki ularni saqlash yomon tashkil etilganligi sababli talon-toroj yoki kamomad kelib chiqishi, qo‘mondon bo‘linmada harbiy tartib o‘rnatish uchun tegishli chora-tadbirlar ko‘rmaganligi tufayli tobe shaxslar tomonidan intizomning qo‘pol buzilishi yoki qo‘mondonlik bergan topshiriqlarning bajarilishi barbod bo‘lishi kabilarda namoyon bo‘ladi.
Sovuqqonlik mansabdorlik jinoyati bo‘lib, mansabdor shaxs tomonidan bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan harakatlar uning xizmat vakolatiga tegishli bo‘lishini, lavozimi bo‘yicha uning zimmasiga yuklatilgan majburiyatlar doirasiga kirgan bo‘lishini taqozo etadi.
Mansabdor shaxs u yoki bu majburiyatlarni o‘z xizmat burchi tufayli bajarishi nafaqat shart bo‘lgan, balki uni lozim darajada bajarish mumkin va buning uchun real imkoniyatga ega bo‘lgan holdagina sovuqqonlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin. Agar mansabdor shaxs o‘z xizmat vazifalarini lozim darajada amalga oshirish uchun yetarli imkoniyatga ega bo‘lmagan sharoitga tushib qolgan bo‘lsa, sovuqqonlik uchun javobgarlik istisno etiladi.

Download 48.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling