Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida
Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bilan bog‘liq masalalar
Download 48.97 Kb.
|
23 15.09.2000
Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bilan bog‘liq masalalar
2.1. Muayyan ishlarni ko‘rish paytida shuni nazarda tutish kerakki, harbiy xizmatdan bo‘yin tovlash qism yoki xizmat joyini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketish, dezertirlik, biror-bir a’zosini mayib qilish, shuningdek, boshqa usullar bilan sodir etiladi. 2.2. Harbiy xizmatchining bir kecha-kunduz (sutka)dan ortiq vaqt davomida xizmat joyida uzrli sabablarsiz hozir bo‘lmasligi qismni o‘zboshimchalik bilan tashlab ketishni tashkil qiladi. Qarindosh va tanishlarni borib ko‘rish, xizmat hordig‘ini chiqarish, oilaviy va shaxsiy ishlarni bajarish, vaqtinchalik muammolarni hal etish istagi kabi sabablar qismni o‘zboshimchalik bilan tashlab ketish hollariga xosdir. 2.3. Dezertirlik deganda, harbiy xizmatdan butunlay bo‘yin tovlash maqsadida harbiy qismni yoki xizmat joyini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketish, shuningdek, o‘sha maqsadda xizmat joyiga yetib kelmaslik tushuniladi. Harbiy xizmatchi dezertirlik sodir eta turib, qonunga xilof ravishda harbiy xizmatni o‘tashni tugatadi va o‘zini harbiy xizmat munosabatlari doirasidan chetga olishga intiladi. Subyekt (shaxs) harbiy xizmatdan bo‘yin tovlash maqsadida harbiy qism yoki xizmat joyini tark etgan paytdan boshlab dezertirlik jinoyati tugallangan hisoblanadi va shu paytdan javobgarlikka tortish muddati boshlanadi. Bunday maqsad mavjud bo‘lganda o‘zboshimchalik bilan o‘z joyida bo‘lmaslikning davomiyligi ahamiyat kasb etmaydi. Dezertirlikka xos alomatlar — aybdor tomonidan soxta hujjatlar to‘g‘rilab olish, fuqaroviy kiyimga qayta kiyinib olish, harbiy kiyimni yo‘q qilish, ishga joylashishga yoki yashash uchun boshqa doimiy manbaa topishga urinish kabilardir. Xizmat joyida bo‘lmaslikning davomiyligi sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini baholash va aybdorga jazo tayinlash paytida ahamiyatga ega bo‘ladi. Dezertirlikni sodir etgan shaxsning asosiy sabab qilib ko‘rsatadigan vajlari — harbiy xizmat qiyinchiliklari va mahrumliklarini boshdan kechirishni istamaslik, doimiy ravishdagi shaxsiy va oilaviy muammolarni hal qilishga intilish, harbiy xizmatni o‘tash davrida sodir etgan jinoyati uchun javobgarlikdan qochish va hokazolar bo‘lishi mumkin. 2.4. Biron a’zosini mayib qilish orqali harbiy xizmatdan bo‘yin tovlash — harbiy xizmatchining o‘z sog‘lig‘iga zarar yetkazishidan iborat. Bu harakat qasddan, sun’iy yo‘l bilan biron-bir a’zo yoki tana to‘qimasiga zarar yetkazish (masalan, oyoq yoki qo‘l barmoqlari), biron-bir a’zo funksiyasini buzish (masalan, oshqozon, yurak faoliyatining buzilishi), biron-bir kasallikni sun’iy ravishda chaqirish yoki mavjud kasallikni kuchaytirish orqali sodir etiladi. Sog‘liqqa ziyon o‘qotar yoki sovuq qurollar, kesadigan yoki sanchiladigan buyumlar, turli xil zaharli moddalar, boshqa mexanik, issiqlik yoki ularga o‘xshash vositalar bilan yetkazilishi mumkin. Bo‘yin tovlash tarkibi uchun a’zoni mayib qilish qanday yo‘l bilan sodir etilganligi ahamiyatsiz. 2.5. Kasallikni simulatsiya qilganda harbiy xizmatchi, haqiqatda sog‘ bo‘la turib, harbiy xizmat majburiyatlarini o‘tashdan ozod bo‘lishga ruxsat olish maqsadida, go‘yoki o‘z harbiy burchlarini bajarishga xalal berayotgan kasalliklari, jismoniy yoki ruhiy kamchiliklari borligini ro‘kach qilib, o‘zini yolg‘ondan kasalga soladi. 2.6. Hujjatni qalbakilashtirish usuli orqali bo‘yin tovlash shundan iboratki, bunda harbiy xizmatni o‘tashdan ozod bo‘lish maqsadida harbiy xizmatchi o‘z qo‘mondoniga soxta hujjat taqdim etadi. Barcha hollarda qalbakilashtirishning mohiyati shundaki, hujjatda ko‘rsatilgan voqea va hodisalar amalda mavjud bo‘lmasdan, ularga tayangan holda harbiy xizmatchi o‘zini vaqtincha yoki doimiy ravishda harbiy xizmat majburiyatlarini o‘tashdan ozod qilishni iltimos qiladi. Hujjatlarni qalbakilashtirish — bo‘yin tovlash obyektiv tomonining muqarrar belgisi ekanligi sababli, uni Jinoyat kodeksining hujjatlarni qalbakilashtirish uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi bilan qo‘shimcha tavsiflash talab qilinmaydi. 2.7. Bo‘yin tovlashning usuli sifatida boshqa aldov — harbiy xizmatni o‘tashdan ozod bo‘lish maqsadida voqea yoki hodisalar to‘g‘risida, bila turib, yolg‘on ma’lumot yetkazish yoki mazkur holatlar haqida xabar berishga burchli bo‘la turib, o‘sha maqsadda ongli ravishda xabar bermaslikdan iborat. 2.8. Harbiy xizmat vazifalarini o‘tashdan bosh tortish — harbiy xizmatchi tomonidan ochiqdan-ochiq, yolg‘on ishlatmasdan, og‘zaki, yozma yoki boshqa yo‘l bilan harbiy xizmatni o‘tash yoki uning ba’zi majburiyatlarini bajarishni istamaslikda va amalda ularni bajarmay qo‘yishda namoyon bo‘ladi. Tobe shaxsning o‘z qo‘mondonining muayyan topshiriqlarini bajarishdan bosh tortishi (masalan, xizmat safariga jo‘nash, sutkalik naryadga kirishish va hokazo) harbiy xizmatdan umuman bosh tortish sifatida ko‘rilishi mumkin emas. Bunday harakatlar bo‘ysunmaslik jinoyati tarkibini tashkil qiladi chunki bunday holda qo‘mondon talabi buyruq xususiyatiga ega bo‘lib, harakat esa, harbiy xizmatni o‘tashdan bosh tortishga emas, balki buyruqni ochiqdan-ochiq bajarmaslikka qaratilgan. 2.9. Ba’zi hollarda qonunga va Qurolli Kuchlar Umumharbiy nizomlariga muvofiq harbiy xizmatchilar maxsus huquq va majburiyatlarga ega bo‘ladilar (jangovar navbatchilik, sutkalik yoki garnizon naryadlarida bo‘lish va hokazo). Sudlar shu narsani nazarda tutishlari lozimki, harbiy xizmatchilar tomonidan maxsus xizmatni o‘tash qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik (maxsus subyekt) Jinoyat kodeksining 291—294-moddalarida belgilangan. Download 48.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling