Харобаси (мил ав. 2-минг йилликнинг иккинчи ярми). Шеробод тумани


Hukmdorlar maqbarasi[tahrir | manbasini tahrirlash]


Download 0.74 Mb.
bet21/38
Sana21.06.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1643141
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   38

Hukmdorlar maqbarasi[tahrir | manbasini tahrirlash]


Yerqoʻrgʻonning yana bir ulkan xotira inshooti III-IV asrlarga taqaluvchi hukmdorlar maqbarasidir. Meʼmoriy jihatidan ushbu topilma shahar tomonga qaratilgan va uch tomondan tor yoʻlaksimon imorat bilan oʻralgan toʻrtburchak markaziy zal yoki ayvon koʻrinishiga ega boʻlgan noyob ijodiy yodgorlikdir. Majmua yuqori zinali, ehromli platformada qurilgan boʻlib, tepaga olib chiquvchi ganch surilgan pishiq gʻishtdan terilgan paradli (hashamatli) zinasi ham mavjud boʻlgan. Maqbara interüeri tuzilishi echimi mashhur kushon ibodatxonasi surxkotalning rejasini takrorlaydi. Yerqoʻrgʻonda rejalashtirishning bu turi hashamatli maqbaralar qurilishida koʻp bor qoʻllanilgan.
Yerqoʻrgʻondagi hukmdorlar dafn marosimlari oʻsha davrdagi oʻrta osiyo shahar axolisi uchun xosdir. Markaziy zal asosan yodga olish (xotira) xususiyatiga ega boʻlgan marosimlar uchun xizmat qilgan, perimetr boʻyicha joylashgan tor imoratlarda III-IV asrlardagi naxshab hukmdorlarining tozalangan suyaklari koʻmilmasi koʻmish anjomlari bilan birgalikda topilgan boʻlib, bu imoratlar suyaklar, diniy xayr-ehsonlar va xotira rekvizitlari saqlanadigan joy boʻlgan.

Temirchilar mahallasi[tahrir | manbasini tahrirlash]


Naxshab markazining aholi yashaydigan inshootlari meʼmorchiligiga toʻxtaladigan boʻlsak, Yerqoʻrgʻonning yuqori qismi IV- VI asrlardagi aholi yashash joylarinint toʻliq suratini berib, bu erda qullar va temirchilar mahallasi koʻproq oʻrganilgan. Birinchisi ichki shaharda joylashgan boʻlib, oʻzining qazilgan qismi (13 qazilma) mahallani tashkil etuvchi alohida uy xoʻjaliklari qatorlaridan iborat. Bir necha xonadan iborat boʻlgan anchagina katta uylar tegishli jihozlarga ega boʻlgan. Sajdagohga ega boʻlgan (olov yoqish izlari boʻlgan mexrob, loydan yasalgan haykal) koʻpgina uy xoʻjaliklari hovlilarga ega emas edilar. Kulollar mahallasi boʻylab oʻtkazilgan yagona devor mahallani sharqiy va gʻarbiy qismlarga boʻladi. Barcha xoʻjaliklar kattaroq yoki kichikroq toʻrtburchakli qismlarda yoki sektsiyalarda joylashgan boʻlib, ushbu mahalla tuproqqalʼa va qadimiy xorazmning boshqa shaharlari yashash mahallalariga monand yagona massiv shaklida qurilgan.
Yerqoʻrgʻon tashqi shahrida joylashgan temirchilar mahallasi boshqacha taassurot uygʻotadi. mahalla ichki devor darvozasidan to Samarqand va kesh yoʻnalishiga olib chiquvchi tashqi darvozagacha choʻzilgan koʻchaning ikki tarafida joylashgan edi. Temirchilarning butun xoʻjaligi chiqish yoʻli koʻchaga qaratilgan boʻlib, janubiy tomonda faqat ishlab chiqarish ustaxonalari joylashgan. Shu erning oʻzida savdo ishlari olib borilgan. Shimoliy tarafda esa aholi istiqomat qiluvchi uylar joylashgan edi.
Naxshabning V-VIII asrlarga oid qishloq joylaridagi inshootlarida olib borilgan qazishmalarning (kunjutlitepa, qoʻshtepa va b.) koʻrsatishicha, shahar va qishloq aholisi xoʻjaliklari ichki tuzilishida koʻzga koʻrinarli farqlar boʻlmagan.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling