Харобаси (мил ав. 2-минг йилликнинг иккинчи ярми). Шеробод тумани
Madaniyatning Yunonlashtirish[tahrir | manbasini tahrirlash]
Download 0.74 Mb.
|
Madaniyatning Yunonlashtirish[tahrir | manbasini tahrirlash]Mil. Av. II-I asrlardan to milodiy III-IV asrlargacha boʻlgan haykaltaroshlik sanʼatining uncha koʻp boʻlmagan uzuq-yuluq boʻlaklari bezakli asoslaridan panjikent syujet tasviriga oʻzining yanada erkin chiziqlari bilan rivojlanishi orqali xorazm tuproqqalʼasi uslubiga yaqinlashuvchi janubiy sugʻdning evolyutsion yoʻli xaqida dalolat beradi. Oʻsha davrdagi Yerqoʻrgʻon kulollari mahsuloti antik davrdan ilk oʻrta asrlarga oʻtish davridagi kulolchilik namunalarini oʻzida mujassamlashtirgan. oʻtgan davrlarga xos boʻlgan qadahlar saqlanib qolmagan. Ilk oʻrta asrlardagi Yerqoʻrgʻon kulolchiligi namunalari oʻziga xos tarzda uning koʻrinishini xalqasimon tutqichga ega boʻlgan kichik koʻzachalar va ingichka devorli qizil hoshiyali idishlar belgilaydi. Koʻpgina yopishtirilgan idishlar ham mavjud boʻlib, ular orasida kuldonlar yoritgichlar va ibodat qilinadigan manqallar bor. Naxshabning er.av. III-I asrlarga tegishli terrakotikaga oid ilk shakllari idishga meduza-gorgona yuzi va qomatning yopishtirilgan shakl koʻrininshiga oʻxshab ketuvchi ellincha qiyofalarning alohida topilmasi koʻrinishida ifodalangan. Shirikrobot madaniyatiga maʼlum boʻlgan oddiy ibtidoiy shakli qoʻlbola erkak haykali toʻplamini boyitadi. Milodiy I-II asrlar uchun ellinlashgan va mahalliy uslublarning Yerqoʻrgʻon koraplastikasi tipologik qiyofalarini ishlab chiqarish uchun oʻzaro hamohanglik xos. Milodiy birinchi ming yillikning birinchi yarmida Yerqoʻrgʻonda haykalchalarning ellincha kiyimda boʻlishi naxshab uchun odatiy holat boʻlgan. Ushbu haykalchalardagi qoʻl xolati quyidagicha: oʻng qoʻl - koʻkrak ostida, chap qoʻl esa qorinda joylashgan. Ayniqsa, haykalchalar ichida bir ayol haykalchasi juda mashhur edi. Bu xilda kiyim kiygan antik ayol qiyofasi baqtriya, margʻiyona va sugʻdda keng tarqalgan boʻlib, mumtoz yunon xitonasiga borib taqaladi. Ellincha qiyofadagi haykalchaning boshqa xili - engi boʻlmagan uzun xitondagi kelishgan ayol qomati boʻlib, chap qoʻli yuqoriga qaratilgan va oʻng qoʻli tanasi boʻylab choʻzilgan. Bu tipdagi haykalcha koʻp hollarda peoniyning mashhur nika haykalchasi shakli va ikonografik belgilarini takrorlaydi. Yerqoʻrgʻon terrakotasi uslubiyatidagi ikkinchi yoʻnalish yovvoyilashtirilgan shaklda ayol maʼbudasining tekis, sxematik chizilgan qomati va koʻkragi ostida kerilgan barmoqlari shaklida ifodalangan. Uning keng koʻylagi elpigʻichsimon shaklda valiklarga boʻlingan. Bu kiyim koʻchmanchilarga taalluqli boʻlib, otda yurish qulay boʻlishi uchun etagi keng qilingan. Beldan pastga qoʻngʻiroqsimon tarzda kengayuvchi ushbu kiyim turi tekislikdagi tosh haykaltaroshligiga, shuningdek, surxkotal, shotorakka xos edi. Terrakot shakllar orasida esa saksanoxur, xolchayon, mirzakoʻltepa va dalvarzintepaga xos. III-IV asrlar naxshab koroplastika sanʼatiing eng rivojlanish nuqtasiga etgan davr edi. Haykallarni talqin qilish shartliroq detallar sxemalashtirilgan, harakatning tashqi jismoniy shakldan ichki jamlanganlik va haykalchalar yuzining ruhlanganiga oʻtish seziladi. haykalchalar badiiy munosabatda va realizm jihatidan ilgari davrda yaratilgan eng yaxshi naʼmunalardan qolishmaydi. Personajlar qoʻlida u yoki bu attributlar paydo boʻladi. Kostyumlar - ellincha, sharqiy yoki aralashgan shaklda. Ellin madaniyatiga xiton va kalafga oʻxshaydigan bosh kiyimli gimatiya kiygan maʼbuda qiyofasi tegishlidir. Qoʻliga oyna olgan maʼbuda haykalchasining bir necha variantlari saqlanib qolgan. Yerqoʻrgʻondagi shahar maʼbudasi ibodatxonasida bir necha oynalar topilishi, u shahar va naxshab viloyatini himoyasiga olgan maʼbudaning ramzi boʻlganini koʻrsatadi va bu haykalchalar aynan shu maʼbudani aks ettirgan boʻlishi mumkin. Bu haykalchalar birinchi boʻlib xorazmda, keyin esa baqtriyada topilgan, ammo bu turdagi haykalchalar marvda eng keng tarqalgan boʻlib, ularda odatda maʼbudaning oyogʻi ostida ilon yoki ajdarholar bilan birga aks ettirilgan (meshkeris). Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling