Hasharotlar ekologiyasi
Shiralar yoki o‘simlik biti (Aphidodea) kichik turkumi
Download 123 Kb.
|
HASHAROTLAR EKOLOGIYASI
Shiralar yoki o‘simlik biti (Aphidodea) kichik turkumi.
Shiralar – Yer yuzida ko‘p tarqalgan mayda (1-7 mm) polimorf hasharotlardir. Ko‘plab uchraydi. Minglarcha turni o‘z ichiga olgan bu guruh hasharotlarning hammasi turli o‘simliklarning bargi, shoxchasi, tanasi yoki ildizlarida yashab, o‘zlarining sanchuvchi – so‘ruvchi og‘iz organi bilan ulardan sharbat so‘rib oziqlanadi va shu bilan o‘simliklar (jumladan muhim madaniy o‘simliklar) ga nihoyatda katta zarar yetkazadi va ko‘pincha o‘simlikni qurib ketishiga sabab bo‘ladi. Shiralar murakkab ravishda bir necha xil individlar hosil qilib, geterogoniya yo‘li bilan ko‘payadi. Partenogenetik urg‘ochilari qanotsiz yoki (qo‘chuvchi formalari) qanotsiz bo‘ladi. Ko‘chuvchi va otalanib (o‘rchib) ko‘payadigan avlodlardagi ikki juft yupqa nozik pardasimon. Bahor va yoz davomida faqat partenogenez yo‘l bilan ko‘payuvchi avlodlari bir mavsumda 15 – 20 marta nasl berib ko‘payganligi tufayli har bir shira bir mavsumda yuz millionlab individlar hosil eta oladi. Olma, nok va behi daraxtida uchraydigan yashil shiraning bahorda dastlab paydo bo‘lgan qanotsiz urg‘ochisi (“nasl asoslovchi”) lari o‘tgan kuzdagi otalangan qishlovchi tuxumdan yetishadi. U tezda voyaga yetib, partenogenez yo‘li bilan ko‘plab lichinka (nimfa) tug‘ib ko‘payadi. Uning dastlabki avlodlari ham qanotsiz bo‘lib, ular ham otalanmay ko‘payishini davom etdiradi. Keyinchalik tug‘ilgan nimfalar qanotli yoki qanotsiz bo‘lib, qanotlilar shira naslini boshqa tup olma (behi, nok) ga tarqalishi ta’minlaydi. Kuzda mazkur partenogenez urg‘ochilardan otalanib ko‘payadigan qanotli erkak va urg‘ochilar yetishib, qo‘shilgach, urg‘ochi shira mazkur shoxchaga otalangan (qishlovchi) tuxum qo‘yadi. Bu chidamli tuxum faqat yanagi yili bahorda rivojlanib, yuqorida bayon etilgan “nasl asoslovchi” urg‘ochisini yetishtiradi. Shaftoli daraxtining novdasi va tanasida sharbat so‘rib yashaydigan katta (4 – 6 mm ) qoramtir shiralar bahordan kuzgacha qanotsiz partenogetik urg‘ochilardan iborat bo‘lib, ularda qanotli (ba’zida qanotsiz) erkak va urg‘ochi individlar faqat kuz faslida yetishadi. Bu xildagi shiralar faqat bir tur daraxtlarda yashaydi. Daraxtda yashovchi shiralar o‘rtasida Amerikada tarqalgan qon shirasining tuzilishi va hayoti boshqacharoq. Kavkaz, Qrim, Moldaviyada uchraydigan bu shiralar o‘zidan o‘rgimchak tolasiga o‘xshagan modda ajratib, yashiringan holda yashaydi. Binobarin bularni yo‘qotish qiyin (uning no‘xtasimon “uyasi” ga tegilsa qizg‘ish suyuqlik ajralgani uchun shu nom bilan atalgan). Mazkur xavfli shira daraxtning ildiziga ham o‘tib, uni chiritadi va tuganaklar hosil etadi. Qon shirasini faqat uning tabiiy kushandasi – afelinus pashshacha yordamida yo‘qotish mumkin; mazkur pashsha shira tanasiga tuxum qo‘yib, uni ko‘plab qiradi. Tok shirasi – filoksera ham o‘ta zararli hasharot. Uning “asoschisi” urg‘ochisidan yetishgan qanotsiz partenogenez avlodlari tokning bargida, bir qismi esa tuproqqa o‘tgach, tok ildizini so‘rib oziqlanib. Kuzda ildizda yashovchi urg‘ochilaridan qanotli erkak va otalanuvchi urg‘ochisi yetishib, otalangach, qishlovchi tuxum hosil qiladi. Bu xavfli shira Janubiy Yevropada millionlab gektar tokzorlarni yakson qilgan. Bularga qarshi kurashning samarali choralari hozirgacha topilgan emas. Shiralarning bir qancha turlari butasimon o‘simliklar (anor, yovvoyi butalar) da tarqalgan. O‘rta Osiyo (jumladan O‘zbekiston) va boshqa paxtakor o‘lkalarda tarqalgan g‘o‘za shiralari g‘o‘zaga katta ziyon yetkazib, hosilni kamayishiga sabab bo‘ladi. G‘o‘zada asosan uch xil shira: katta g‘o‘za shirasi (Acyrthosiphon gossipi), poliz shirasi (Aphis gossip) va Plotnikov shirasi (Xerophilopnus plotnikovi) ko‘p uchraydi. Uchalasi ham ko‘chib yuruvchi shiralardan hisoblanadi. Bular kartoshka, pomidor, karam va boshqa bir qancha poliz ekinlarida yoki bir qancha yovvoyi o‘tlarda bo‘lishi mumkin. G‘o‘zaga ko‘pincha yovvoyi o‘tlardan o‘tadi. Bu shiralar g‘o‘za bargini so‘rib, hosilni kamayishiga, hatto g‘o‘zalarni butunlay qurishiga sabab bo‘ladi. Bulardan boshqa g‘o‘zada akatsiya shirasi va o‘qildiz shirasi uchraydi. G‘alla va sabzavot o‘simliklari; lavlagi va boshqa madaniy o‘simliklarga ko‘p zarar yetkazuvchi yuzlab shira turlari ma’lum. Shiralar o‘simlik sharbatini so‘rib, oziqlanadigan, bu oziqni to‘la hazm qila olmay, uning ko‘p qismini tashqariga shirin – shira shaklida ajratib chiqaradi. (Shira nomi shundan olingan.) Bular ajratgan shirin moddalardan “foydalanish” ga o‘rgangan chumolilar doimo ularga ergashib, (ba’zida ularni ta’sirlantirish bilan “sog‘ib”) oziqlanadi. Shiralarning 20 mingdan ortiq turi ma’lum bo‘lib, shulardan Rossiyada 6 mingtacha turi uchraydi. So‘nggi yillarda professor M.N.Narziqulov (Tojikiston) va uning shogirdlari O‘rta Osiyoda shiralarning 100 ga yaqin ilgari fanga noma’lum turlarini topib aniqlagan.\ Download 123 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling