Havo alokalari
Uchish qo‘nish tasmasini qurish to‘shamasiga
Download 456.02 Kb.
|
11maxmudov (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchish qo‘nish tasmasini asos va qoplamasini qurishning sifatini baholash
- Ishlar sifatining nazorati
Uchish qo‘nish tasmasini qurish to‘shamasiga bo‘lgan talab va texnika xavfsizligi
Chiziqli kalendar grafigi ko‘rilayotgan yo‘lning butun uzunligi bo‘yicha chiziladi. Unda ish boshlanishi va tugallanish kunlari, bajariladigan barcha jarayonlar, ishtirok etuvchi mashina va mexanizmlar ko‘rsatiladi. Ordinata o‘qi bo‘yicha kun, oy va yil joylashtiriladi, abssissa o‘qi bo‘yicha esa piket va kilometrlar ko‘rsatiladi. Grafikning o‘ng tarafida ishchi kuchi va mashina mexanizmlarga bo‘lgan talab epyurasi chiziladi. Uchish qo‘nish tasmasini asos va qoplamasini qurishning sifatini baholash Zarur bo‘lganda baʼzi qismlardan tashkil topgan har xil vaqtda yoki har xil yerda qurilgan asos va qoplamalarning sifatini o‘rtacha baholashning kompleks ko‘rsatkichi, quyidagi formula bilan aniqlanadi [6]. ; bunda α1, α2, α3, va asos va qoplamalarning qabul qilingan qismlari tegishli «besh», «yaxshi», «qoniqarli» baholar olgani. Ko‘p qatlamli asos va qoplamalarning qurlishi sifatini R ko‘rsatkichlari asosida, formula bilan aniqlanadi ; Bunda: Oi - har bir qatlamning qurilish sifatini baholash. m - qatlam soni. Hisoblash komleksi ko‘rsatkichlarga binoan ko‘p qatlamli asos va qoplamalarning sifatini baholash. Agar formula bilan ko‘p qatlamli qoplamaning sifatini bahosi yuqori bo‘lsa, bu holatda umumiy baho sifatida qurilgan qatlamiing yuqori qatlami bahosi olinadi. Ishlar sifatining nazorati Qoplama va asoslarni qurishda tosh va bog‘lovchi materiallar sifatini, qorishma va qora chaqiq toshni tayyorlash jarayonini, hamda ularning sifatini nazorat etish zarur. Asos va qoplamalar qurish uchun ishlatiladigan materiallarning sifati, tegishli davlat standartlari talablarida ko‘rsatilgan usullar bilan aniqlanadi. Tosh materiallarning sifatini , ularning zarralari tarkibi, ulardagi changsimon, gil va loysimon zarralar borligi, bog‘lovchining sifati bo‘yicha (ignani botish chuqurligi, qovushqoqligi va boshqalar) baholanadi. Quyish uchun tayyorlangan bog‘lovchilarning ishchi harorati, bog‘lovchilarning tosh materiallar bilan yopishishi tekshiriladi. Qurilishga keltirayotgan shag‘alning sifatini tekshirish uchun amaldagi standart talablariga rioya qilingan holda sinov uchun naʼmuna olinadi. To‘g‘ri zahiralarning o‘zidan olinayotgan tosh materiallardan sinov uchun namunalarni, zaxiraning o‘zidan, yoki ular jo‘natilayotgan omborlardan, yo‘lda aralashtirilganda yo‘lning o‘zidan olinadi. Asfaltbeton qorishmalarini tayyorlash jarayonida quyidagilar nazorat qilinadi: materiallar sifati mineral materiallarning va bitumlarni meʼyorlash aniqligi asfaltbeton qorishmasini va bitumlarni isitish tartibi mineral materiallarning bitum bilan ko‘shib aralashtirish vaqti tayyor asfaltbeton qorishmasining harorati. uining sifatining o‘rnatilgan tartib va standart talabiga javob berish. Tayyor asfaltbeton qoplamalar quyidagi talablarga javob berishi kerak: qoplama tekis bo‘lishi kerak qoplamalar yuzasi bir jinsli tekis ko‘rinishli, bo‘shliqsiz va buzilishlarsiz, ulanish choklari bilinmas, tekis va chetlari to‘g‘ri bo‘lishi, qoplamaning kengligi loyihadagi ko‘rsatkichdan ±10 sm dan ko‘p farq qilmasligi kerak, qalinligi oddiy mashinalar qo‘llanilganda ±5% dan ko‘p farq qilmasligi kerak qoplamalarning qatlamlari bir-biri bilan va asos bilan yaxshi yopishgan bo‘lishi lozim, namunalar olinganda, xar bir qatlam bilan mustahkam yopishgan bo‘lishi kerak. Asfaltbeton qorishmasi uchun ishlatiladigan materiallar sifati mavjud usullarda va standartlar bilan tekshiriladi. Bunda chaqiqtosh va shag‘al maydalanish, barabanidan yoyilish va sovuqqa chidamlik talablariga javob berish kerak. Download 456.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling