Bir havola bo‘lakli kesim ergash gapli qo‘shma gap. Kesim ergash
gapli qo‘shma gaplarning ham ifodalangan mazmun munosabatining tabiatiga
ko‘ra ikki xil ko‘rinishi farqlanadi, ya’ni bir havola bo‘lakli va ikki havola bo‘lakli
qo‘shma gaplar: Shartim shuki, uyga vaqtida kelasan. Sen nima bo‘lsang, biz ham
shu
26
.
Birinchi tur kesim ergash gapli qo‘shma gaplar juda keng tarqalgan.
Keltirilgan misolda bosh gap (Endi sizlarga muborak topshiriq shuki) ergash gapda
(har biringiz alohida-alohida yo‘lga otlanasiz) oldin berilgan. Bosh gapdagina
havola bo‘lak bor, u shu olmoshi bilan ifodalangan bo‘lib, kesim sintaktik o‘rinni
egallagan. Mazmuniy jihatdan olib qaralsa, qo‘shma gap ikki denotativ voqea
ifodalagan. Ammo bosh gapda ifodalangan denotativ voqea alohida olinganda
“chala”, ya’ni predikat jihatdan mavhum. Bu mavhumlik ergash gapdagi denotativ
voqea bilan aloqadorlikka ko‘ra yo‘qoladi, ya’ni bosh gapdagi denotativ voqeaning
predikati ergash gapdagi denotativ voqea bilan teng. Boshqacha qilib aytganda, bir
denotativ voqea (bosh gapdagi) ikkinchi denotativ voqea (ergash gapdagi) ni
mazmunan bevosita o‘z ichiga oladi. Demak, denotativ voqealar o‘rtasidagi
munosabat – aloqa juda zich. Bu o‘rinda yana bir narsani ta’kidlamoq joizki,
bunday kesim ergash gapli qo‘shma gaplarda bosh gapdagi kesimning shu
qabilidagi havola so‘zlar bilan ifodalanishi ichki bir zaruriyatdir. Masalan, Shartim
shuki, uyga vaqtida kelasan. Buning qizig’i shu yerdaki, hech kim miq etmay
turaveradi (Oybek) eng muhimi shundaki, biz o‘z o‘rnimizni egallab oldik.
26
Nurmonov A., Mahmudov N. O’zbek tilining nazariy grammatikasi. Toshkent, O’qituvchi, 1995, 180-bet
37
(Yoshlik jurnalidan) Maqsadimiz shundan iboratki, tajribamiz ko‘zlangan natijani
berishi uchun bor kuchimizni ishga solamiz. (Islom Karimov)
Do'stlaringiz bilan baham: |