Havola bo‘lakli qo‘shma gaplar taraqqiyoti reja: bmi


Download 325.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/29
Sana13.02.2023
Hajmi325.47 Kb.
#1195378
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29
Bog'liq
норкулова мухайё пдф файл

bitganim xatodir). Yuqoridagi jumlada (shunday) havola bo‘lagi o‘rnida (ul) 
ko‘rsatish olmoshi qo‘llangan, -ki yuklamasi o‘rnida esa –kim olmoshi ishtirok 
etgan. Demak, ushbu gap bir havola bo‘lakli aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap 
hisoblanadi. 
Holim sharhiki bas uzundir
Bu turfaki, dam-badam fuzundur. (Layli va Majnun 110-bet) 
 (Holim sharhu izohi o‘ta uzun bo‘lib, qizig’i shundaki, dam badam bu 
uzayib bormoqda). Ushbu gapda (shundaki) olmoshi ishtirok etgan bo‘lib, bir 
havola bo‘lakli kesim ergash gapni hosil qilgan.
 Har necha emas manga bu oson,
Lekin sanga bordur asru oson.  (Layli va Majnun 88-bet) 
 (Bu menga qanchalik mushkul bo‘lsa, senga shunchalik osondir). Ushbu 
gapning ergash gap qismida qanchalik olmoshi ishtirok etgan bo‘lib, unga monand 
ikkinchi qismda, ya’ni bosh gap qismida shunchalik olmoshi ishtirok etgan. 
Yuqoridagi qanchalik – shunchalik havola bo‘laklari ikki havola bo‘lakli o‘lchov 
– daraja ergash gapli qo‘shma gapni hosil qilgan. Ushbu gapda havola bo‘laklar 
qo‘shma gapning har ikkala qismida qo‘llanganligi uchun havola bo‘laklar realdir. 
Bosh gapdagi havola bo‘lak ergash gapdagi havola bo‘lakga teng kelganligi 
sababli, havola bo‘laklar o‘zaro simmetrikdir. 
Ey po‘yada markabingg’a ta’jil 
Ollingda haqir payki Jibril. (Layli va Majun 127-bet) 
 (Sening uloving yugurdaklikda shu darajadaki, oldingda elchi Jabroil 
ham nochor bo‘lib qoladi). Yuqoridagi gapda shu olmoshi va bosh gap kesimi 


29 
tarkibidagi –ki yuklamasi qo‘llanilgan bo‘lib, ushbu gap bir havola bo‘lakli 
o‘lchov-daraja ergash gapli qo‘shma gap sanaladi. 
Fahm ettiki jilva qilmish oyin,
Shodurvoni jalolu tamkin (Layli va Majnun 134-bet) 

Download 325.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling