48
Aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplarning ikki havola bo‘lakli turida
kimning – uning, kim – u, qanday – shunday, qaysi – o‘sha tarzidagi
qarshilantirilgan havola bo‘laklar mavjud bo‘ladi. Bunday gaplardan ham ikki
denotativ voqea ifodalanadi va ular o‘rtasidagi aloqa juda zich bo‘ladi,
chunki
bunday gaplarda ham mazmunan, ham shaklan o‘zaro tobelanish mavjud. Masalan,
Kimning quroli bilim bo‘lsa, uning kelajagi porloq (J. Abdullaaxonov).
Xalq qaysi yo‘ldan yursa, sen ham shu yo‘ldan yur (Oybek).
Kim unga kattaroq va’da bersa, o‘shaning orqasidan ketaveradi (O.
Yusupov).
Nihoyat shuni aytish kerakki, aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplarning
birinchi turida bosh gap avtosemantik bo‘la oladi,
ergash gap esa hamisha
sinsemantik, ikkinchi turida esa har ikkala gap ham sinsemantikdir.
Do'stlaringiz bilan baham: