Havola bo‘lakli qo‘shma gaplar taraqqiyoti reja: bmi


Ikki havola bo‘lakli kesim ergash gapli qo‘shma gaplar


Download 325.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/29
Sana13.02.2023
Hajmi325.47 Kb.
#1195378
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
норкулова мухайё пдф файл

Ikki havola bo‘lakli kesim ergash gapli qo‘shma gaplar. 
Kesim ergash gapli qo‘shma gaplarning ikki havola bo‘lakli turi keng 
tarqalmagan. Bir havola bo‘lakli kesim ergash gapli qo‘shma gaplarda bosh gap 
alohida olinganda ma’noga ega emas, ergash gap esa ma’noga ega. Ikki havola 
bo‘lakli gapda esa har ikki qism ham alohida olinganda ma’noga ega bo‘lmaydi. 
Masalan,
Sen nima bo‘lsang biz ham shu (Shukur Xolmiorzayev). 
Mazkur gapda bosh gapning kesimi shu havola bo‘lagi bilan, ergash gapning 
kesimi esa nima bo‘lsang havola bo‘lagi bilan ifodalangan. Aslida bosh gapning 
kesimi ham shu bo‘lamiz shaklida bo‘lishi kerak, lekin bo‘lmoq har ikki o‘rinda 
ham (nima bo‘lsang – shu bo‘lamiz) yordamchi fe’l bo‘lgani uchun keyingi 
o‘rinda tushib qolgan. Ergash gapdagi nima (bo‘lsang) havola bo‘lagi bilan bosh 
gapdagi shu havola bo‘lagi bir-birini taqozo etadi, o‘zaro tobe aloqa yuzaga 
kelgan. Ega ergash gapli qo‘shma gaplarning tegishli turidagi kabi ikki noteng 
denotativ voqea o‘rtasidagi munosabat ayni qo‘shma gapning mazmunini tashkil 
etadi. Bir umumlashgan denotativ voqea ikkinchi bir predikat jihatdan aniq 
bo‘lmagan denotativ voqeaning ichiga predikat sifatida kiradi. Shuni aytish 
kerakki, har ikki denotativ voqeaning predikati baribir aniq aytilmaydi, lekin 
tinglovchi uchun umumiy tarzda idrok etiladigan bo‘ladi. Masalan:
Kim ishlasa, yer o‘shaniki (Asqad Muxtor) 
Zebi aya qayerda bo‘lsa, o‘g’il va qizlar shu yerda edi (M. Ismoiliy) 
Bunday holatdagi qo‘shma gaplardagi muayyan sintaktik surilishning 
borligi ularni kesim ergash gapli qo‘shma gaplar sifatida talqin etish imkonini 
beradi. Masalan, oxirgi misoldagi qayerda – shu yerda qarshilantirishidagi havola 
bo‘laklar odatda o‘rin ergash gapli qo‘shma gaplarga tegishlilik, ammo shu bu 
yerda birikmasi ayni gapda kesim sintaktik o‘rnida, edi to‘liqsiz fe’li o‘zi mustaqil 
kesim bo‘la olmaydi. Uning o‘rnida boshqa to‘liq fe’l bo‘lganda, u kesim bo‘la 
olardi va shu yerdaning sintaktik maqomi hol bo‘lardi. Unda qo‘shma gapni o‘rin 


47 
ergash gapli qo‘shma gap sifatida baholash to‘g’ri bo‘lardi. Lekin mazkur o‘rinda 
shunday emas. Shuning uchun bunday holatlarni kesim ergash gapli qo‘shma gap 
sifatida baholash maqsadga muvofiq. Aytish kerakki, kesim ergash gapli qo‘shma 
gaplarning birinchi turida bosh gap alohida olinganda ma’noga ega emas, ergash 
gap ikkinchi turida esa ilgari aytilgan o‘zaro tobelanishga ko‘ra esa ma’noga ega, 
har ikki qism ham alohida ma’noga ega emas.

Download 325.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling