Havola bo‘lakli qo‘shma gaplar taraqqiyoti reja: bmi


Ikki havola bo‘lakli o‘lchov-daraja ergash gapli qo‘shma gaplar


Download 325.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet27/29
Sana13.02.2023
Hajmi325.47 Kb.
#1195378
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
норкулова мухайё пдф файл

Ikki havola bo‘lakli o‘lchov-daraja ergash gapli qo‘shma gaplar. 
O‘lchov-daraja ergash gapli qo‘shma gaplarning mazmuni munosabatining 
ifodalanishiga ko‘ra ikki xil ko‘rinishi farqlanadi: bir havola bo‘lakli va ikki havola 
bo‘lakli. Ikki havola bo‘lakli o‘chov-daraja ergash gapli qo‘shma gaplar nisbatan 
keng tarqalgan. Ergash gapli qo‘shma gaplarning boshqa ikki havola bo‘lakli 
turlaridagi kabi bunday gaplarda ham qarshilantirilgan havola bo‘laklar mavjud 
bo‘ladi, ya’ni qancha – shuncha, qanchalik – shunchalik kabilar. Bosh gapda 
shuncha, shunchalik kabi havola so‘zlar mavjud bo‘ladi va ular o‘lchov-daraja holi 
sintaktik o‘rnida keladi. Qancha, qanchalik so‘zlari ham ergash gapda shunday 
o‘rinda bo‘ladi, demak, ular orasida parallelizm bo‘ladi, ikki denotativ voqea 
harakatning miqdoriy belgisiga ko‘ra umumiydir. Voqealar o‘rtasidagi musosabat 
o‘zaro tobelanishga ko‘ra juda zich bo‘ladi. Eski o‘zbek tili manbalari tilida biz 
uning ne qadar birikmasining o‘lchov-daraja ma’nosida qo‘llanganligini 
kuzatishimiz mumkin. Masalan:
Ne qadar suvki ariqqa solur ul
Ne qilibon, ne qadarkim olur ul (SHN 13) 
Natija ergash gapli qo‘shma gap. Natija munosabati bunday qo‘shma 
gaplarning mazmunini tashkil qiladi. Ikkinchi voqea birinchi voqeaning natijasi 
sifatida yuzaga keladi. Shuni aytish kerakki, bosh gapdagi harakat atay, ergash 
gapdagi harakatning natijasi sifatida o‘z-o‘zidan kelib chiqadi. Bu qo‘shma 
gapning bu turiga bir necha misol topa oldik. Natija ergash gapli qo‘shma gaplar 
ko‘proq bir havola bo‘lakdan iborat qo‘shma gap turi sanaladi. Misollarga 
murojaat qilaylik: 


51 
Suvg‘a andoqki alar kirdilar, 
Degasen suv kishisi erdilar (SHN 188) 
Keltirilgan quyidagi misolda ham andoq havola bo‘lagi tor bo‘ldi ot kesim 
oldidan kelib uning natijasi borligiga, ya’ni ergash gapga ishora qilib turadi. 
Ravzana andoq tor bo‘ldiki, toshni qisti va anga borg‘ali qo‘ymadi, to tosh yer bila 
ko‘k orasida turdi (225 NM) 



52 
 

Download 325.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling