Sanoatda titrashdan saqlanish.Titrash – qattiq yuzalarning tebrnama harakatidir. Yengil sanoat korxonalarida umuman kam uchraydigan hodisa.
Titrash odam organizmiga salbiy ta’sir qiladi, mehnat unumdorligini pasaytiradi, ko`pincha og`ir kasb kasalligi – titrash kasalligiga olib keladi. Xastalikni boshlang`ich davridagina davolash samara beradiMashina va mexanizmlarning titrashini kamaytirish quyidagi usullarda amalga oshiriladi:Titrashni keltirib chiqarayotgan manbaga ta’sir qilish;Rezonans holatidan chiqarish;Titrashni dempferlash;Titrashni dinamik so`ndirish;Mashina va qurilish elementlarining konstruktiv elementlarini o`zgartirish;Titrashni ihotalash va shaxsiy himoya vositalarini qo`llash.
Ishlab chiqarishda shovqindan saqlanishShovqinning zararli ta’siridan himoyalanish uchun quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:Shovqinli uskunalar past shovqinli uskunalar bn almashtiriladi;Shovqinli uskunalar sexda eng kam odam ishlaydigan vaqtda ishlatiladi;Korxona hududi ko`kalamzorlashtiriladi;Shovqinning tarqalishini cheklash choralari ko`riladi;Shovqin so`ndirgichlardan foydalaniladi;Tovush o`tkazmaydigan g`iloflar yordamida shovqinning atrofga tarqalishi kamaytirladi;Shovqin ta’sidridan himoyalaydigan yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalaniladi.
Dоzimеtrik asbоblarning tuzilishi, ishlash tamоyili va vazifalari.Jоylarda radiatsiya darajasini, radiоaktiv mоddalarni aniqlashda va tashqi muhit оb’еktlarining radiоaktiv iflоslanishini o`lchashda DP – 5 turidagi asbоblardan fоydalaniladi. Bunda radiatsiya ta’siri va yutilgan nurlanish dоzasi DP – 22 V, DP – 24, DP – 23 A, ID – 1, ID – 11 dоzimеtrlar to`pi bilan o`lchanadi. Shaхsiy dоzimеtrlar radiоaktiv mоddalar bilan zararlangan jоylarda bo`lganda оlingan shaхsiy dоzalarni hisоbga оladi.Tashqi muhitlarda fоydalaniladigan ko`pgina dоzimеtrik asbоblarning ishlash tamоyili radiоaktiv nurlarning havоda tarqalganda muhitni iоnlash qоbiliyatiga asоslangan. Iоnlash usuli asоsida ishlоvchi asbоblarga: bir хil tamоyilda tuzilgan va qabul qiluvchi, ko`paytiruvchi, o`lchоvchi qurilmalar hamda ishlashni ta’minlоvchi оziqlanish manbai kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |