Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi qo‘l yozma huquqida Xolnazarov Ravshan Nurmahamat o'g'li


Download 1.32 Mb.
bet15/17
Sana17.06.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1535189
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
rosahn tayor1 (2)

Elektrdan kuyish. Elektrdan kuyishning oldini olish uchun quyidagi tavsiyalarni bajaring:
-elektr uskunalardan hech qachon suv yaqinida foydalanmang;
-eskirgan elektr shnurlarni tashlab yuborish yoki ta’mirlash kerak;
-uyda kichkina bolalar bo‘lsa, elektr rozetkalarni ulardan yaxshilab ehtiyotlaganingizga ishonch hosil qiling.
Elektr toki odam tanasi orqali o‘tar ekan, uni qizdiradi, bu esa kuyishga olib kelishi mumkin. Bunda jabrlanuvchining elektr toki kirgan va chiqqan joylarida jarohat ko‘rinadi. Bu kuyik ko‘rinishdan ahamiyatsizga o‘xshasa-da, aslida ancha og‘ir bo‘ladi, chunki ichki to‘qimalar jiddiy jarohatlangan bo‘lishi mumkin.
Elektrdan kuyish, odatda, chuqur bo‘ladi. Elektr toki urishi, kuyishdan tashqari boshqa muammolarni ham yuzaga keltiradi.
Elektr toki yurak aritmiyasini keltirib chiqarishi va hatto yurak to‘xtashiga ham olib kelishi mumkin. Jabrlanuvchining nafas olishi ham to‘xtashi mumkin. 
Elektr shikastlanishlar belgilari va alomatlari
-To‘satdan qarsillagan tovush eshtilishi yoki yorug‘lik chaqnaganday bo‘lishi.
-Jabrlanuvchining yaqinida usti ochiq elektr toki manbayi bo‘lishi.
-Jabrlanuvchi behush holatda bo‘lishi.
-O‘zini g‘alati tutishi.
-Teri ustida aniq kuygan joylar uchrashi.
-Nafas olishi buzilishi.
-Tomir urishi zaif, aritmik yoki umuman bilinmasligi.
-Odatda, qo‘l panjalari va oyoq kaftlarida uchraydigan,
elektr zaryadi kirgan va chiqqan joylar.
Elektrdan kuyishda birinchi yordam ko‘rsatish. Doimo birinchi yordam ko‘rsatish tamoyillariga amal qiling. Maxsus yordam ham ko‘rsating.
1. Elektr manbayi uzib qo‘yilganiga amin bo‘lmasangiz, elektr tokidan jabrlangan odamga hech qachon yaqinlashmang. Agar hodisa sodir bo‘lgan joyda elektr uzatish liniyasi simlari yotganini ko‘rsangiz, o‘t o‘chirish komandasi yoki elektriklar brigadasi kelishini kuting. Agar usti ochiq sim avtomobil korpusida yotgan bo‘lsa, odamlarga mashinada o‘tirishni maslahat bering. 
2. Birlamchi ko‘zdan kechirishda nafas olishning buzilishi yoki yurakning to‘satdan to‘xtashi belgilarini diqqat bilan kuzating.
3. Ikkilamchi ko‘zdan kechirishda chiqish jarohatini ko‘zdan kechirishni unutmang: doimo ikkita kuyikni izlang. Kuygan joyga stiril bog‘lam qo‘ying. Ana shunday oddiy choralarni ko‘rish shikastlangan kishining hayotini saqlab qolishga yordam beradi.



Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling