Hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi «tasdiqlayman»


Download 0.93 Mb.
bet2/11
Sana05.05.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1432118
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mirov. X

MUNDARIJA

t/r

Mavzular nomi

Bet.




Kirish

4-6

I

Sanoat binolarining arxitektura intereri

7-11

II

Bino va inshootlarning texnik holatini baholashni amalga oshirish ishlari

12-19

III

Qanday hollarda oldindan zo‘riktirilgan temirbeton konstruksiyalar qo'llaniladi

20-26

IV

Qurilish materiallarining fizik xususiyatlari, ularning binolarning xavfsiz ishlashidagi ro’li

27-31

V

Sanoat xavfsizligini ekspertizasining o‘tkazish tartibi

32-37

VI

Hisob qismi.







Xulosa.







Foydalanilgan adabiyotlar.






KIRISH

O’zbekiston Respublikasi 31 yilligi mobaynida mamlakatning turli hududlarida zamonaviy bino va inshootlar qurila boshladi. Misol tariqasida Toshkent shahar hududida “Tashkent City” biznes markazini tashkil etish rejalari haqida ilk bor Oʻzbekiston Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 24-noyabr kuni saylovoldi tashviqoti doirasida Toshkent shahrida saylovchilar bilan uchrashuvi chogʻida ochiq e’lon qilgan edi. Shuningdek, Tashkent City hududida barpo etilgan mehmonxona binosi 21 qavatga ega. Bu xalqaro ishbilarmonlik markazida faoliyat yuritadigan oltita mehmonxonaning birinchisi bo‘lin, unda 258 ta xonalari standart, lyuks hamda fransuz, ingliz, arab va mumtoz uslubda barpo etilgan 8 ta Prezident xonalaridan iborat. Prezident lyuks xonalarining maydoni 250 kv.m2 bo‘lib, mehmon kutish zali, tushlik zonasi va oshxonani o‘z ichiga oladi.


Shu bilan birgalikda “Hilton” mehmonxonasida tadbirlar o‘tkazish uchun beshta ko‘p tarmoqli anjumanlar zali hamda yozgi ayvon va banket zallari mavjud. Ularning umumiy maydoni 2 450 kv. m2 tashkil etadi. Barcha anjumanlar zallari birinchi va ikkinchi qavatlarda joylashgan bo‘lib, tabiiy yoritish imkoniyatlariga ega.
2018-yilda “Toshkent City” hududida yana bir bino “Nest One” koʻp funksiyali osmonoʻpar bino boʻlib, balandligi 266,5 m boʻlib, kompleksning 51 qavatdan iborat, unda turar joy xonalari, ofislar, restoranlar, sport maydonchalari va boshqa jamoat joylarini oʻz ichiga oladi. Kompleksning qo'shni binolarida ofis maydoni
va besh yulduzli "The Ritz-Carlton" mehmonxonasi joylashgan.
Loyihaning umumiy maydoni 187,284 kv.m2. Yer uchastkasining umumiy maydoni 14,779 kv.m2. Loyiha byudjeti 150 million AQSh dollarini tashkil etadi. Hozirda “Nest One” Oʻzbekistondagi birinchi osmonoʻpar bino, shuningdek, Qozogʻistondagi “Abu Dabi Plaza” majmuasidan keyin Markaziy Osiyodagi ikkinchi eng baland binoga aylanadi.
Tashkent-City (“Tashkent City” xalqaro biznes markazi, “Tashkent City” IBC) – Toshkent shahrida qurilayotgan biznes markazi. Shayxontoxur tumanida, Alisher Navoiy shoh ko'chasi, Olmazor va Furqat ko'chalari hamda Islom Karimov shoh ko'chalari oralig'ida joylashgan.
Tashkent City IBC doirasida biznes, turar-joy xonadonlari va hordiq chiqarishni birlashtirgan tadbirkorlik faolligi zonasi yaratilmoqda. “Tashkent City” IBC loyihasining boshqaruvchi kompaniyasi “Tashkent City” direksiyasi hisoblanadi.
Buzilgan Olmazor va Ukchi mahallalari oʻrnida, umumiy maydoni 80 gektar boʻlgan hududda qurilish ishlari olib borilmoqda. Bu Oʻzbekistondagi bir martalik eng yirik qurilish loyihasidir. Loyihaning qurilishi xususiy investorlar tomonidan moliyalashtirilgan.
“AKFA” universiteti Oʻzbekistonda ochilgan ilk xususiy universitetlardan biridir. Universitet Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-fevral kuni qabul qilingan qarori asosida tashkil etilgan bo‘lib, universitetning taʼsischisi – “AKFA Medline” tibbiyot klinikasi. Universitet sogʻliqni saqlash va iqtisodning boshqa sohalari uchun malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida tashkil etilgan.
Ma’lumki, Samarqan viloyati Amir Temur ko‘chasining ikki yonida qariyb
14 gektar maydonda “Samarkand city” bunyod etish rejalashtirilib, 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan tadbirlar dasturi doirasida amalga oshirilayotgan mazkur loyiha Samarqandning turistik salohiyatini zamon talablari darajasiga ko‘tarishga qaratilgan. Bugungi kunda Prezidentimiz Samarqand shahri Bosh rejasini xorijlik mutaxassislar bilan birgalikda loyihalashtirish, katta mehmonxonalar bilan birga sayyohlar uchun kichik-kichik otellar ham bunyod etish zarurligini ta’kidladi. Samarqandning hozirgi sayyohlik salohiyati tarixiy qadamjolar hisobiga. “Samarkand city” zamonaviy turizm markazi bo‘ladi. Dunyoda nimaiki xizmat turlari bo‘lsa, bu yerda muxayyo bo‘lishi kerak. Bu yerdagi inshoot va ko‘ngilochar maskanlar muntazam ishlashi, xarajatni oqlab, daromad keltirishi zarur, dedi Shavkat Mirziyoyev.
O‘zbekistonda qurilish sohasida islohotlarni yanada chuqurlashtirish, byurokratik toʻsiqlarni kamaytirish, innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan bo‘lib qolmoqda.


Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling