Hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi «tasdiqlayman»


Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarini identifikatsiyalash bo‘yicha ekspertiza xulosasini rasmiylashtirishga nisbatan qo‘yiladigan talablar


Download 0.93 Mb.
bet9/11
Sana05.05.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1432118
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mirov. X

Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarini identifikatsiyalash bo‘yicha ekspertiza xulosasini rasmiylashtirishga nisbatan qo‘yiladigan talablar.
10. Xavfli ishlab chiqarish ob’ektini identifikatsiya qilish bo‘yicha ekspertiza xulosasi mazkur Talablarning 2-paragrafiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 10 dekabrdagi 271-son qarori bilan tasdiqlangan Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarini identifikatsiyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom talablari hamda xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarini identifikatsiyalash bo‘yicha «Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasi tavsiyalarini e’tiborga olgan holda rasmiylashtiriladi.
11. Xavfli ishlab chiqarish ob’ektini identifikatsiya qilish bo‘yicha ekspertiza xulosasiga xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarini identifikatsiyalash varaqasi hamda mazkur Talablarning 2-ilovasida keltirilgan shaklda rasmiylashtiriladigan xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarini umumlashtirish varaqasi ilova qilinadi.
4-§. Ekspertiza xulosasini hisobga olish bo‘yicha talablar
12. Rasmiylashtirilgan ekspertiza xulosasi ekspert tashkiloti va «Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasi tomonidan hisobga olinadi. Hisobga olish raqami ekspertiza xulosasi titul varaqasiga qo‘yiladi.
13. Hisobga olish raqami chiziqcha (defis) bilan ajratilgan beshta belgilar guruhidan tashkil topgan bo‘lib, XXX-XX-XXXX-XXXXX-XX ko‘rinishiga ega.
Birinchi belgilar guruhi (XXX) ekspert xulosasini rasmiylashtirgan ekspert tashkiloti ro‘yxat raqamini bildiradi.
Ikkinchi belgilar guruhi (XX) ekspertiza ob’ektini bildiradi va ekspertiza ob’ektining shartli belgilarini quyidagi mazmunda aks ettiradi:
LH — xavfli ishlab chiqarish ob’ektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishga doir loyiha hujjatlari;
TQ — xavfli ishlab chiqarish ob’ektida qo‘llaniladigan texnika qurilmalari;
BI — xavfli ishlab chiqarish ob’ektidagi binolar va inshootlar;
XD — sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi;
BH — xavfli ishlab chiqarish ob’ektidan foydalanish bilan bog‘liq boshqa hujjatlar.
Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarini identifikatsiyalash bo‘yicha ekspertiza xulosalarini hisobga olish raqamining ikkinchi belgilar guruhiga IX (xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarini identifikatsiyalash bo‘yicha ekspertiza xulosasi) belgisi qo‘yiladi.
Uchinchi belgilar guruhi (XXXX) ekspertiza xulosasini ekspert tashkilotida rasmiylashtirish tartibidagi hisobga olish raqamini bildiradi.
To‘rtinchi belgilar guruhi (XXXXX) ekspertiza xulosasini «Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasida hisobga olish raqamini bildiradi.
Beshinchi belgilar guruhi (XX) ekspertiza xulosasini tasdiqlangan yilining oxirgi raqamlarini ifodalaydi.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling