Hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi «tasdiqlayman»


SANOAT BINOLARINING ARXITEKTURA INTERERI


Download 0.93 Mb.
bet3/11
Sana05.05.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1432118
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mirov. X

1.SANOAT BINOLARINING ARXITEKTURA INTERERI
Har qanday bino va inshootlarning loyihalanishida ularning intereri (ichki ko‘rinishi) va ekstereri (tashqi ko‘rinishi)ga alohida e’tibor beriladi. Bino va inshootlarning intereri va ekstereri zamon talablariga to‘liq javob berishi va atrofida oldin bunyod etilgan bino va inshootlarga har tomonlama mos va o‘xshash bo‘lishi kerak. Sanoat binolarining intererlari va ekstererlarini ishlab chiqishda hozirgi zamon fan, texnika, sa’nat yutuqlarini qo‘llagan holda ularning funksional-texnologik, texnik, me’moriy-badiiy, iqtisodiy va ekologik talablarga to‘liq javob berishini hal qilish eng asosiy vazifa hisoblanadi. Ishlab chiqarishning o‘sishi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini yaxshilanishi, ishchilarning tez charchashlarini kamayishi, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning kamayishi ko‘pincha bino va inshootlarning intererlarining me’moriy-badiiy yechimiga bog‘liq.
Intererning me’moriy-badiiy yechimi binoning arxitekturaviy-konstruktiv yechimiga, texnologik jarayonlarga, sanitar-texnik talablarga, qurilish bo‘layotgan tumanning iqlim sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. Sanoat binosi intererini arxitekturaviy tashkillashtirishning mumkin bo‘lgan usuli bu ichki muhitning birdamligini hal qilishdir. Bir va ko‘p qavatli sanoat binolarini loyihalayotganda ichki hajmning birdamligi deganda katta hajmdagi jihozlarni qo‘llashga xalaqit beradigan ichki devor va pardevorlarni olib tashlash, yirik ustun to‘rlarini ishlatish, binoning universalligini oshirish tushuniladi.
Kimyo sanoatida keyingi yillarda ko‘p qavatli sanoat binolari o‘rniga pavilion tipidagi texnologik jihozlar yig‘iladigan etajerkalarda joylashtiriladigan binolar qo‘llanila boo‘landi. Bu kimyo sanoatida intererning ijobiy tomonga o‘zarishiga olib keldi. Bunda tabiiy yorug‘likdan imkon darajasida ko‘proq foydalanishga imkoniyat bo‘ldi, tiqilib qolgan past shiftlar o‘rnida yuqori, keng shiftlar paydo bo‘ldi, 34 shamollatish masalalari tabiiy holda hal qilindi, texnologik jihozlar atrofi kengaydi va ulardan bemalol foydalanishga imkoniyat yaratildi. Pavilon tipidagi sanoat binolarida ichki hajmni, intererning birdamligi oson hal qilinadi.Chunki pol va shift butun zal bo‘yicha bir xil tekisliklardan o‘tadi. Barcha shisha devorlar bilan to‘silgan xonalarda yorug‘lik, shamollatish, muhit bir xil bo‘ladi. Ishlab chiqarish samaradorligini ko‘tarilishi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini yaxshilanishi, ishchilarning charchashlarini kamayishi va ishlab chiqarish jarayonida bo‘lib turadigan har xil baxtsiz hodisalarning kamayishi bino intererining to‘g‘ri arxitekturaviy yechimiga bog‘liq. Shakl, ritm, proporsiya, masshtab, sanoat binolari ichkarisida joylashgan konstruktiv elementlarning, texnologik jihozlarning rangi va yoritilganligi va boshqa bir qancha omillar intererning arxitekturaviy ko‘rinishiga ta’sir qiladi.
Sanoat binosi intereri yechimini tanlaganda tabiiy yoki su’niy yoritilganlikka alohida e’tibor berish kerak. Chunki yoritilganlik xona hajmi va relefini shakliga ta’sir qilishi va uni keng yoki tor qilib ko‘rsatishi mumkin. Interer yechimini hal qilganda rangni to‘g‘ri tanlanishi sanoat korxonalarida yaxshi psixologik muhitni yaratilishiga, ishchi-xizmatchilarni o‘zlarini yaxshi his qilishlariga va kayfiyatlarining ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi. Natijada ishchixizmatchilarning tez charchashlarini oldi olinadi, ishlab chiqariladigan mahsulotlarning sifatini va mehnat unumdorligining ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi. Intererning ko‘rinishida bir qavatli binolarda tomning yuk ko‘taruvchi konstruksiyalari va osma shiftlar, ko‘p qavatli binolarda esa tom yopmalarining yuk ko‘taruvchi konstruksiyalari muhum ahamiyatga ega.
Hozirgi kunda ham yuk ko‘taruvchi konstruksiya,ham shamollatuvchi konstruksiya vazifalarini birgalikda bajaradigan quttisimon, katta oraliqli temirbeton to‘sinlar ishlatilmoqda. Katta oraliqli orayopmalar o‘rniga esa qobiqlar va boshqa fazoviy konstruksiyalar qo‘llanilmoqda. Bunday qulay va silliq shaklga ega bo‘lgan yengil zamonaviy konstruksiyalarni ishlatilishi har qanday bino va inshootlarni intererlarini boyitishga xizmat qiladi. Bino intererini loyihalashda quyidagi tamoyillarga amal qilinishi lozim: asosiy texnologik maydonchalarni katta bo‘lgan zallarga yig‘ish; dastgohlarni maksimal zich joylashishiga erishish; texnologik o‘tkazuvchi quvurlarni guruhlash va ishlatishda o‘ng‘aylikni nazoratda tutib guruhlash; ishchilarning kechqurun hamda kunduzgi paytlarda ko‘rish sharoitini ta’minlashda tabiiy yorug‘lik bilan sun’iy yorug‘likdan unumli foydalanish; kishilarning kayfiyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi man’ba hisoblanadigan yorug‘likdan unumli foydalanish; sirti tekis, silliq konstruksiyalarni qo‘llash, chang, tutun, namlik, kondensat turub qoluvchi, shamollatilmaydigan joylarning bo‘lmasligiga erishish; akustika muammolarini hal qilish va ishlab chiqarish joylari musiqa eshittirishlar hamda ko‘rsatma taxtalar bilan ta’minlanishi va boshqalar; mebel jihozlarini o‘rnatish, xona ichi ko‘kalamzorlarini tashkil qilish va boshqalar. Sanoat binolari va inshootlarini loyihalashda to‘rtta asosiy masala birgalikda hal qilinadi:
1. Muvofiqligiga ko‘ra ko‘zda tutilgan texnologik jarayonga ko‘proq javob beruvchi bino va inshootlar hajmiy-tarhiy sxemasini yaratish.
2. Muhandislik–konstruktiv yechimlari – hozirgi zamon qurilish materiallari va konstruksiyalarini ko‘plab bino va inshshotlarni talab darajasida mustahkamlik va ustuvorligini ta’minlash.
3. Arxitektura–badiiylik darajasi– bino va inshshotlarning va butun korxona ansamblining arxitekturaviy ko‘rinishi birgalikda badiiylik talablariga javob berishi.
4. Iqtisodiy masalada– bino va inshootlarni qurish va ishlatish chog‘ida chiqimlari minimal miqdorda bshlishi kerak. Muvofiqlik talablari – bu binoni o‘z vazifasiga mos, muvofiq kelishi va bino ichida texnologik dastgohlarni qulay joylashishi, binoni ekspluatatsiya talablariga javob berishi, xizmat muddati, hajmiy-tarhiy yechimlari va boshqalarni o‘z ichigi oladi. Binolarga qo‘yilgan texnik talablarda esa– bino konstruksiyalarining ustuvorligi, uzoq muddat ishlatilishi, yong‘inga qarshi chora va tadbirlar hamda binoni industrial usullar bilan qurish tushuniladi.
Arxitektura–badiiylik talabiga ko‘ra, bino chiroyli, hashamatli ko‘rinishga ega bo‘lishi va shu bilan birgalikda kishilar talab ehtiyojlarini to‘la qondirishi tushiniladi. Iqtisodiy talablarga esa bino loyihasini yaratish va uni qurish davridagi, binoni ishlatish davrida, shuningdek texnologik jarayonni tashkil qilishda sarflanadigan harajatlarning minimal bo‘lishi, bino hajmi va maydonidan optimal darajada foydalanish, binoni qurishda mahalliy qurilish materiallari va industrial konstruksiyalardan oqilona foydalanish orqali erishiladi.
Ishlab chiqarish binolarining intereri Ishlab chiqarish binolarining intereriga e’tibor berib barpo etish natijasida stexlarda mehnat sharoiti yaxshilanadi. Kishilar o‘zlarini tinch, erkin sezadilar, ularning mehnati nisbatan engil va sog‘lom ruhda kechadi, o‘z mehnatidan qoniqish hissiyoti uyg‘onadi. Ishlab chiqarish unumdorligi 30–35% ga oshadi, ishchilar orasida shikastlanishlar soni 34–40% ga kamayib, tayyorlanadigan mahsulot sifati yaxshilanadi va brak mahsulotlarni ishlab chiqarish nisbatan kamayadi. Bino intererini loyihalashda quyidagi tamoyillarga amal qilinishi lozim:
 Asosiy texnologik maydonchalarni katta bo‘lgan zallarga yig‘ish;
 Dastgohlarni maksimal zich joylashishiga erishish;
 Texnologik o‘tkazuvchi quvurlarni guruhlash va ishlatishda o‘ng‘aylikni nazoratda tutib guruhlash;
 Ishchilarning kechqurun hamda kunduzgi paytlarda ko‘rish sharoitini ta’minlashda tabiiy yorug‘lik bilan sun’iy yorug‘likdan unumli foydalanish;
 Kishilarning kayfiyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi manba hisoblanadigan yorug‘likdan unumli foydalanish;
 Sirti tekis, silliq konstruksiyalarni qo‘llash, chang, tutun namlik, kondensat turib qoluvchi, shamollatilmaydigan joylarning bo‘lmasligiga erishish;
 Akustika muammolarini hal qilish va ishlab chiqarish joylari musiqali eshittirishlar hamda ko‘rsatma taxtalar bilan ta’minlanishi va boshqalar;
 Mebel’ jihozlarini o‘rnatish, xona ichi ko‘kalamzorlarini tashkil qilish va boshqalar.
Muvofiqlik talablari- bu binoni o’z vazifasiga mos, muvofiq kelishi va bino ichida texnologik dastgohlarni qulay joylashishi, binoni ekspluatatsiya talablariga javob berishi, xizmat muddati, hajmiy rejalashtirish yechimlari va boshqalarni o’z ichigi oladi.
Binolarga qo’yilgan texnik talablarda esa- bino konstruktsiyalarining ustuvorligi, uzoq muddat ishlatilishi, yong’inga qarshi chora va tadbirlar hamda binoni industrial usullar bilan qurish tushuniladi.
Arxitektura-badiiylik talabiga ko’ra, bino chiroyli, hashamatli ko’rinishga ega bo’lishi va shu bilan birgalikda kishilar talab ehtiyojlarini to’la qondirishi tushiniladi.
Iqtisodiy talablarga esa bino loyihasini yaratish va uni qurish davridagi, binoni ishlatish davrida, shuningdek texnologik jarayonni tashkil qilishda sarflanadigan harajatlarning minimal bo’lishi, bino hajmi va maydonidan optimal darajada foydalanish, binoni qurishda maxalliy qurilish ashyolari va industrial konstruktsiyalardan oqilona foydalanish orqali erishiladi.


Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling