Hayot faoliyati xavfsizligining jamiyatdagi o’rni xayrullayev Islom Ramatullo ogli


Download 27.29 Kb.
bet1/3
Sana21.02.2023
Hajmi27.29 Kb.
#1217296
  1   2   3
Bog'liq
HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGINING JAMIYATDAGI O


HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGINING JAMIYATDAGI O’RNI

Xayrullayev Islom Ramatullo ogli
"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti
Mehnat muhofazasi va texnik xavfsizligi fakulteti
E-mail: islomxayrullayev0203@gmail.com

Ahmatov Asadbek Bo'ri o'g'li
"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti
Mehnat muhofazasi va texnik xavfsizligi fakulteti
E-mail: islomxayrullayev0203@gmail.com

Muzaffarov O'rinxo'ja Baxovuddinovich
"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti
Mehnat muhofazasi va texnik xavfsizligi fakulteti
E-mail: islomxayrullayev0203@gmail.com

ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada hayot faoliyati havfsizligining jamiyatdagi o’rni va uning o’ziga xos qonun qoidalari hamda xalqimiz ushbu qoidalarga qanchalik rioya qiladi kabi savollarga javob va ma’lumotlar berib o’tildi.
Kalit so’zlar: hayot xavfsizligi, jamiyat, qonun, qoida.

THE ROLE OF LIFE ACTIVITY SECURITY IN SOCIETY
ANNOTATION
In this article, answers and information were given to questions such as the role of life safety in society and its specific legal provisions, and how well our people comply with these rules.
Key words: life safety, society, law, rule.
KIRISH
Xavfsizlik - bu faoliyatning holati bo’lib, ma’lum ehtimollikda xavflarning kelib chiqishini bartaraf qilishdir.Faoliyat xavfsizligi qadim zamonlardan to hozirgi kunimizga qadar insoniyatni ilmiy va amaliy qiziqishlarining eng muhim bir tomonidir. Odamzot hardoim o’zining xavfsizligini ta‟minlashga intiladi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan bu masalalar maxsus bilimlarni talab qiladi. Bizning davrimizda xavfsizlik muammolari yanada keskinlashdi. Ma‟lumki baxtsiz hodisalar, yong„inlar, avariyalar va talofatlardan katta miqdorda zarar ko’riladi.
Shuning uchun xavflardan himoyalanish masalalarida odamlarni tarbiyalash muhim ahamiyatga ega. Jamiyatimizni barqarorlashtirishda bu fan muhim ijtimoiy rol o’ynaydi va xalq xo’jaligi faoliyatining xavfsizligi darajasini oshirishga ulkan hissa qo’shadi. Faoliyat jarayonining modeli ikki elementdan: inson va muhitdan tashkil topgan deyish mumkin, chunki faol faoliyat bilan faqat insonlar shug„ullanadi va ular o’zlarini o’rab turgan atrof muhit bilan yaqin munosabatda bo’ladilar. Shuningdek, «Inson - muhit» tizimini ham ikki maqsadli deb qarash mumkin:
«birinchi maqsadi - inson o’zining mehnat faoliyati jarayonida muayyan yutuqlarga, samaradorlikka erishishga harakat qilsa,
ikkinchi maqsadi- mehnati jarayonida yuzaga keladigan ko’ngilsiz oqibatlarni bartaraf qilishdan iborat bo’ladi.
Hozirgi davrda ishlab chiqarish xavflaridan, tabiiy ofatlardan, falokat va halokatlardan insonlarning hayot faoliyatini saqlash eng dolzarb muammolardan hisoblanadi. Turli falokatlar, halokatlar va ofatlardan insonlar hayot faoliyatini saqlash «Hayot faoliyati xavfsizligi» fanining maqsadlaridan biridir. Aynan mana shu muammolar yechimini «Hayot faoliyati xavfsizligi» fani o’rganadi.


Download 27.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling