Hayot faoliyati xavfsizligining madaniyatini shakllantirish asoslari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish asoslari
xavfli obektlar (atom elektrostansiyasi, radiokimyoviy kombinatlar, qurilish
korxonalari, radioaktiv chiqindi omborlari, yadroviy materiallar va ular asosidagi mahsulotlar, yadroviy uskunalari va manbalari bo‗lgan tashkilotlar), kimiyoviy xavfli obektlar (kimiyoviy, neftkimyoviy va neftni qayta ishlash, sellyuloza qog‗oz sanoati), magistral truboprovodlar, yirik korxonalar, biologik xavfli obektlar (yirik immunnobiologik tibbiy preparatlar, qishloq xo‗jalik mahsulotlarni qayta ishlash va saqlash, farmatsevtika komplekslari va b. )ga bo‗lish mumkin. Havfli ta‘sir etuvchi faktorlari mavjud bo‗lgan zonada aholiga madaniy- informatsion ta‘sirlarni loyixalash vaqtida ushbu obektlarning xususiyatlarini nazarda tutish kerak. Obektlarni ularga xos xavflar ta‘sir etish vaqti bo‗yicha quyidagi sinflarga ajratish mumkin: - qisqa vaqt davomida keng qamrovli shikastlovchi faktorlar paydo bo‗lishi mumkin bo‗lgan obektlar (kimyoviy xavfli, portlash –yonish xavfi bor va b. obektlar); - keng qamrovli shikastlovchi faktorlar yuzaga kelishi uchun uzoq (yillar-o‗n yillar) davr bilan bog‗liq obektlar (asosan atrof-muhitni ifloslovchi 54 korxonalar). Agar birinchi sinf uchun madaniy - informatsion ta‘sirlar avariya va falokatlarni oldini olishi uchun harakatlarni amalga oshirishga tayyorgarlik ko‗rish bilan bog‗liq bo‗lsa, ikkinchi sinfdagi bunday ta‘sirlarga ekologik ongni shakllantirish, tabiatni qo‗riqlash meyorlariga rioya qilish bilan amalga oshadi. Mamlakat iqtisodiyoti uchun muhimligi nuqtai nazaridan barcha obektlar o‗ta muhim obektlar (O‗MO) va boshqa obektlarga ajratish mumkin. O‗z navbatida (O‗MO) faoliyatini xususiyatigi ko‗ra quyidagilarga bo‗linadi: - potensial xavfli obektlar, - transport obektlari, - informatsion va telekommunikatsion yuqori tarkibli va madaniyatli obektlar; - davlat boshqaruvidagi obektlar; - moliyaviy va qarz beruvchi yuqori tarkibli obektlar; - temir yo‗l transporti yuqori tarkibli obektlar; - informatsion texnologiyalar va aloqa obektlari. Bu klassifikatsiya ―aholini qamrovli yo‗qotishlari va moddiy zararlarning havfi mavjudligi ‖ asosidagi klassifikatsiyasi bilan (PXO) kesishadi. (16 rasm.) Yirik potensial havfli M illiy xavfsizlik uchun o‗ta muhim obektlar infratarkibli obektlari Rasm 16. O„ta muhim va potensial xavfli obektlar sinfini nisbati 55 Jamiyat davlat darajasida hayot faoliyati xavfsizligi madaniyati obektlarini shakllantirishni sinflarga bo‗lish vaqtida quyidagi holatlarni e‘tiborga olish kerak. Birinchidan, hozirgi paytda ko‗plab izlanuvchilar, davlat arboblari, siyosatshunoslar va boshqa odamlar yagona umuminsoniy emas, balki ko‗plab sivilizatsiyalar bo‗lishi tarafdoridirlar. Ikkinchidan, sivilizatsiya eng avvalo madaniy yaxlitlikni anglatadi. Uchinchidan, bir sivilizatsiyaga mansub turli davlatlar va etnoslar o‗rtasidagi (madaniy, tarixiy, iqtisodiy va b) aloqalar turli sivilizatsiyaga tegishli davlatlar va etnoslarnikidan zichroqdir. To‗rtinchidan, sivilizatsiya juda keng darajadagi madaniy identifikatsiyani belgilaydi. Va nixoyat, sivilizatsiyalar o‗zida turli siyosiy tuzulishlarni, ijtimoiy qurilmalarni, boshqaruv shakllarini qamragan bo‗lishi mumkin. Bularning barchasi quyidagi turlarni ajratishga imkon beradi - chin (Xitoy boshchiligida), yapon (faqat Yaponiya tomonidan taqdim etilgan), Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling