Hayot faoliyati xavfsizligining madaniyatini shakllantirish asoslari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/83
Sana18.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1785763
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   83
Bog'liq
Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish asoslari

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


47 
III- bob. Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish obektlari 
Ma‘lumki, har qanday obektga, uning o‗ziga xos fazilatlarini, tarkibi va 
funsiyalarining xususiyatlarini e‘tiborga olib adresli (shu jumladan, boshqaruvli) 
ta‘sir ko‗rsatish universal ta‘sirdan ancha samaralidir.
Shuning uchun, aloxida insonlarga, kollektivlarga, jamiyat ga natijaviy 
madaniy infonmatsion ta‘sir ko‗rsatish uchun ularning eng muhim tavsiflarini, 
yashash xususiyatlarini, hayot faoliyatini va b. hisobga olish kerak. Bularni 
hisobga olish uchun HFXMning obektlarini shakllantirish klassifikatsiyasini 
bajarish zarur, ya‘ni barcha obektlar majmuasini yaqin umumiy xususiyatlariga 
ko‗ra alohida sinflarga taqsimlanish (bo‗lnish) kerak. Klassifiqatsiyaning 
boshlang‗ich etapi bo‗lib, uning kriteriyalarini (asoslarini)ni о‗rnatish kerak.
 
Rasm 14. HFXMning obektlarini shakllantirish klassifikatsiyasi 
III.1. HFXMning obektlarini shakllantirish klassifikatsiyasi kriteriyalari 
Klassifikatsiya kriteriyalari deb obektlarni o‗zaro taqqoslash uchun 
ajratib turadigan alomatlari tushuniladi.  
Individual 
pog‗onada 
HFXMning 
obektlarini 
shakllantirish 
klassifikatsiyasini 
muqarrar 
kriteriyasi 
sifatida 
havfsizlik 
sohasidagi
o‗qimishlilik darajasi, bilimlarning hajmi va chuqurligi, bilim va ko‗nikmalari 
hisoblanadi.
Shubhasiz, qanchalik insonlar kо‗rsatilgan sohada bilimi past bo‗lsa, 
unga madaniy informatsion ta‘sir ko‗rsatish shunchalik intensiv (tez va kuchli) 
bo‗ladi.
Ma‘lumki, bir jamiyat sinfga, guruhga tegishli insonlarning asosiy
ahloqiy parametrlari bir-biriga yaqin, o‗xshash bo‗ladi. Shuning uchun boshqa 
kriteriy klassifikatsiyasi sifatida inson, odamlar jamoasini ma‘lum jamiyat sinf, 


48 
guruhga tegishliligi hisoblanadi. Bunda ijtimoiy sinf deb iyerarxik tartibda, bir 
jamiyat doirasida uning a‘zolaridagi o‗xshash qadriyatlar, qiziqish va ahloqqa 
ega bo‗lgan, nisbatan turg‗un jamlanma tushuniladi.
Ijtimoiy guruh quyidagicha ta‘riflanadi: bu bir ijtimoiy sinfga mansub 
bo‗lgan, lekin ishlab chiqarish vositalariga, kasbiga, inson turiga munosabati 
bilan ajralib turadigan guruh bо‗lib, bu mansublik ijtimoiy ishlarda umumiy 
xossalariga kо‗ra jamoat, harbiy va davlat xizmatlarda qatnashishning xarakteri 
va darajasini belgilaydi. Bu yana madaniy- informatsion ta‘sir ko‗rsatish 
xarakteri va intensivligiga ham ta‘sir ko‗rsatadi.
Har qanday jamiyat da ko‗pchilik insonlarning faoliyati jamiyatning
ommaviy harakati bilan kelishilgan bo‗lishi kerak, bunda faoliyatining turlicha 
bo‗lishidan qatiy nazar, nafaqat davlat tomonidan o‗rnatilgan qonuniy 
meyorlarga, balki ma‘lum umuahloqiy qoidalarga, diniy negizlarga, odatlarga 
bo‗ysunishi kerak.
Bunday harakatlarning noformal kelishilganini, insonlar ahloqini tartibga 
solish funksiyasini odob-ahloq bajaradi. Aftidan, uni ham qayd qilish madaniy 
informatsion ta‘sir ko‗rsatishni loyixalash vaqtida zarurdir.
Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini darajasi nafaqat xavfsizlik 
masalalariga munosabati bilan, balki tavakkallarni pasaytirish bo‗yicha amaliy 
faoliyati bilan ham hal qilinishi sababli, hayot faoliyati xavfsizligi borasidagi 
bilim va ko‗nikmalarini e‘tiborga olish zarurdir. Bilim va ko‗nikmalar 
(bilimdonlik darajasi, tayyorgarligidan tashqari)ga ta‘sir ko‗rsatuvchi muhim 
faktorlardan biri, odamning yoshi va sog‗ligiga kо‗ra jismoniy holati 
hisoblanadi.
Inson madaniyatini shakllantirishda ularni alohida etnoslarga, xalqlarga 
mansubligi ham katta ahamiyatga ega. Bular insonlarning madaniy va maishiy 
xususiyatini aniqlaydi, geografik va boshqa joylashish sharoitini, madaniy 
tarixiy munosabatlarini, diniy va konfessional mansubligini belgilaydi. Bu 
faktorlar loyihalash va madaniy informatsion ta‘sirni amalga oshirish vaqtida 
qayd etilishi hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish samarasini 


49 
sezilarli oshirishga imkon beradi.
Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish obektlarining 
individual darajadagi so‗nggi sezilarli kriteriysi bo‗lib insonlarning asosiy 
ishlash va yashash maskanlari hisoblanadi.
Potensial xavflar, ulardan muxofazalanish imkoniyatlarini tizimi nuqtai 
nazaridan megapolis, shahar va qishloqlarning xususiyatlari, zamonaviy 
ommaviy axborot vositalarining mavjudligi va boshqa faktorlar madaniy 
informatsion ta‘sir ko‗rsatishda shubhasiz, e‘tiborga olinishi kerak.
Shu sababli, obektlarni hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini 
shakllantirish klassifikatsiyasi individual darajadagi asosiy kriteriyalari bilim 
olish, ijtimoiy, ahloqiy, jismoniy, etnik, yashash joylarining kriteriylari 
hisoblanadi. 
Bu kriteriylar o‗zaro qarama-qarshi emas, balki sezilmas darajada bir-
birini tо‗ldiradi (masalan, ahloq ma‘lum sotsiumga, etnosga taaluqliligi), ular 
bo‗yicha sinflarga bo‗lish madaniy- informatsion differensiallash samarasini 
oshirish imkonini beradi.
Korporativ darajada asosiy kriteriylardan biri obekt (korxonalar, ishlab 
chiqarish, muassasalar)da bo‗lishi mumkin bo‗lgan avariya yoki falokatlar 
oqibatida ko‗p miqdordagi aholi va moddiy yo‗qotishlarni mavjudligi 
hisoblanadi. Turgan gapki, HFXMning obektlarini shakllantirish bo‗yicha 
chora-tadbirlarni o‗tkazish xarakteri va intensivligi obektlarda ko‗rsatilgan 
xavflarning mavjudligini sezilarli darajada nazarda tutishni taqozo etadi.
Havfli obektlar o‗z navbatida ularga mansub xavflarning ta‘sir qilish 
vaqti bo‗yicha bо‗linadi. Agar obekt faoliyati jarayonida avariya yoki falokatlar 
yuz berisa, ishlovchilarga, yaqin atrofdagi aholiga va atrof-muhitga odatda qisqi 
muddatda salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Shu bilan birga, bir qator obektlarda keng 
kо‗lamli shikastlantiruvchi faktorlar yuzaga kelishi uchun yetarlicha uzun davr 
(yillar- o‗nlab yillar) ketadi. Bunday obektlarga, masalan, faoliyati atrof-muhitni 
ifloslanishiga va ekologik falokatga olib keluvchi korxonalar kiradi.
Bundan 
tashqari, 
korporativ 
darajada 
HFXMning 
obektlarini


50 
shakllantirishda ularning davlat iqtisodiyoti uchun muhimligi nuqtai nazaridan, 
administrativ-territorial birlik sifatida normal faoliyat ko‗rsatishiga ko‗ra
klassifikatsiyalanadi.
Shubxasiz, keltirilgan xolatdagi obektlarga madaniy informatsion ta‟sir
yanada kuchliroq o„tkazilishi kerak. Bundan tashqari, bunday obektlarning 
korporativ 
madaniyatini 
shakllantirishni 
loyixalashtirish 
vaqtida 
ular 
faoliyatining xususiyatlarini ham e‘tiborga olish kerak.
Shunday 
qilib, 
korporativ 
darajada 
HFXMning 
obektlarini
shakllantirishni klassifikatsiyalash quyidagi kriteriylar bilan amalga oshirish 
maqsadga muvofiqdir: 
- keng ko‗lamda aholi va moddiy yo‗qotishlarni xavfi mavjudligi;
- obektlarga taalluqli xavflarni ta‘sir etish vaqti;
- mamlakat iqtisodiyoti uchun obektni muhimligi; 
- obektlar faoliyatini о‗ziga xosligi.
HFXMning obektlarini korporativ darajada shakllantirish yuqorida zikr 
etilgan sinflar o‗zaro kesiluvchanligiga qaramay, ushbu xossalari bo‗yicha
taksonomiyani 
birinchi 
yaqinlashuvda 
madaniy 
informatsion 
ta‘sirini
differensiallashtirish imkonini beradi.
Jamiyat va davlat darajasida klassifikatsion kriteriy bo‗lgan dunyo 
sivilizatsiyasiga munosabatni olish maqsadga muvofiq bo‗lib, ularning ajralib 
turadigan xossalari chamasi ―sovuq urush‖ davri tugashidan so‗ng butun borlig‗i 
bilan namoyon bo‗ldi.
Taklif etilgan yuqori sivilizatsion model ikki qutb ―G‗arb‖ va 
―G‗arbemas‖ , ―sotsialistik‖ va ―postsotsialistik‖ modelni ko‗rib chiqish maqbul 
qo‗pollashuv bo‗lgan hodisadek, kо‗rib chiqish imkonini beradi. Ushbu 
yondashuv o‗ta detalizatsiyalashni yengib o‗tishga yordam beradi. Unda 180 
mustaqil davlat mavjudligini yoki yana uni tashkil etuvchi etnoslar, halqlar, 
etnik guruhlar va qabilalar borligini e‘tiborga olish kerak bо‗ladi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling