Hayot faoliyati xavfsizligining madaniyatini shakllantirish asoslari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish asoslari
Rasm 32. Hayot faoliyati xavfsizligi soxasidagi tarbiya yo„nalishlari
Birinchisi - ozodlik va javobgarlikni oqilona birgalikda olib borish zaruratini his qilishini tarbiyalash. Odamzodning yuksak milliy manfaatlari yolida omon qolishi, ehtiyot qilishi uchun insonlar o‗z hoxishlari bilan huquq va 9 Mirziyov SH.M. Tanqidiy tahlil, qat‘iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‗lishi kerak. O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil yakunlari va 2017 yil istiqbollariga bag‗ishlangan majlisidagi O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqi. // Xalq so‗zi gazetasi. 2017 yil 16 yanvar, №11. demografik xavfsizlik va oilaviy tarbiya ozodlik va javobgarlikni oqilona birga olib borishni tarbiyalash hissi Hayot faoliyati xavfsizligi soxasidagi tarbiya yо„nalishlari insonparvarlik xavfsizligi harbiy xavfsizlik xavfsiz bolalik axborot xavfsizligi siyosiy xavfsizlik 82 ozodlikdan chegaralanishlari zarur. O‗zi, oilasi, davlati, butun odamzod, har bir fikr va kirdikori uchun javobgarlikni shakllantirish – HFX asoslarining bosh masalalaridan biridir. Ikkinchisi- demografik xavfsizlik va oilaviy tarbiY. HFX asoslari fani doirasida hayotga, o‗zining sog‗lig‗iga jiddiy munosabatda bo‗lish, ruhiy, intellektual va jismoniy rivojlanishni amalga oshirish tarbiyalanadi. Bu tarbiyaviy masalalardan biri - bolalar ongiga ota-ona bo‗lish quvonchini naqadar buyukligiga, katta oila, aka - ukalari bo‗lishining muhimligiga ishonch tug‗dirishdir. O‗quvchilar, maktabni tugata turib, katta oilasi bo‗lishga intilishi juda ham muhimdir. Uchinchisi - xavfsiz bolalik. HFX asoslari fanini o‗qitish tizimi bolalar xavfsizligini ta‘minlashning ijtimoiy mexanizmidan birining funksiyasini, yani bolalar ustidan jamoat homiyligini amalga oshirish hisoblanadi. O‗quv-tarbiyaviy jarayon doirasida giyohvandlik, ichkilikbozlik, chekish, odatiy bo‗lmagan qoidalar profilaktikasi amalga oshadi, maktabga nomaqbul tashkilotlarni kirishiga to‗sqinlik qiladi. To‗rtinchi - axborot xavfsizligi. Bu yo‗nalish HFX asoslari yo‗nalishining mazmunida barcha insoniyat uchun axborot hayot faoliyati xavfsizligida yangi sohaligini ta‘kidlaydi. Hozirgi sivilizatsion rivojlanish vaqtida axborot faktori hal qiluvchi rol bo‗lib, axborot manbalari uchun kurashlar, asosiy axborot oqimlari ustidan nazoratni kuchayishi va axborot sohasidagi katta o‗zgarishlar barcha odamzod uchun ham, alohida inson uchun ham yangi xavflarni va tazyiqlarni tug‗diradi. Xalqimiz aholisi, shu jumladan talabalar to‗g‗ridan-to‗g‗ri axborot tajovuzi bilan to‗qnashadi. Dushmanona, bizga yot axborot bolalar ongiga sindiriladi. Ular ongiga axborot erkinligi sifatida o‗z-o‗zini parchalash, yo‗ldan ozdirish batsillalari kiritiladi, tushunchalarni o‗zgartiriladi, turli xildagi o‗ylab topilgan o‗rgimchaksimon odamlar, g‗arbiy maxsus xizmat qahramonlari yaratiladi. Shu sababli HFX asoslari fanining masalasi- o‗quvchining ruhiy dunyosini 83 ommaviy axborot vositalarining zararli ta‘sirdan muxofazalash, ularga ijtimoiy immunitetni ishlab chiqishga, yo‗nalish olishga, axborot oqimlari ichida yo‗l topa bilishiga yordam berish hisoblanadi. Beshinchisi - harbiy xavfsizlik. Harbiy ishga o‗quvchilarni tayyorlash – O‗zbekistonning milliy xavfsizligini tashkil etuvchisi bo‗lib, xalqimizning omon qolishi, o'zi bo'lishidir. Urushni xoxlamaslik bir ish bo‗lsa, boshqasi - urushdan qo‗rqish hisoblanadi. HFX asoslarini o‗rganish asosida qo‗rquvni orttirish emas, ―aqlli qo‗rqmaslik‖ni tarbiyalashga mo‗ljallangan. Oltinchi - siyosiy xavfsizlik. Siyosat milliy xavfsizlikni ta‘minlash tizimida muhim o‗rinni egallaydi. U katta yaratuvchanlik potensiali bilan birga vayron qilish xususiyatiga ega bo‗lishi, jamiyatni, davlatni gullab-yashnashiga yoki uni inqirozga uchrab, halok bo‗lishiga olib kelishi mumkin. HFX asoslari kursi o‗sib kelayotgan avlodga davlatni xavfsiz boshqarish madaniyatida ishtirok etishni, hayot faoliyati xavfsizligining siyosiy madaniyati ko‗nikmalarini singdiradi. Yettinchi - insonparvarlik xavfsizligi bo‗lib, maktabni insonparvarlik, insoniylashtirishi, bilim bilan madaniyat nizolarini oxirgi yillarda keskin kuchayishini hal qilish, maktabning maqsadli yo‗nalishi bo‗lgan har bir o‗quvchida ma‘naviy, xavfsiz turdagi shaxsni tarbiyalash bilan bog‗liq. Insonparvarlik xavfsizligi mamlakatimiz an‘analarini, madaniyatini, san‘at yutuqlarini, tarixiy tajribalar vorisligini ta‘minlaydi. Insonparvarlikning eng yuksak maqsadlari, qadriyatlari, yurtimiz va butundunyo madaniyatining yuksak an‘analariga tayanish millatni aynashdan saqlaydi. Bundan tashqari, hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirishda xavfsizlik nuqtai nazaridan yaxshi insonlar tasvirida tarbiyalash ham muhim ahamiyat kashf etadi. Bunday tasvir sifatida atrofdagi odamlar - qarindoshi, o‗qituvchisi, zamondoshlar, sevimli asar qahramonlari va b. misol bo‗ladi Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling