Hayot faoliyati xavfsizligining madaniyatini shakllantirish asoslari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV.1. Hayot faoliyati havfsizligining madaniyatini shakllantirishning uslubiy asoslarini individual bosqichi.
58 IV- bob. Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirishning uslubiy asoslari Hayot faoliyati madaniyatini shakllantirishning uslubiy asoslarini ishlab chiqish uchun madaniyatni shakllantirish obektlariga kerak bo‗ladigan sifat va xossalarini, hamda obyektlarga individual, korporativ va jamiyat davlat bosqichida ushbu sifat va xossalarga ta‘sir etish usullarini aniqlash zarurdir. IV.1. Hayot faoliyati havfsizligining madaniyatini shakllantirishning uslubiy asoslarini individual bosqichi. Shaxsning har qanday faoliyatining turg‗un muvoffaqiyati eng avval uning dunyoqarashiga, qadriyatlari va ideallari tizimiga bog‗liq. Shaxsning qadriyatlari va ideallari tizimida shaxsiy, atrofdagi odamlar, tabiiy va texnogen muhit xavfsizligini ta‘minlash muammolari qanday o‗rin tutishiga qarab, uni va butun jamiyatni hayot faoliyatining xavfsizligi bog‗liq bo‗ladi. Boshqa muhim ahamiyatli faktor bo‗lib insonni tayyorlanganligi, bilim va ko‗nikmalari, tarbiya tavsifi hisoblanadi. Shuning uchun havfli va favqulodda vaziyatlardan muxofazalanish usul va vositalarini chuqur va o‗zlashtirishni mustahkam egallashi, turli sharoitlarda xavfsiz hatti-harakatlarni bilishi va ko‗nikmalariga ega bo‗lishi, xavfsiz tarzdagi shaxsning sifatli rivojlanishi insonlarning hayot faoliyati tavakkalligini pasaytirishni asosi hisoblanadi. Bu jarayonda insonning sifati yaxshigina rol o‗ynaydi, u yoki bu mahsulot ishlab chiqarish jarayonini mavoffaqiyatli amalga oshirishda shaxsning individual ruhiy hossalari tushuniladi. Bular: temperament, xarakter, iroda, emotsional muhit, insonning qobiliyati va b. Ularning bir qismi avvaldan genetik aniq, masalan, temperament, yuqori asabiy faoliyat turi, qabul qilish, eslash jarayonini tavsiflari ijtimoiy muhit ta‘sirida juda kuchsiz o‗zgaradi. Boshqalari esa ijtimoiy muhitda shakllanadi va jamiyat, insoniyat sivilizatsiyasini individual va kollektiv, sotsial tajribasiga ko‗ra tarixiy rivojlanishda erishilgan darajaga bog‗liq. Bular: uning xislatlari, iroda, emotsional xolati, ahloqiy asabiy turg‗unligi, xavfsiz ahloqning ijtimoiy va 59 xususiy turlaridir. Bundan tashqari, inson havfsizligini ta‘minlashni amalga oshirish nuqtai nazaridan insonlarning jismoniy sifatlari ham (sog‗lig‗ini darajasi, jismoniy rivojlanishi) muhim. Bundan tashqari, psixologiya va tarbiyachiikadan ma‘lumki, har qanday faoliyatning muvaffaqiyati uni amalga oshirish uchun intilish, katta natijalarga erishishga harakat qilishiga bog‗liq. Izlanishlar natijasi shuni ko‗rsatadiki, talabalarning bilim olishdagi muvoffaqiyatini intellektual qobiliyati emas, balki xuddi shu jarayonda oliy professional ta‘lim olish ta‘minlaydi. 8 Hayot faoliyati xavfsizligini sababini ko‗rsatish o‗zi, atrof-muhit, jamiyat va mamlakatning havfsizligini ta‘minlash bo‗yicha to‗g‗ri hatti-harakatlarni amalga oshirish hayotiy zarurligi va foydaliligini tushunishiga bog‗liqdir. Shunday qilib, hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini individual bosqichda rivojlanishi o‗z ichiga quyidagilarni olishi kerak: - hayot faoliyati xavfsizligi sohasida eng yuksak maqsad va qadriyatlarni shakllantirishi; - insonlarning hayot faoliyati xavfsizligini ta‘minlashiga ta‘sir qiluvchi shaxsiy sifatlarini rivojlantirish; - hayot faoliyatining barcha sohalarida xavfsizlikni ta‘minlash borasidagi bilim, ko‗nikma va tajribalarni singdirish; - hayot faoliyatining xavfsizligiga dalil keltirish. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling