Hayot faoliyati xavfsizligining madaniyatini shakllantirish asoslari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish asoslari
Rasm 24.
Xarakter chizgilarining klassifikatsiyasi Ma‘lumki, 2 yoshdan to 5–6 yoshgacha boshlang‗ich xislatlar bo‗lgan ahloqiy sifatlar, atrofdagilarga ishonch, ochiqko‗ngillik va b. poydevori qo‗yiladi, Insonlarga, jamiyatga, atrof-muhitga nisbatan: ruxiy-ahloqiy sifatlar (mehribonlik, sadoqat, beg‗arazlik, kamtarlik, yо‗l qо‗ymaslik, dovyuraklik, haqqoniylik vab); dilkashlik; ochiqkо‗ngillik; boshqalarga g‗amxо‗rlik; insonparvarlik; vatanparvarlik. Mehnat, faoliyatga nisbatan: faollik; tartiblilik; javobgarlik; majburiylik; mehnatsevarlik; ehtiyotkorlik; boshqalar. Inson о‘ziga nisbatan ishonch; tanqidiy; talabchanlik; izzat-nafsi; boshqalar. Xarakter chizgilarining klassifikatsiyasi 67 hamda xarakterning ishga doir xislatlari (mehnatsevarlik, saranjomlik va b) rivojlanadi. Bu davrda oilaviy tarbiya va maktabgacha ta‘lim asosiy ahamiyatga ega bo‗ladi. 7–15 yoshda boshqalarga xolisona xizmat qilish, insonparvarlik, mamlakatiga nisbatan tavsifi bo‗lgan (vatanparvarlik, fuqarolik burchiga sadoqat) xislatlari shakllanadi. Buning uchun umumiy va qo‗shimcha bilim tizimining imkoniyatlaridan foydalaniladi (boshlang‗ich sinflarda ―Atrofimizdagi olam‖, yuqori sinflarda ―Hayot faoliyati xavfsizligi asoslari‖ fani, sinfdan tashqari va to‗garaklar ishi, o‗z-o‗zini tarbiyalash va bilim olish, kamroq darajada oilaviy tarbiya, hamda tashviqot, madaniyat muassasalari tizimi (muzey, teatr, ko‗rgazma zallari va x.k). O‗smirlik yoshida xavfsiz turidagi shaxsni shakllantirishda zamonaviy ommaviy kommunikatsiya vositalari (OKV) va ommaviy axborot vositalari (OAV)alohida ahamiyatga ega, bular - radio va televideniye, kompyuter tarmog‗i, uyali aloqa vositalari, axborotlarni tasvirlash tizimi (tashqi svetodiod ekranlar, ichki plazmali panellar, ―yuguruvchi satrlar‖ ekrani). Hayot faoliyati xavfsizligi sohasi ma‘lum tarbiyaviy ta‘sirga va ijtimoiy ahamiyatga ega reklama, roliklar, elektron plakatlardan foydalanish orqali oxirigacha yetkiziladi. Yetuklik davrida ma‘lum darajada insonni kasbiy xarakterining xislatlari rivojlanadi, hamda qat‘iyyatlik, maqsadga intilishga qaratilgan qatiyatlik sifatlari anglangan xolda mustahkamlanadi. Bu davrda kasbiy ta‘lim (xususan umumkasbiy fan hisoblangan ―Hayot faoliyati xavfsizligi‖ doirasida), o‗z-o‗zini tarbiyalash va bilim olish, ommaviy axborot vositalari, madaniyat, tashviqot, ahloqiy asabiy tayyorgarlik ta‘siri alohida ahamiyatga ega. 68 Rasm 25. Kasbiy xarakterining xislatlari Iroda deb, inson ichki va tashqi to‗siqlarni yengib o‗tishida o‗zining ahloqini va faoliyatini ongli ravishda tartibga solishi tushuniladi. Iroda turli hayotiy xolatlarda inson odobining xavfsizligini ta‘minlashda sezilarli ahamiyatga ega. Bu shaxsning yuqori irodaviy yo‗nalganligi eng avval, turli musibatlarni, shu jumladan avariyalar, falokatlar va tabiiy ofatlarni osonroq kechirishi bilan bog‗liq. Bundan tashqari tajribalar ko‗rsatishicha, irodali odamlar xavfli va favqulotda sharoitlarda yanada samarali faoliyat ko‗rsatishga, o‗ziga va o‗zaro yordam ko‗rsatish imkoniga ega bo‗ladilar. Kuchli iroda sotsiumning havfsizligini, atrof-muhitni, ekologik meyorlarini ta‘minlash bo‗yicha burch tuyg‗usi talab qilgandek yo‗l tutishda yanada namoyon bo‗ladi. Va nihoyat, inson turli shakldagi faoliyatni bajarish, tashqi va ichki to‗siqlarni yengish orqali maqsadga erishishga intilish, qat‘iyatlik, mustaqillik, tashabbuskorlik, sabot, sabr, intizom, matonat kabi sifatlarni orttiradi. Psixologiyadan ma‘lumki, har qanday to‗siqlarni yengish irodaviy deb hisoblab bo‗lmaydi. Irodaviy jarayon o‗z harakatlarini, avvalo ularning foydalanish qadriyatini anglashni ko‗zlanadi (12-rasm). Bu jarayonda shakllanish va xususan insonning bevosita hohishlari emotsional jihatdan burch sabablaridan yanada kuchli bo‗lishi natijasida dalillarning kurashini uchinchi bosqichi alohida qiziqish uyg‗otadi. Bu xolatda dalillarning kurashi ham amalga oshib, bunda shunday dunyoqarashlar negizi bo‗lgan individuumning eng yuksak maqsadlari va 69 qadriyatlari hal qiluvchi ta‘sir ko‗rsatadi. Xavfsizlikni ta‘minlash muammosini qo‗llashga, tabiiy suv havzasining oldida xususiy avtomashinasini yuvish xoxlashi va tabiiy muhitni muxofazalash orasidagi ichki konflikt, o‗zining yashash joyini yong‗indan muxofazalashga sarflandigan mablag‗larni tejash va yong‗inning bo‗lishi mumkin oqibatlarini tushunish va b. misol bo‗lishi mumkin. Irodaviy zo‗riqish individning qarashlari tizimiga bog‘liq bo‗ladi, uning ahamiyatligi shundaki, tajriba va faktlarga asoslanmagan qurilma orqali maqsadga erishish, o‗zining his-tuyg‗ularini, xoxishlarini boshqarish qobiliyatini bartaraf qilish zarurdir. Xuddi shu xossalarni hayot faoliyati xavfsizligini ta‘minlashda irodani tarbiyalash uchun rivojlantirish zarur. Bu jarayonni bolalik va o‗smirlik davrida oilaviy tarbiya chog‘ida, maktabgacha ta‘lim muassasalarida, maktab va uyda mehnat qilish bilan estetik rivojlanish va tarbiyalashni, hamda FM, FVdan muxofazalash, yong‗in xavfsizligini ta‘minlash bo‗yicha mashqlar va o‗qishlar jarayonida ahloqiy, asabiy tayyorgarlik davrida amalga oshirish zarur. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling