Hayot faoliyati xavfsizligining madaniyatini shakllantirish asoslari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish asoslari
Rasm 29
. O„rtacha umr ko„rishining qisqarishiga olib keluvchi faktorlar 1 – ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar (yashash tarzi, yomon odatlar, sport bilan shug‗ullanish, stresslar va b.) 2 – noxush genetik faktorlar (21%) 3 – tabiiy sharoitlar (ekologiya va b.) 4 –sog‗liqni saqlash darajasi Diagrammadan ko‗rinib turibdiki, odamlarning jismoniy sifatlari nuqtai nazaridan ijtimoiy-iqtisodiy faktor katta qismni egallaydi. Shuning uchun bolalarni oiladagi, maktabdagi, maktabdan tashqari (sport seksiyalari, maktablari)dagi jismoniy tarbiyasi, ular ishtirokida turli musobaqalarda ishtirok etish, hamda ulg‗ayish davrida o‗zining jismoniy tayyorgarligiini roli yaqqoldir. Bundan tashqari, shaxsning jismoniy sifatlarini shakllanishi HFX fanining bir qismi bo‗lgan valeologiya bo‗limini o‗rganish jarayonida, sog‗lom turmush tarzida ham namoyon bo‗ladi. Shunday qilib, hayot faoliyati xavfsizligi borasidagi shaxs sifatlari bo‗lgan temperament, xarakter, iroda, ahloqiy muhit, qobiliyat, jismoniy xossalarini namoyon bo‗lishi oilaviy tarbiya, maktabdagi, maktabdan tashqari, malakaviy bilim, ruxiy-ahloqiy tarbiya, o‗z-o‗zini tarbiyalash, favqulotda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi bo‗yicha mashqlarda ishtirok etish, yong‗in havfsizligi obektlarda, ahloqiy- asabiy tayyorgarlikda, hayot faoliyati xavfsizligi sohasidagi tashviqotlarda, shu jumladan madaniyat muassasalaridagi zahiralari (muzeylar, teatrlar, ko‗rgazma zallari)dan foydalanish, zamonaviy ommaviy aloqa vositalari orqali amalga oshadi . (30-rasm). 76 Hayot faoliyati xavfsizligi borasidagi shaxs sifatini rivojlantirish usullari Oilaviy tarbiya Maktabdagi, maktabdan tashqari, malakaviy bilim Ruxiy-ahloqiy tarbiya O‗z-o‗zini tarbiyalash Musobaqa va mashqlarda ishtirok etish Ahloqiy-ruhiy tayyorgarlik Hayot faoliyati xavfsizligi sohasidagi tashviqotlar Rasm 30. Hayot faoliyati xavfsizligi borasidagi shaxs sifatini rivojlantirish usullari Bunda sezilarli e‘tibor umumiy oilaviy tarbiya muammolariga ajratiladi. Shu bilan birga hayot faoliyati xavfsizligi sohasidagi adabiyotlarda oilaviy tarbiyaning o‗ziga xosligini aks ettiruvchi ishlar mavjud emas. Ushbu mavzu jiddiy asabiy tarbiyachiik izlanishlar o‗tkazishga muhtoj. Hozirgi paytda bu muammoning faqat yanada umumiy aspektlarigagina e‘tiborni qaratish imkoni mavjud. Shu narsa ma‘lumki, tarbiya oilaning eng muhim funksiyalariga kiradi. Doimiy va tabiiy xarakterdagi ta‘siri bilan faqatgina oila bolaning o‗zini shaxsiy xislatlari bo‗lgan eng yuksak maqsad va qadriyatlarini, o‗ziga xos xarakteri, temperament, emotsional soxa bo‗lgan hayot faoliyati xavfsizligi borasidagi tizimini shakllantirishda yanada samaralidir. Oilaviy tarbiyada ota-onaning ekologiya, atrof-muhit muxofazasi muammolariga, tabiatga ehtiyotkorona munosabati alohida ahamiyatga ega. Xavfsizlikni ta‘minlash muammolarini hal qilishda birgalikda faoliyat ko‗rsatish fakti ham muhim rol o‗ynaydi. Faqat oila a‘zolarining barchasi ishtirokida xonadonini bo‗lishi mumkin bo‗lgan favqulotda vaziyat manbalarining shikastlantiruvchi ta‘siridan muxofazalanish bo‗yicha tayyorgarlik chora-tadbirlarni o‗tkazish, shaxsiy muxofaza vositalaridan foydalanish qoidalarini o‗rganish va x.k. bolaga zaruriy sifatlarni tug‗dirishga, o‗tkazilayotgan chora-tadbirlarni ta‘sirchanligiga ishonishni singdiradi. Oilaviy tarbiyani tashkil etish chog‗ida bolaga shaxsiy xavfsizligini 77 ta‘minlash bo‗yicha o‗quv va real masalalarni yechish uchun oqilona mustaqillikni berish zarur. Bu holat xavf yuzaga kelishiga uni ruhan tayyorlashga, ota-onasi yo‗qligida xavfni o‗z kuchi bilan bartaraf etishga ishonchini oshiradi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling