Hayot faoliyati xavfsizligining madaniyatini shakllantirish asoslari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish asoslari
Rasm 28. Sezgilar klassifikatsiyasi Inson hissiyotlari muhitiga sezilarli darajada zamonaviy ommaviy axborot kommunikatsiyalari (OAK) ham ta‘sir etadi. Hayot faoliyati xavfsizligini ta‘minlashda dalil elementlari yordamida chuqur o‗ylangan, o‗tkir ma‘noli va yengil hazilli videoroliklar, ijtimoiy reklama, o‗quv saytlari ijobiy hissiyotlarni yaratadi. Bundan tashqari, insonning asabiy holatatini shakllantirishda, hususan yetuklik yoshlarida xissiyotlarini tartibga solish masalalari bo‗yicha o‗zi bilim olishi, kechinmalarini boshqara olish ko‗nikmalarini egallashi muhim rol o‗ynaydi, asabiy-hissiy faktorlarga bog‗liq turli kasalliklarni oldini olishidan tashqari, xavfli va favqulotda vaziyatlarda o‗ylab ko‗rilgan qarorlarni qabul qilishga imkon beradi. Individning qobiliyati ham hayot faoliyati xavfsizligini ta‘minlash bo‗yicha chora-tadbirlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda kam bo‗lmagan ahamiyatga Sezgilar klassifikatsiyasi Amaliy Mehnat jarayonidan , о‗qishdan, sport bilan shug‗ullanishdan va b. qoniqish; muloqotdan suyunish; boshqalar Ahloqiy vatanparvarlik; burch hissi; milliy g‗urur; birodarlik; dо‗stlik; sevgi (insonga, halqqa); ishonganlik; boshqalar Estetik San‘at asarlaridan zavqlanish; Gо‗zallik oldida ehtirom qilish; Tabiatni sevish; Boshqalar. Intellektual qiziqish; sinchkovlik; hadiksirash; ishonch; intellektual xursandchilik; boshqalar 74 ega bo‗lib, ma‘lum bir faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirishning sharti hisoblangan shaxsning individual asabiy hususiyatlari tushuniladi. Qobiliyatlar individning tug‗ma hususiyatlari bilan birga, uning ijtimoiy tajribasiga ham sabab bo‗lishi hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish uchun shaxsning ushbu sifatlar imkoniyatlaridan individual darajada foydalanish zaruratini tug‗diradi. Qobiliyatlar faoliyatning yo‗naltirilganligi nuqtai nazaridan umumiy va maxsus bo‗ladi. Faoliyatlarning ko‗plab turlari tomonidan muhim talablarini bajarish va insonlar bilan muvaffaqiyatli muloqotni umumiy qobiliyatlar ta‘minlaydi. Bunga shunday misol keltirish mumkin: jabrlanganlarni vayron bo‗lgan binolarning ostidan qutqarishdagi qiyin texnologik jarayonlarni bajarishda, jabrlanganlarni hayotini saqlab qolish uchun tibbiy muolajalarni o‗tkazish va boshqa faoliyat turlarini bajarish chog‗ida harakatlarni aniq va yo‗naltirilgan bo‗lishi zarur. Maxsus qobiliyatlar esa o‗ziga xos turli xil faoliyat turlari nuqtai nazaridan talablar bajarilishini ta‘minlaydi. Bu xolat katta hajmdagi axborotlarni tezkor qayta ishlash imkonini ham beradi, dispetcherlik punktlari operatorlarning faoliyatida, iqtisodiyot obektlarda korporativ xavfsiz madaniyatli mutaxassislari kommunikativ imkoniyatlarini ishlab chiqish va tatbiq etishda ham juda foydalidir. Qobiliyatni rivojlanish davrlari borasidagi izlanishlar shuni ko‗rsatadiki, umumiy qobiliyatlarga 6 yoshgacha poydevor qo‗yiladi. Bu vaqtda ularning rivojlanishini asosiy usullari oilaviy tarbiya va maktabgacha tarbiya hamda qo‗shimcha o‗quv muassasalari hisoblanadi. 17–20 yoshgacha umumiy, kasbiy va qo‗shimcha bilim olish muassasalarida, kasbiy faoliyat jarayonida maxsus qobiliyatlar jadal rivojlanadi. Insonnning jismoniy sifatlari ham hayot faoliyati xavfsizligini ta‘minlash jarayonida muhim rol o‗ynaydi. Bu sifatlar salomatlik darajasi bilan aniqlanadi, ya‘ni, organizmning, uning zahiralarini funksional xolati, ijtimoiy qobiliyatlari tushuniladi. O‗z navbatida sog‗liq darajasining vakolatli ko‗rsatkichi bo‗lib o‗rtacha umr ko‗rish hisoblanadi. Bu ko‗rsatkichni kamaytiruvchi faktorlar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling