Hayot faoliyati xavfsizligining madaniyatini shakllantirish asoslari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish asoslari
Rasm 26. Irodaviy zo„riqish individning qarashlari
Hissiyot va sezgi shaxsning his-tuyg‗ularini tarkibiy qismi hisoblanadi. Hissiyot deb, insonni hayot faoliyatida ahamiyatli vaziyatlariga tegishli hossalar bilan bog‗liq bo‗lgan alohida asabiy xolatlar tushuniladi. Ular talablarni ifodalashning shaxsiy shakli bo‗lib, faoliyatini rag‗batlantiradi va yo‗naltiradi. Hissiyotlar bevosita huzur-hulovat, xursandchilik, qanoatlanganlik, norozilik, qo‗rquv, g‗azab va h.k. larni boshdan kechirish orqali ifodalanadi. Insonning xavfsiz axloqi nuqtai nazaridan hissiyotlarda muhim ahamiyatga ega bir qator funksiyalar mavjud. Masalan, ogohlannirish funksiyasi o‗zining 70 asabiy xolati bo‗yicha axborotlarni suxbatdoshiga uzatishda, mavjud vaziyatlarga munosabatida, amal qilishga tayyorlik shaklida ifodalanadi. Ushbu funksiya havfli holatlarlarda vahima yuz berishini oldi olishga, qutqaruv ishlarni amalga oshrish harakatlarining dadilligini oshiga ko‗maklashadi. Hissiyotni tartibga soluvchi funksiya bo‗lib individ faolligini rag‗batlantirish hisoblanadi. Nomaqbul hissiyotlar ishga layoqatini pasaytiradi, insonning diqqatini kamaytiradi, maqbullari – mehnat samaradorligini oshiradi. Buni potensial xavfli obektlarda qachonki ishchining ruhiy xolati avariyaviy vaziyatlarni rivojlanishiga yoki oldini olishga imkon berishi mumkin bo‗lganda personal ishini tashkil etish vaqtida qayd etish zarur. Rasm 27. Hayot faoliyati xavfsizligi borasidagi iroda jarayonining bosqichlari Yaqinlashib kelayotgan xavfni sezish himoyaviy mobillashgan his-tuyg‗u funksiyasi bilan bog‗liq. U individga nafaqat o‗z vaqtida xavfli xolatga muxofaza vositalari va usullarini tanlash borasida analitik fikrlash, balki organizmdagi asabiy fiziologik o‗zgarishlar (qonga adrenalinni tashlanishi, muskullarning qisqarishi va b.) darajasida tayyorlanishga yordam beradi. Tuyg‘ularni baholash funksiyasi mavjud xolatni subektiv baholash, uning orqasida u yoki bu darajaning foydali yoki nomaqbulligini tan olish, ularni individning dolzarb talablariga mos kelishini baholash bilan shakllantirish Hayot faoliyati xavfsizligini ta‟minlash bо„yicha choralarni amalga oshirish Hayot faoliyati xavfsizligini ta‟minlash zaruratini paydo bо„lishi Maqsadni his etish Maqsadga erishish sabablarini shakllantirish, ularning kurashi Hayot faoliyati xavfsizligini ta‟minlash bо„yicha choralarni amalga oshirish qarorlarini qabul qilish 71 mumkin. Bu funksiyaning ahamiyati, inson turli hayotiy xolatlarda xavfsiz xatti- harakat variantlarini tanlashdan iborat. Hissiyotning turi bo‗lgan qo‗rquv hayot faoliyati xavfsizligini ta‘minlashda sezilarli ahamiyatga ega. madaniyat bilan bog‗liq. Madaniy tavakkal muammosini o‗rganuvchi antropolog olimlar shunga amin bo‗lishdiki, xavflar va tavakkalni baholashda madaniyat, madaniy meyorlar va qadriyatlar ommaviy madaniyat elementi bo‗lgan qo‗rquvlarni shakllantirishning aniqlovchisi hisoblanadi. O‗ziga xos misol bo‗lib, oxirgi paytda jamiyat jamiyatda zararli odatlardan biri bo‗lgan chekishdan qo‗rquv kuchaygani va saraton kasalligiga duchor bo‗lish tavakkalining faktori ortgani hisoblanadi. Bu muammoga diqqat bilan e‘tibor berish yillar mobaynida ―madaniy mavzuga‖ aylandi, birqancha radio, televideniyedagi ko‗rsatuvlar, monografiyalar, ilmiy izlanishlar, jurnal va gazetadagi maqolalar majmuasi bilan qoplandi. Bu muammoga ommaviy muhokama va tashvishlanish umumiy qarashda sezilarli siljishlarga olib keldi – chekuvchilar foyizi keskin kamaydi, ko‗pchilik to‗plangan yerlarda chekuvchilar va chekmaydiganlarga bo‗lish joylarni ajratishga jonbozlik ko‗rsatildi. Adabiyotlarda hissiyot deb, insonning boshqa odamlarga, obektlarga, borliq jarayonlariga nisbatan turg‗un sezgilari tushuniladi. Hissiyot va sezgi bir –biriga zich bog‗langan, lekin ular aynan o‗xshash emas. Turg‗unlikdan tashqari farqlar shunday ifodalanadiki, sezgi konkret obektga, his-tuyg‗u esa vaziyatga, voqeaga nisbatan emotsional reaksiyani aks ettiradi. Sezgi kuchli anglashga ega bo‗lish, eng yuksak maqsad va qadriyatlar bilan birga insonni subektiv dunyoqarashining pozitsiyasini tashkil etadi. Sezgilar obektidan kelib chiqqan xolda ijtimoiy hodisalar sohasida sezgilar klassifikatsiyasi 17-rasmda keltirilgan. Inson ahloqiy sezgilarini mavjud voqealarni axloq va odob, majburiyatni sezish nuqtai nazaridan qabul qilish chog‗ida sinaydi. Bu sezgilar insonning hayot faoliyati xavfsizligini ta‘minlash masalalariga faol yoki passiv 72 dunyoqarashi negizida, o‗zini, xalqini, atrof-muhitni turli xil xavf va tazyiqlardan muxofazalashni xoxlashi nuqtai nazaridan tavsiflangani uchun ham o‗ta muhimdir. Axloqiy sezgilar insonni davlatdagi ijtimoiy hayotiga, go‗zallikni va oliyjanoblikni yaratuvchi hisoblangan xalqiga, jonajon yurtining tabiatiga munosabatida, go‗zallikni avaylash va qo‗riqlashda aks etadi. Odam intellektual sezgilarini avariyalar, atrofdagi olamda mavjud xavflar haqida yo‗naltirilgan bilimlar, falokatlar va tabiiy ofatlardan shikastlantiruvchi faktorlaridan muxofazalash usul va vositalari orqali oladi. Amaliy sezgilarni individ u yoki bu kasbiy yoki jamoat faoliyatiga jalb qilinganida his etadi. Havfsizlikni ta‘minlash bo‗yicha faoliyatning muvaffaqiyatiga sezgi va hissiyotlar sezilarli darajada yordam beradi. Shuning uchun individual darajada insonning hayot faoliyati xavfsizligini shakllantirishning muhim tarkibi bo‗lib hissiyotlar muhitini tarbiyalash va yaxshilash hisoblanadi. Bu jarayon oilaviy, maktabgacha va maktab tarbiyasida bolalik va o‗smirlik davrida ayniqsa samaralidir. Bundan tashqari, hissiyotlar muhitini rivojlantirishda hayot faoliyati xavfsizligini targ‗ibot qilish muhim rol o‗ynaydi, uning yordamida odamlarning hissiy xolati shakllanadi va hayotiy mavq‘iga, turli xolatlardagi hulqiga ta‘sir qiladi. Inson hissiyotlari muhitiga sezilarli darajada zamonaviy ommaviy axborot kommunikatsiyalari (OAK) ham ta‘sir etadi. Hayot faoliyati xavfsizligini ta‘minlashda dalil elementlari yordamida chuqur o‗ylangan, o‗tkir ma‘noli va yengil hazilli videoroliklar, ijtimoiy reklama, o‗quv saytlari ijobiy hissiyotlarni yaratadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling