Hayot faoliyati xavfsizligining madaniyatini shakllantirish asoslari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish asoslari
84 IV.4. Xavfsiz hayot faoliyatini dalillashtirish Dalillashltirish deb, shaxsning faolligini va faoliyatining yo‗nalganligini rag‗batlantirishini chaqirish faktorlarining jamlanmasi tushuniladi. Dalillashltirish o‗ziga ehtiyoj, asosli dalil va xolatiy faktorlarni qamrab oladi. Ehtiyoj asosli dalillarni rivojlantirishga ta‘sir qiluvchi asosiy faktordir, u shaxsning normal hayot va faoliyat ko‗rsatish talablaridan qoniqmaslik xolati bo‗lib, ushbu qoniqmaslikni bartaraf etishga yo‗nalgan bo‗ladi. Inson uchun normal hayot faoliyatini ko‗rsatishi nafaqat hayot uchun zaruriy faktorlar (ovqat, suv, uyqu, sog‗lom hayot faoliyati muhiti)dan, balki ijtimoiy, ruhiy (muloqotga, yaratuvchanlikka, ijod qilishga zarurat) faktorlardan ham iboratdir. Inson barcha ehtiyojlarini zaruratlarga ko‗ra tartibga soladi va quyidagicha joylashtiradi: - fiziologik ehtiyojlar - ochlik, chanqoqlik; - xavfsizlik va muxofazalanish ehtiyojlari; - mansublik va sevishga ehtiyojlari; - o‗z-o‗zini hurmat qilish ehtiyojlari - ahamiyati, kompetentligi; - o‗zini kerakliligi yoki o‗zini shaxsiy kamolotga yetkazish ehtiyojlari- potensialini amalga oshirish - uzoq umr ko‗rish va stabillik. Inson o‗rtacha o‗z ehtiyojlarini taxminan quyidagi darajada qoniqtiradi: 85% – fiziologik, 70% – xavfsizlik va muxofaza, 50% – sevgi va mansublik, 40% – o‗zini hurmat qilish, 10% – o‗zini kerakligi. Shuni qayd etish kerakki, inson o‗z ehtiyojlari pog‗onasida qanchalik yuqori ko‗tarilmasin, agar past darajadagi ehtiyojlaridan qoniqish to‗xtab qolsa, unda inson bu darajaga qaytib, to kerakli darajagacha yetmaguncha, ketmaydi. Bu ehtiyojlar fiziologiklardan keyin bo‗lib, barcha tirik mavjudotlarga xosdir. Dalillashtirish o‗z navbatida, maqsadlar sifatida amalga oshadi. Bir maqsadni bir necha xil asosli dalillar aniqlaydi. Masalan, hayot foliyati xavfsizligi borasidagi jamoat faolligi o‗zini sotsiumida, davlatni xoxlashi va 85 boshqa asosli dalillar bilan tasdiqlashga intilish bilan pisanda qilinishi mumkin, Xolatiy faktorlar sifatida topshiriqning murakkabligi, rahbariyatning talablari, atrofdagi odamlarning ko‗rsatmalari va x.k. ko‗rib chiqiladi. Bularning barchasi ham ma‘lum vaqt oralig‗ida insonlarning asosli daliliga ta‘sir qiladi. Xolatiy faktorlar serharakatchan yengil o‗zgaradi, shuning uchun ularga ta‘sir qilish asosli dalillarning faolligi bilan birgalikda ham bo‗lishi mumkin. Dalillashtirishni xarakteri bo‗yicha ichki va tashqiga ajratish qabul qilingan. Tashqi dalillashtirish intizomli ta‘sirlar (rag‗batlantirish va jazolash) orqali amalga oshadi. Umumiy va kasbiy ta‘lim muassasalarida tashqi dalillashtirish sifatida yaxshi va yomon baholar hisoblanadi. Tashqi dalillashtirishni shakllantirish kam mablag‗larni talab qiladi, lekin ijobiy o‗zgarishlar odatda qisqa vaqtda, va‘da qilinganni olishgacha davom etadi. Ichki obektning o‗zida, jarayonda, hayotiy zaruratlarni tushunishi va to‗g‗ri harakatlarni foydali amalga oshirishi hamda turg‗un davom etuvchi xarakteriga ega. Mehnat faoliyatini bilish uchun xizmat qiladigan dalillashtirish mehnatni mazmuniga qiziqishi, yani unda mehnat jarayoni o‗zini qanday jalb qilishidir. Rivojlangan mehnat faoliyatini bilish uchun xizmat qiladigan dalillashtirishda mutaxassis ishlab chiqarishdagi muammolar yechimini faol va qiziqib qidiradi, asosan o‗z diqqatini uzoq vaqt zo‗riqmay ishga qaratadi. Havfsizlik aspektida bilish uchun xizmat qiladigan dalillashtirish inson ishlab chiqarish havfsizligi muammolarining tub mohiyatini iloji boricha bilishga qiziqishi orqali namoyon bo‗ladi. Inson uskunalarni, texnologiyalarni, mehnatni tashkil etishda mustahkamligini va sifatini ta‘minlash savollarning asl ma‘nosini sinchkovlik bilan idrok qilishi va laxza xavfsizligini baholashda tanqidona ―savollarga boy‖ yo‗l tutadi. Nizolardan qochishni dalillashtirish nizolarsiz hatti-harakatlarga intilishda aniqlanadi va ichki shaxsiy darajada (vijdoni bilan yakdillikni saqlashda, o‗zining shaxsiy ahloqiy qadriyatlari tizimida), ijtimoiy darajada (jazodan, sanksiyalardan qochish) va shaxslararo darajada (birga ishlovchilar, boshliqlar bilan tinch xizmat qilishga intilishda) 86 namoyon bo‗ladi. Ko‗rilayotgan muammoga nisbatan yuqori darajada da‘vo qilish- havfsizlikni ta‘minlash borasida kamchiliklarsiz xolatga erishishni xoxlashdir. Obro‗-e‘tibor asosli dalilni muhim tashkil etuvchisi bo‗lib, bajarayotgan ishining alohida hurmatga sazovorligini his etishdir. Bu xolat shaxsni yanada nufuzini oshiradi, g‗arazlikni ham keltirib chiqaradi. Ushbu dalillashtirish o‗zini hurmat qilishga, insonlar ko‗z o‗ngida obro‗li kasbga ega bo‗lishi orqali ijtimoiy mavqe‘ni mustahkamlashga intilish shaklida ifodalanadi. Uni rivojlantirish uchun shunday jamoat fikri va sog‗lom asabiy muhitni shakllantirish kerakki, unda hayot faoliyati havfsizligi borasida yuqori madaniyat xizmatchisi bo‗lish nufuzli bo‗lsin. Yuqoridagi dalillashtirish turlarini ko‗rib chiqqanimizdan so‗ng, uni shakllantirishning quyidagi darajalarini o‗rnatish mumkin: Boshlang‗ich, meyoran majburiy daraja ota-ona va o‗qituvchilarning ko‗rsatmalari, qoidalar, qonunlar, huquqiy meyorlarning talablari orqali aniqlanadi. Hozirgi vaqtda ushbu daraja hayot faoliyati havfsizligi madaniyatini shakllantirish jarayonida ustun turadi va oilaviy tarbiya, hayot faoliyati havfsizligi borasida o‗qitish orqali amalga oshadi. Ikkinchi, ixtiyoriy darajada, tashqi ijtimoiy dalillar (masalan, chekishga, spirtli ichimliklar ichishga munosabati), o‗zini yaxshi ko‗rishi, shaxsiy kamolotga yetishining xususiy dalillari (masalan, talabalik jamoasida sport bilan shug‗ullanish) ishga tushadi. Bunday sharoitlarda dalillashtirishni saqlash va rivojlantirish uchun ―muvaffaqiyat qozonmaslik-tirishqoqlikni yetishmasligi‖ sxemasi eng yaxshi hisoblanadi. Bundan asosiy dalillar ijtimoiy reklamani tayyorlash, ommaviy axborot vositalari, sinfda va sinfdan tashqari ishlarni bajarish jarayonlarida hamda kattalarning turli jamoat harakatlarida ishtirok etishlarida (ekologik, sog‗lom turmush tarzini tashviqot qilish va b) foydalanish mumkin. Bundan tashqari, bu darajada asosiy dalillarning muhim usullaridan biri -moddiy rag‗batlantirishdir. Uchinchi daraja shaxsni hayot faoliyati havfsizligi sohasida o‗zining ijodiy 87 imkoniyatlarini samarali rivojlantirish va foydalanish zaruratini aks ettiradi. Uning asosi sifatida inson hayoti uchun muhim sohada o‗zini namoyon etishning yuqori talablari olg‗a surilib, bosh birlamchilik huquqi va ichki talabchanligi sifatida qabul qilinadi, ular asosiy dalillar darajasida muvaffaqiyat qozonishda sezilarli rol o‗ynaydi. Bu xolat shaxs o‗zini barcha mahorati va xususiyatlarini namoyon etishi mumkin bo‗lgan joyda o‗z vazifasini havfsizlik darajasida yuqori sifat bilan bajarishida aks etadi. ushbu darajada hayot faoliyati havfsizligi borasida o‗zini tarbiyalash va ilm olish hamda ahloqiy rag‗batlantirish alohida rol o‗ynaydi. Tarbiya va ilm olish, ijtimoiy reklamani amalga oshirish, ommaviy kommunikatsiya vositalari orqali ta‘sirni rejalashtirish jarayonida hayot faoliyati havfsizligining dalillashtirishini shakllantirishning asosiy prinsiplari quyidagichadir: - hayot faoliyati havfsizligi bo‗yicha talablarning (huquqiy, ijtimoiy, texnikaviy va b) va imkoniyatlarining muvozanatini ta‘minlash. Izlanishlar ko‗rsatishicha, agar shu ikki faoliyat parametrlari shaxs tomonidan idrok etishda bir-biriga mos kelsa, faoliyatda ichki dalillashtirishni vujudga kelishi uchun zaruriy sharoitlar yaratiladi; - xavfsiz turdagi shaxs sifatlarini, hayot faoliyati havfsizligini ta‘minlash bo‗yicha amaliy ko‗nikmalarni, mutaxassislarning kasbiy sifatlari hozirgi paytda hayotiy muhim ma‘no bo‗luvchi faktorlar shaklida taqdim etish. Ularning mavjudligi yoki yo‗qligi orqali nafaqat mansabi, moddiy ta‘minoti, ijtimoiy zarurligining darajasini o‗sishi, balki eng avvalo insonning va unga yaqin odamlarning sog‗lig‗i va hayoti bog‘liq bo‗ladi; -hayot faoliyati havfsizligini ta‘minlash borasidagi sinchkovlik bilan qiziqishi ijtimoiy va shaxsiy rag‗batlanish, yangiliklarga qiziquvchanlik, hissiyotli, hayot faoliyati havfsizligi borasidagi zaruriy axborotlarni shaxsan izlashni tashkil etish va muammoli uzatish hisobiga rivojlanadi; - HFXMni shakllantirish chog‘ida har bir inson, alohida ijtimoiy guruh, sinflarning qiziqishlari, qobiliyatlari, ishtiyoqlari, qadriy yo‗nalishlari maksimal |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling