Hayot faoliyati xavfsizligining madaniyatini shakllantirish asoslari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish asoslari
37-rasm. Avtomashina egalari uchun tavakkalni subektiv qabul qilish modeli
Sug‗urtalash tavakkalni qisqartirishning ijtimoiy mexanizmi bo‗lib, Tibbiy sug‗urta Avtomashina Bolalar Hayot Yashash joyi 116 jismoniy shaxslar orasida sug‗urtalashni quyidagi turlari keng tarqalgan: - OSAGO (Grajdanlik avtojavobgarligini majburiy sug‗urtalash); - avtosug‗urtalash CASCO (transport vositasini olib qochish va zarar keltirishdan sug‗urtalash); - mol-mulk sug‗urtasi (xonadon, dala hovli, kottedjlarni va ulardagi mol- mulkni sug‗urtalash); - KTS (Ko‗ngilli tibbiy sug‗urtalash); - SS (sayyoxlarni sug‗urtalash). OSAGO bo‗yicha qonunni amalga oshirish natijasida barcha yo‗l- transport harakati qatnashchilari hayotiga, sog‗lig‗iga, mol-mulkiga keltirilgan zararni qoplash kafolatini tizimi shakllanadi. Ko‗ngilli tibbiy sug‗urtalash – sug‗urtalashning eng keng tarqalgan turidir. Korxonalarning o‗z xodimlari haqida g‗amxo‗rlik qilish – uning korporativ madaniyatini yuqori darajadaligining ko‗rsatkichlaridan biri bo‗lib, tashkilotning hamkorlari oldida ham, keng jamoatchilik oldida ham obro‗sini shakllantirishni asosiy faktori hisoblanadi. Baxtsiz hodisalardan va kasallanishdan sug‗urtalash shaxsiy sug‗urtalashni jamlanma turi bo‗lib, belgilangan miqdordagi mablag‗larning bir qismini yoki to‗laligicha qo‗shimcha harajatlarini sug‗urtalanganning sug‗urta vaqti kelishi tufayli qoplashni ko‗zda tutadi (bunda ikkala turdagi to‗lovlarni amalga oshirish mumkin). Baxtsiz hodisalardan va kasallanishlardan sug‗urtalashning muhimligi kam bo‗lmagan ijtimoiy paketini ish beruvchi xodimlarga taqdim etadi. Sug‗urtaviy muxofazalash xodimlarning kasbiy faoliyati kuchaygan tavakkal bilan bog‗liq xolatlarda ayniqsa zarurdir. Korxona xodimlarini ishlash qobiliyatini yo‗qolishiga, ba‘zi xollarda o‗limga olib keluvchi kutilmagan noxush oqibatlar bo‗lgan portlashlar, yong‗inlar, texnika nosozligi, ba‘zi predmetlarni tushib ketishi, boshqa ko‗plab kutilmagan voqealar sabab bo‗ladi. Baxtsiz hodisalardan sug‗urtalash ishchi va uning oilasini baxtsiz hodisa ro‗y berganda moddiy ko‗maklashish kafili hisoblanadi. Baxtsiz hodisalardan sug‗urtalash xodim tomonidan nafaqat mehnat shartnoma bo‗yicha uning ish 117 beruvchisini bevosita ish joyida, korxona joylashgan maydondagina emas, balki korxonadan tashqarida, shu bilan birga ish, o‗qish joyiga kelayotganida olgan jarohat yoki sog‗lig‗ini yomonlashuvi ro‗y berganida moddiy kompensatsiya to‗lovini amalga oshirish ko‗zda tutiladi. O‗zbekiston bo‗ylab, uning chegarasidan tashqarida sayohat qilish vaqtida kutilmagan voqealar, sog‗lig‗ini yomonlashuvi va boshqa noxushlik ro‗y berishi mumkin bo‗lgan xollarda aholini sug‗urtalash polisi kutilmagan moddiy sarflarga yo‗l qo‗ymaslikka yordamlashadi. Bir tarafdan shaxsiy xavfsizlikni ta‘minlashga intilishda sug‗urtalash muhim rolni o‗ynashi bilan, ikkinchi tomondan noxush xolatlarda shaxsni muxofazalashni ta‘minlash usuli sifatida sug‗urtalashga ishonmaslik eng birinchi ijtimoiy mos kelmaslik hisoblanadi. Shu bilan birgalikda sug‗urta kompaniyalarining bir tarafdan hayotni xarakterli sug‗urta qilish bozorini kengaytirishi bo‗lsa, ikknchi tarafdan aholiga ushbu xizmatning zarurati yo‗qligi orasidagi qarama-qarshiliklar mavjuddir. Uchinchi, oxirgi qarama-qarshiliklarning darajasi aholini jamg‗arish bilan sug‗urta ahloqi orasidadir. Bir tarafdan odamlar turli shakllarda o‗z mablag‗larini ko‗paytirsa, ikkinchi tomondan o‗zining moddiy boyliklarini ishonchli saqlashga, kelgusida nafaqat stabil foyda olish imkonini berishi, balki inson hayotida ba‘zi bir nomaqbul hodisalarda moddiy ta‘minlanganlik funksiyasini bajarishi ham hayotini sug‗urtalashga yetarli baho bermaslikdir. O‗zbekistonda shaxsiy sug‗urtalash bozorida eng manfaatdor subekt bo‗lib davlat hisoblanadi. Birinchidan, shuning uchunki, davlat miqyosidagi muammolarni bartaraf etish uchun mablag‗larni izlash muammosi birinchi darajali hisoblanadi, xususan: hayotini sug‗urtalash uzoq muddatli kredit mablag‗larni jalb etish imkonini beradi, natijada hayotini sug‗urtalash aholini hayotiy faoliyati xavfsizligini oshiradi. Ikkinchidan, hayotini sug‗urtalash davlatning yetishmaydigan ijtimoiy kafilligini kompensatsiyalaydi. Uzoq muddatli sug‗urtalash davlat nafaqasini miqdoriga qaramay, qo‗shimcha foyda olishga imkon beradi, bular nafaqat 118 qarilik nafaqasini, balki nogironlik nafaqasini miqdoriga aloqasiz amalga oshiriladi; fuqarolarning ijtimoiy ta‘minotiga ishlatiladigan harajatlarni kamaytirib, davlat byudjetining sarflari qismiga yuklamani ham kamaytiradi, natijada davlat kam ta‘minlangan aholi uchun e‘tiborini oshirish imkoniga ega bo‗ladi. Shunday qilib, uzoq muddatli sug‗urtalash aholini sug‗urtaviy muxofazalash shakllaridan biri bo‗lib, ularning hayoti, sog‗lig‗i, mehnat qilish qobiliyati bilan bog‗liq turli voqealar yashash darajasini pasayishiga va qo‗shimcha mablag‗larning sarfiga olib kelishi mamlakatimizda kompleks, yanada aholining to‗liq havfsizligini ta‘minlaydigan tizimni yaratish imkonini beradi. Uchinchidan, sug‗urtalash sermehnat, serilm soha bo‗lib, hayotni sug‗urta qilishni rivojlanishi qo‗shimcha ishchi o‗rinlarni yaratilishini ta‘minlaydi. Bu esa davlat miqyosida muhim faktor bo‗lgan mamlakatda ijtimoiy kuchlanganlikni bo‗shashiga yordam beradi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling