Hayot faoliyati xavfsizligining madaniyatini shakllantirish asoslari
IV.8. Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish asoslari
IV.8. Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish
prinsiplari Turli tsivilizatsiyalar madaniyatini yuzaga kelishi va rivojlanishi, dunyo va mamlakatimizning bilim amaliyoti, mamlakatimizdagi vatanparvarlik tarbiya tizimini shakllantirish tajribasi, zamonaviy informatsion-kommunikatsion texnologiyalardan, shu jumladan, ommaviy axborotning texnik vositalardan foydalanish shu narsani ko‗rsatdiki, hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirishning asosi quyidagi prinsiplar bo‗lishi kerak: - shaxsga, odamlar jamoasiga, jamiyatga ta‘sirini jamlanganligi; - o‗zbek millatining milliy, madaniy, tarixiy fazilatlarini hisobga olish; - HFXM individual darajadagi ustuvorligi; -HFXM shakllantirish jarayonida bilimlarning ustuvorligi; - ommaviy kommunikatsiyalarning ta‘sirini maqsadga yo‗nalganligi. Shaxsga, odamlar jamoalariga, jamiyatga ta‘sirini jamlanganligi HFXM individual, korporativ va jamiyat-davlat darajasida yagona maqsadli, vaqtli va joyli faoliyatni olib borish zaruriy shart deb qo‗yiladi. Shaxslar, jamoalar, jamiyatning xavfsiz turining sifatini shakllantirish bo‗yicha barcha chora- tadbirlar yagona g‗oyaviy, meyoriy, ilmiy-uslubiy vaziyatlarda olib borilishi, dasturiy maqsadli usullardan foydalanib, rejalashtirilishi zarur. O‗zbek millatining milliy, madaniy, tarixiy fazilatlarini hisobga olish prinsipi o‗zbek jamiyatini asoslangan turg‗un xossalari HFXM shakllantirish samarasini oshirish maqsadida e‘tiborga olinishi zarur. Bunday xossalarga quyidagilar kiradi: haqqoniylik, insonparvarlik, jamiyatga birlashishiga moyilligi, dinlarni va konfissiyalarni hamjihatligi, O‗zbekistonda turli 122 millatlarni murosa qilishi, yuksak chidamliligi, past hayotiy talabliligi, mavjud milliy tazyiqlarga safarbarlik qobiliyati va b. HFXM individual darajadagi ustuvorligi prinsipi shu faktni aks ettiradiki, jamiyat, davlatlar, inson taraqqiyoti xavfsizligini yig‗ma binosini asosiy elementi, ―g‗ishtchasi‖ shaxs hisoblanadi. Xavfsiz turdagi shaxsni rivojlanish darajasidagi xususiyatiga qarab har bir insonni ham, insonlar jamiyatini ham xavfsizlik darajasi belgilanadi. Shu sababli HFXM shakllantirish sohasidagi faoliyatni rejalashtirishda asosiy urg‗u individual darajaga qo‗yiladi. HFXM shakllantirish jarayoni nuqtai nazarida bilimlarning ustuvorligi shunga bog‗liqki, bu sohadagi faoliyat yanada samarali hisoblanadi. Buning sabablari shaxs rivojlanishi va vujudga kelishi davrida maqsadga yo‗nalganlik, insonlarga ta‘sirning muddatli, adresligi, kompleksligi, jarayonni yaxshilash va sifat nazoratini faol mexanizmi mavjudligi bo‗ladi. Bundan tashqari, ma‘lumki, madaniy meroslar o‗z-o‗zidan qayta ishlab chiqilmaydi va ongli ravishda tanlash, uzatish va zabt etishni talab qiladi. Bu xolat xam HFXM shakllantirish jarayonida bilim olishning rolini ta‘kidlaydi. Hozirgi paytda bilim olish bilan birga ommaviy kommunikatsiya vositalari HFXM va umumiy madaniyatni shakllantirish vaziyatiga ko‗ra muhim ahamiyatga ega. Bular har kuni aholiga o‗ta kuchli ta‘sir qilish orqali yuksad maqsad va qadriyatlarni, atrofdagi o‗rab turgan borliqqa munosabatni, bilim va emotsional xolatlarni shakllantirishga yordam beradi. HFXM shakllantirishning alohida prinsiplari quyidagilardir: - ruhiy, bilish uchun xizmat qiladigan qonuniyatlar jarayoniga madaniy informatsion faoliyatni mos kelishi; - tarbiyaviy, bilim olish va rivojlanish funksiyalarini birligi; - madaniy informatsion ta‘sir paytida hissiyotli sezuvchanlik doirasiga ta‘sirni ta‘minlash; - maxsus (adresli) va universal madaniy informatsion ta‘sirni ratsional o‗zaro nisbatda bo‗lishi; - shaxsni yo‗naltirilganligi va faolligi; 123 - hayot faoliyati havfsizligini ta‘minlashga nisbatan rag‗batlantirish va ijobiy munosabatda bo‗lishni asoslash; - etkazilayotgan axborotning muammolanganligi; - insonning qabul qilishini turli kanaliga madaniy informatsion ta‘sirini kompleksligi. Madaniy informatsion faoliyatini mos kelish prinsipi ruhiy, bilish uchun xizmat qiladigan qonuniyatlar jarayonga obektiv, asabiy va boshqa insonni bilish hususiyatlarini qayd etish zaruratini aks ettiradi. Tarbiyaviy, bilim olish va rivojlanish funksiyalari birligi prinsipini ishlatish imkoniyatiga bevosita hayot faoliyati havfsizligi madaniyatini shakllantirish texnologiyalarni yaratish chog‗ida asos solinadi. Ushbu prinsip nafaqat bilim oluvchi bilan bilim beruvchining o‗zaro aloqasini ko‗zda tutuvchi tarbiyachiik texnologiyalarni loyixalash jarayonida, balki ommaviy axborot texnik vositalarini, kompyuterli dasturlar yordamida turli informatsion ta‘sirlarni ishlab chiqishda e‘tiborga olinadi. Ma‘lumki, shaxsni to‗g‗ridan-to‗g‗ri na texnik vositalar, na mashinalar emas, balki faqat inson tarbiyalashi mumkin. Biroq ―jonsiz mashina‖da amalga oshirilgan animatsion yoki videotasma, kompyuterli o‗quv dasturi u yoki bu tarzda, bilvosita amaliyotchilarning shaxsiy tajribasini namoyon etadi va albatta odamlarning his-tuyg‗ulariga ham, shu bilan birga unga tarbiyaviy, o‗rgatuvchi va rivojlanuvchi ta‘sir ko‗rsatadi. Yuqorida ko‗rilgan prinsip madaniy - informatsion ta‘siri paytida hissiyotli sezuvchanlik doirasiga ta‘sirni ta‘minlash prinsipi bilan xavfsizlik printsipi o'zaro bog'liq bo‗ladi. Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirishda turli texnologiyalarni ishlab chiqish va foydalanish chog‗ida uni qayd etish bilimlar his-tuyg‗ularga va hayajonlar ishonchga, hayot tarziga aylanadi. Maxsus (adresli) va universal madaniy informatsion ta‘sirni ratsional o‗zaro nisbatda bo‗lishi shaxsning nafaqat individual xususiyatlari, uning ruhiy– jismoniy sifatlari, balki odamlar jamlanmasi (jamoalar, ijtimoiy guruxlar va b.) umumlashgan tavsiflarini ham e‘tiborga olishni ko‗zda tutadi. Bu ham 124 individual, mustaqil bilim olishda, ham ommaviy informatsion ta‘sir, jamoa bo‗lib o‗qish ishlari jarayonida ham amalga oshiriladigan hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirishning yuqori samarador texnologiyalarini loyihalash ta‘minlanadi. Shaxsning yo‗naltirilganligi va faolligi prinsipiga ko‗ra hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish texnologiyalarini loyixalash avval boshdan shaxsning rivojlanishiga, uning individual (qobiliyati, qiziqishi, talablari) hususiyatlariga, shaxs uchun ahamiyatli sabablarni e‘tiborga olib, madaniy informatsion ta‘sirlarni subektiv tajribasiga maksimal suyangan xolda yo‗naltirilishi kerak. Hayot faoliyati havfsizligini ta‘minlashga nisbatan rag‗batlantirish va ijobiy munosabatda bo‗lishni asoslash prinsipi hayot faoliyati xavfsizligi borasida odamlarning muvoffaqiyatli faoliyati bilan bu sohaga qiziqishini uyg‗otish orasidagi aloqa qonuniyatini aks ettiradi. Hayot faoliyati havfsizligi masalalarida berilayotgan axborotning muammoligi hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini kreativ shakllantirishni oshirish, shaxsning kognitiv faoliyatini aktivlashtirishni asosi hisoblanadi. Bu prinsipning mohiyati shundan iboratki, inson madaniyatini rivojlanish samarasi shaxsdan ijodiy faoliyatni talab qiluvchi ishlab chiqilgan muammolar va masalalar maxsus tizimining yechimini kiritmay, amalga oshirish mumkin emas. Bu insonni nafaqat ma‘lum havfli va favqulotda vaziyatlarda, balki noma‘lum sharoitda ham natijaviy harakatlar qilishga imkon beradi. Ko‗rish, eshitish, sezgi kanallariga bir yo‗la ta‘sir insonda havfli obektlarni, hodisa va jarayonlarni, ular asosida anglash jarayonini kuchaytirishning to‗laqonli aks etishini shakllantirishga yordam beradi. Shuning uchun inson turli qabul qilish kanaliga madaniy informatsion ta‘sirini kompleksligi prinsipi chuqur asabiy fiziologik asosga ega bo‗lib, axborotning mazmuni va uni tushunish, yodda qolishi, qayta uzatish va ishlatish kabi turli hissiyotli qabul qilishni bog‗lovchi qonuniyatlarni aks ettiradi. Keltirilgan prinsiplar hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini 125 shakllantirish texnologiyalarni ishlab chiqishda va tatbiq etishda, har xil turdagi madaniy informatsion ta‘sirlarni amalga oshirishda, hayot faoliyati xavfsizligi borasida madaniy, oqartuv, bilim va boshqa choralarni rejalashtirish, tashkil etish va amalga oshirishda e‘tiborga olinishi kerak. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling