Hayot faoliyati xavfsizligining madaniyatini shakllantirish asoslari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish asoslari
131 V.1. Hayot faoliyati xavfsizliging madaniyatini rivojlanishning individual darajasini baholashga uslubiy yondashish Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatining rivojlanishini individual darajasini baholashning uslubiy yondashishini ishlab chiqish uchun quyidagi dastlabki shartlar, faraz va chegirmalarni qabul qilish kerak: 1. Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shallantirishning individual darajadagi sifat va xossalarini e‘tiborga olib, (4.1. bo‗limga qaralsin) obektni quyidagi ko‗rsatkichlari baholanadi: - barcha hayot faoliyati sohalarida xavfsizlikni ta‘minlashning bilimlari, ishlanmalari va ko‗nikmalarining saviyasi; - hayot faoliyati xavfsizligini ta‘minlashga ta‘sir ko‗rsatuvchi shaxs sifatlarini shakllanish darajasi (g‗ayrati, xarakteri, irodasi, hissiyot sohasi, qobiliyatlari); - hayot faoliyati sohalarida shaxsni sababli qadriyatlarini qurilmalari. 2. Barcha hayot faoliyati sohalarida xavfsizlikni ta‘minlash bilimlari, ishlanmalari va ko‗nikmalarining saviyasi aholi guruhlariga qarab, an‘anaviy tarbiyachiik tizimlar hisoblangan joriy, natijaviy, reyting va test nazoratlaridan foydalangan xolda aniqlanishi mumkin. Buning uchun ancha uslubiy mahsulotlar ishlab chiqilgan va tajribadan o‗tkazilgan. Biroq ularni ko‗pchiligi talabalar bilimini baholashga mo‗ljallangan. Faqat ozginasi bilim va ko‗nikmalarning saviyasini aniqlashda foydalaniladi, lekin asosan ana shulargina xavfsizlikni ta‘minlash bo‗yicha faoliyatni samarali bo‗lishi uchun ko‗proq qiziqish uyg‗otadi. Bilim va ko‗nikmalarni amalga oshiruvchi real sharoitlarni taqlid qilishi bunday vaziyat parametrlarni yaratishning murakkabligi asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Soha miqyosida ―hayot faoliyati xavfsizligi‖ da bunday sharoitlarni yaratish kam darajada laboratoriya va amaliy ishlarni bajarish, ko‗p miqdorda esa turli musobaqalarda qatnashib, berilgan normativlarni qayta ishlab chiqish orqali muvofiq ravishda amalga oshiriladi. Shuning uchun bilimning amaliy tarkibini ko‗rsatilgan sharoitlarda jarohat 132 o‗chog‗larini o‗qish jarayonida real taqlid qilish orqali o‗tkazish kerak. Bunda reallik darajasini kerakli ilmiy - uslubiy qurilmaga og‗irlik koeffitstentlarini ishlatish orqali qabul qilishni e‘tiborga olish kerak. Bularni e‘tiborga olib, bilim va ko‗nikmalarning saviyasini baholashda ikki ko‗rsatkichdan foydalangan xolda amalga oshirish kerak: - bilimlar darajasini baholash ko‗rsatkichi shaxs sifatlarini shakllanish darajasi (g‗ayrati, xarakteri, irodasi, hissiyot sohasi, qobiliyatlari) borasida aholiga bilim berish dasturlarini amalga oshirish darajasi bilan aniqlanadi; - bilim va ko‗nikmalarning darajasini baholash ko‗rsatkichi laboratoriya va amaliy ishlarning natijalari, musobaqalar va normativlarni bajarish natijalari orqali aniqlanadi. 3. Hayot faoliyati xavfsizligini ta‘minlashga ta‘sir ko‗rsatadigan shaxs sifatlarini shakllanish darajasi (g‗ayrati, xarakteri, irodasi, hissiyot sohasi, qobiliyatlari) umumiy va kasbiy ta‘lim muassalardagi o‗quv jarayonidagi ruhiy tarbiyachiik nazoratni natijalari, shaxsning u yoki bu sifatlarining rivojini baholovchi ko‗plab psixologik testlar orqali aniqlanadi. 4. Hayot faoliyati xavfsizligi sohasidagi shaxsning sababli qadriyati ko‗rsatmalari ijtimoiy so‗rovlarni natijalaridan, hamda maxsus ruhiy testlardan foydalanib, aniqlanadi. Shaxsning qadriyatlarini (xavfsizlik nuqtai nazaridan) baholovchi maxsus testlar mavjud emas. Shuning uchun bunday testlarni ishlab chiqishda boshqa predmet va voqealarga nisbatan ko‗rsatilgan nuqtai nazardan qadriyatni aniqlashga imkon beradigan shaxsiy yaxshiliklarining nomenklaturasini o‗rnatish zarur. (4.1 bo‗limga qaralsin). 5. HFXM obektlarni shakllantirishning integral tavsiflanishini baholanishi turgan gapki, ko‗pkriteriyali optimallashtirish masalalarini yechish bilan bog‗liq bo‗ladi. Shunga asosan, avvalo ko‗rsatkichlar matritsasi shakllanadi. So‗ng HFXM obektlarni shakllantirishning sifat va xususiyatlarini og‗irligi o‗rnatiladi. Keltirilgan og‗irliklar xavfsizlik nuqtai nazaridan shaxsning integral tavsiflarini ta‘siriga sifat va xususiyatlarning ahamiyatini aniqlaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling