Hayot faoliyati xavfsizligining madaniyatini shakllantirish asoslari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish asoslari
Глоссарий
1. Xavfsizlik madaniyati - madaniyatning tarkibiy qismi bo‗lib, u mehnat mahsulotlarining tarkibida, vositalarida aks etadi, insonlarning o‗zaro munosabatlarining rivojlanishi va moddiy dunyoni o‗zgarishiga yo‗naltirilgan bo‗ladi 2. Madaniyat odamlarning hayoti va faoliyatini turi va shaklida, ularning o‗zaro munosabatlarida ifodalanadi. 3. Hayot faoliyatining xavfsizligi – bu hayot faoliyatini xavfsizlik qonunlari (profilaktika, minimizatsiya, xavfli va zararli faktorlarni yengib o‗tish va bartaraf etish) orqali olib borishdir. 4. Insonning hayot faoliyatini xavfsizligi - xavfsizlik madaniyatining shaxsda gavdalanishini asosiy tarkibi hisoblanadi. 5. Xavfsizlik madaniyati - madaniyatning tarkibiy qismi bo‗lib, u mehnat mahsulotlarining tarkibida, vositalarida aks etadi, insonlarning o‗zaro munosabatlarining rivojlanishi va moddiy dunyoni o‗zgarishiga yo‗naltirilgan bo‗ladi. 6. Madaniyat- insonning ma‘lum ijodiy kuch va qobiliyatning rivojlanish darajasidir 7. (UAXBKT)—tashkiliy-texnikaviy tizim bo‗lib, o‗z ichiga aholini fuqaro muxofazasi borasida tayyorlashni, favqulotda vaziyatlarda muhofazalanishni, yong‗in havfsizligini ta‘minlashni, jamoa tartibini ta‘minlashni, o‗z vaqtida aholini terroristik aktlarning taz‘iqidan xabardor qilishni, joylardagi tartib-qoidalar ahvolini va zamonaviy texnik vositalar va texnologiyalar asosida monitoringini qamrab oladi. 8. hayot faoliyati xavfsizligining madaniyati – bu shaxsiy va ijtimoiy qadriyatlar tizimidagi hayot faoliyati xavfsizligini ta‘minlovchi masalalarning ahamiyatliligini, har kungi hayotda va xavfli hamda favqulodda vaziyatlarda xavfsiz ahloq stereotiplarini tarqalganligini, muxofazalanganlikni darajasini tavsiflovchi inson va jamiyatning rivojlanish darajasidir. 9. Eng yuksak maqsad deb, yanada umumiyroq, faol ongini tashkil etuvchi kuch sifatida insonlarni konkret, tarixan yetilgan masalalarni xal etish uchun birlashgan universal va absolyut qadriyatli ezgulik va zarurat haqida tasavvuridir. 10. Qadriyat – shaxsiy va jamoat ezguligi nuqtai nazaridan inson tomonidan musbat baholanuvchi ma‘lum hodisalar voqeligining yig‗indisidir. 11. Ezgulik - ijtimoiy rivojlanishga ko‗maklashuvchi insonning pozitiv ehtiyojlarini qoniqtirish nuqtai nazaridan predmet va hodisalarning ijobiy qadriyatlarini belgilovchi umumiy tushunchadir. 224 12. Xarakter deb, faoliyat va muloqat chog‗ida, o‗ziga va odamlarga, atrof-muhitga nisbatan turg‗un namoyon bo‗ladigan va shunga o‗xshash xolatlarida shaxsga xos axloq shakllarini sabab bo‗ladigan shaxsning individual xossalarini jamlanmasi tushuniladi 13. Iroda deb, inson ichki va tashqi to‗siqlarni yengib o‗tishida o‗zining ahloqini va faoliyatini ongli ravishda tartibga solishi tushuniladi. 14. Hissiyot deb, insonning boshqa odamlarga, obektlarga, borliq jarayonlarga nisbatan turg‗un sezgilar tushuniladi. 15. Asoslash dalillari deb, shaxs faolligini va uning faoliyatining yo‗nalganligini rag‗batlantiruvchi faktorlar orqali chaqirish tushuniladi. 16. Sug‗urtalash jamiyatning ijtimoiy iqtisodiy tizimining zaruriy elementi hisoblanib, kutilmagan tabiiy, texnogen va boshqa xolatlarda moddiy rag‗batlantirishning buzulishlarini tiklash kafolatini vakili bo‗ladi. 17. Хabar berish – 2 ta oddiy gapdan oshmaydigan hajmda xabar berish yoki qisqa audiovizual axborot yetkazish jarayoni 18. Аxborotlash –yanada detallashgan audiovizual axborot yoki 10 soniya davomidagi videoqator shaklida yetkazish jarayoni 19. Тayyorlanish –bilimlarni FV va terroristik aktlar sharoitida harakatlanishning boshlang‗ich ko‗nikmalarni shakllantirish bo‗yicha axborotlarni (10- 12 soniya davomidagi roliklar, elektron plakatlar, diktorlik xabari tarzida) yetkazish jarayoni. 20. ―Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyati‖ (HFXM)- insonni ijtimoiy uyushmasining xolati bo‗lib, hayot faoliyati jarayonida ma‘lum darajada uning xavfsizligini ta‘minlovchisidir. 21. Кuzatish – odamlarni ommaviy yig‗ilish joylarida huquqiy tartib-qoidalarning xolatini baholash va ijtimoiy havfli harakatlarning oldini olish maqsadida videonazorat qilish jarayoni 21. Birdamlik- bu insonlarning o‗zini odatlari, qiziqishlari, hayajonlari, qarashlari bilan birligidir. 22. Postulat - haqiqatligi ayon bo‗lmasa ham, isbotsiz qabul qilinadigan qoida. 23. Madaniyat xalqning yoki bir gurux xalqlarning hayotni, yutuqlarni, ijodiyotini namoyon qilishni jamlanmasidan iborat bo‗lib, (lotincha cultura- haydamoq, ishlamoq, tarbiyalamoq, rivojlantirmoq, qadriga yetmoq) –tarixan ma‘lum darajada jamiyatning, insonning ijod kuchlari va layoqatini rivojlanishi bo‗lib, u odamlar hayotini va faoliyatini tashkil etish shakllari va turlarida, o‗zaro munosabatlarida, hamda ular tomonidan yaratilgan moddiy va ma‘naviy qadriyatlarida gavdalanadi. 24. Madaniyatni shakllantirish deganda shunday jarayon tushuniladiki, uning tashkil etuvchilari bo‗lib, maqsad va vazifalarni o‗rnatish va to‗g‗rilash, HFXMning asosiy usul va yo‗nalishlarini shakllantirish, HFXMning meyoriy huquqiy va o‗quv-uslubiy asoslarini ishlab chiqish, madaniy- informatsion ta‘sirning samarali uslublarini uchratish va takomillashtirish va b. tushuniladi. 25. Klassifikatsiya kriteriyalari deb obektlarni o‗zaro taqqoslash uchun ajratib turadigan alomatlari tushuniladi. 26. Ijtimoiy sinf deb iyerarxik tartibda, bir jamiyat doirasida uning a‘zolaridagi o‗xshash qadriyatlar, qiziqish va ahloqqa ega bo‗lgan, nisbatan turg‗un jamlanma tushuniladi. 27. Eng yuksak maqsad deb, insonlarni konkret, tarixan yetilgan masalalarni xal etishi uchun birlashgan universal va absolyut qadriyatli yanada umumiyroq, faol ongini tashkil etuvchi kuch sifatida ezgulik va zarurat haqida tasavvuridir. 28. Qadriyat – shaxsiy va jamoat ezguligi nuqtai nazaridan inson tomonidan musbat baholanuvchi ma‘lum hodisalar voqeligining yig‗indisidir. 29. Ezgulik - insonni pozitiv ehtiyojlarini qoniqtirish nuqtai nazaridan ijtimoiy rivojlanishga ko‗maklashuvchi predmet va hodisalarning ijobiy qadriyatlarini belgilovchi umumiy tushunchadir. 225 30. Temperament deb, insonning ruhiy faoliyatini dinamik xususiyatlari (tezlik darajasi, ritm, asabiy jarayon va xolatlarni intensivligi, o‗zini tutish xolatlari, faoliyatning individual uslubi) tushuniladi. 31. Xarakter deb, faoliyat va muloqat chog‗ida, o‗ziga va odamlarga, atrof-muhitga nisbatan turg‗un namoyon bo‗ladigan va shunga o‗xshash xolatlarida shaxsga xos axloq shakllarining individual xossalarini jamlanmasi tushuniladi. 32. Dalillashltirish deb, shaxsning faolligini va faoliyatining yo‗nalganligini rag‗batlantirishini chaqirish faktorlarining jamlanmasi tushuniladi. 33. Mahorat - bu har qanday bosqichda inson ongi tomonidan boshqariladigan harakatni bajarish qobiliyatidir. 34. Amaliy ish - bu o'qituvchilarning rahbarligi ostida talabalar oldindan belgilangan rejaga muvofiq amaliy topshiriqlarni bajaradigan mashg'ulot shakli Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling