Hayot faoliyati
Qon yo‘qotish haqida tushuncha
Download 275.31 Kb.
|
Hayot faoliyati
Qon yo‘qotish haqida tushuncha. Qon yo‘qotishning asosiy
sabablarini, shuningdek, qon ketish darajasini, jarohat a’zolarini hamda qon ketishning oqibatini aniqlaydigan muhim omillardan biri, bu yo‘qotilgan qon hajmidir. Yengil, o‘rta va og‘ir qon yo‘qotish darajalari quyidagilardan iborat: yengil darajali qon yo‘qotishda bemor tomirlarda aylanib turgan qonning 10 – 15 %ini yo‘qotadi. Bunday qon ketishini organizm yengil o‘tkazadi, uning klinik kechishi unchalik rivojlanmagan bo‘ladi. Puls tezlashib (minutiga 80 marta), teri oqarishiga olib keladi, kamquvvatlik kuzatiladi, qon bosimi normadan past bo‘ladi. O‘rta darajali qon yo‘qotish, aylanib turgan qonning 15 – 20% yo‘qotilganda sodir bo‘ladi va organizmda farqli funksional o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, uning klinik ko‘rinishi aniq bo‘ladi. Bemor rangi oqarib ketadi, badanida «sovuq ter» paydo bo‘ladi, kamquvvatlik, bosh aylanishi bilan birga, ko‘pincha hushidan ketib qoladi, puls tezlashib 100 – 110 ga o‘tadi, qon bosimi kamayadi. Og‘ir darajali qon yo‘qotish qon tomirlarida aylanib yurgan qonning 20 – 30%gacha kamayganida sodir bo‘ladi va bemor behush holatda bo‘ladi. Arteriya tomirida puls bo‘lmasligi 73 sistolik arterial bosimning past darajada bo‘lishi, eritrotsitlarning va gemoglobinning kamayib ketishi kuzatiladi. Katta arteriya va venalarning kesilishi og‘ir qon ketishi bilan kechib, organizmning o‘z -o‘zini tiklash mexanizmi zaiflashadi. Bunday holda shoshilinch choralar ko‘rish kerak, ya’ni darhol qon yoki qon o‘rnini bosadigan dorilar quyish lozim. Yo‘qotilgan qonga qarab bemor ahvoli har xil bo‘ladi, bu qon ketish tezligi va organizmga bemor yoshi, jinsi, jismoniy yetukligi, yurak-qon tomir sistemasi ahvoliga, qo‘shimcha kasalliklarga bog‘liq. Jismonan charchagan, toliqqan, hayajonli, sovuqda qolib ketgan bemor qon yo‘qotishni og‘ir o‘tkazadi.
Download 275.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling