Temir yo‘l avariyasi vaqtida qanday harakat qilish kerak?
Halokatga uchraganda yoki to‘satdan poyezdni to‘xtatishga
to‘g‘ri kelganda yiqilib tushmaslik uchun o‘zingizni mahkam
tuting. Buning uchun dastaklarni ushlab oling, devor yoki
o‘tirgichga oyoqlaringiz bilan tiralib oling. Vagon poliga o‘tirib
95
olish xavfsizroq. Birinchi zarbadan so‘ng bo‘shashmang va
mushaklaringizni to tarkibning harakati batamom to‘xtaganiga
ishonch hosil qilmaguningizcha zo‘riqqan holda tuting.
Temir yo‘l avariyasidan so‘ng qanday harakat qilish kerak?
Avariya yuz berishi bilanoq, vagondan eshik yoki deraza orqali
(sharoitdan kelib chiqib) chiqib keting, chunki bunday holda
yong‘in chiqish ehtimoli juda yuqori bo‘ladi. Zarurat tug‘ilsa,
kupe derazasining oynasini og‘ir buyumlar yordamida sindiring.
Avariya chiqish joyi orqali vagondan chiqayotganda temir
yo‘lning dala tomonini tanlang. O‘zingiz bilan hujjatlaringiz,
pul, kiyim-kechaklaringiz yoki ko‘rpani oling. Yong‘in chiqqan
bo‘lsa, derazalarni yoping, shamol alangani kuchaytirib yuborishi
mumkin. Yong‘indan qochish uchun oldingi vagonlarga
o‘tib oling. Buning iloji bo‘lmasa, poyezdning oxirgi vagonlariga
o‘ting. Keta turib barcha eshiklarni mahkam yoping. Yo‘lakka
chiqishdan avval, nafas olish organlaringiz uchun muhofaza
vositasi: suvda namlangan bosh kiyimingiz, sharf, mato
bo‘laklarini tayyorlang. Yong‘in vaqtida vagon devorlariga
qoplangan material - malminit - hayot uchun xavfli zaharli gaz
chiqarishini yodda tuting.
Tashqariga chiqib olgach, zudlik bilan qutqaruv ishlariga
qo‘shiling: zaruriyat bo‘lsa, boshqa kupedagi yo‘lovchilarga
oynani sindirishda yordamlashing, jabrlanganlarni tashqariga
olib chiqing va h.k.
Avariya vaqtida yonilg‘i to‘kilib ketgan bo‘lsa, poyezddan
xavfsiz masofaga uzoqlashing, yong‘in yoki portlash hodisasi
sodir bo‘lishi mumkin.
Tok o‘tuvchi sim uzilib, yerga osilib qolgan bo‘lsa, undan
sakrab-sakrab yoki qisqa qadamlar bilan uzoqlashing. Elektr
toki yer yuzasi bo‘ylab uzatiladigan masofa 2 metrdan (quruq
yer) 30 metrgacha (nam yer) bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |