Ammiak bilan zaharlanganda birinchi tibbiy yordam:
1. Fuqaro gazniqoblariga qo‘shimcha DPG-3 patronni
ulang.
2. Zudlik bilan zararlanish maydonidan chiqing.
3. Ko‘z, nafas yo‘llari va badanning ochiq joylarini ichimlik
sodasining 2%li eritmasida yuving.
4. Zaharlanuvchiga issiq sut berib, yotqizib qo‘ying.
5. Zaruriyat tug‘ilsa, novshadil spirti hidlatib, «og‘zidan
og‘izga» usulida sun’iy nafas oldiring va yurakni bilvosita
uqalang.
Kimyoviy zararlanish xavfi tug‘ilganda aholining harakati
Odamlarning kimyoviy zaharlanishi kimyoviy xavfli obyekt
(KXO)larda kuchli ta’sir etuvchi zaharli modda (KTZM)ning
tashqariga chiqib ketishi bilan bog‘liq avariyalar sodir bo‘lganda
119
yoki zaharli moddalar (ZM) qo‘llanilishi oqibatida qisqa vaqt
ichida ro‘y beradi.
Kimyoviy xavfli obyekt – hududida avariya yuz berganida
odamlar, hayvonlar va o‘simliklar yalpi kivyoviy zaharlanishi
mumkin bo‘lgan korxona.
Do'stlaringiz bilan baham: |