Hayot turkumiga oid oilaviy marosim aytimlari
Kurs ishining maqsad va vazifalari
Download 412.67 Kb.
|
Hayot turkumiga oid oilaviy marosim aytimlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining obyekti.
Kurs ishining maqsad va vazifalari. Xalqning eng yaxshi an`analarini, urf-odatlarini, axloqiyta`limiy qarashlarini, milliy va diniy aqidalarini, falsafiy dunyoqarashini, turmush tajribalarini, qadimiy ishonch-e`tiqodlarini o`zida mujassamlantirib kelayotgan folklor namunalarining badiiyatini chuqur o`rganish orqali ajdodlarimiz badiiy tafakkurining rivojlanish tamoyillarini, obrazli nutqning shakllanish jarayonini, badiiy ijodning taraqqiyot bosqichlarini, uning etnopedagogik mohiyatini, tarbiyaviy ahamiyatini, estetik qirralarini talabalarga anglatish bu fanning bosh maqsadini tashkil qiladi.
- talabalarni milliy qadriyatlarga hurmat va sadoqat ruhida tarbiyalash; - o`zbek xalq og`zaki badiiy ijodining janrlar tizimi va tarkibi, poetik turlari, kelib chiqish asoslari, tarixiy taraqqiyoti, ularga xos badiiy-kompozitsion hamda ijro xususiyatlari, obrazlar tarkibiga oid bilim berish; - talabalarni xalq og`zaki badiiy ijodi namunalarini to`plashga va o`rganishga rag`batlantirish; - talabalar tomonidan to`plangan folklor namunalarini chuqur poetik tahlil qilib, ularning obrazlar tarkibini, asosiy motivlarining genezisini ilmiy jihatdan tekshirishga talabalarni jalb qilish va shu orqali ularda tadqiqotchilik ko`nikmasini shakllantirish. Kurs ishining obyekti. Kurs ishining obyekti sifatida Termiz Davlat universiteti kafedrasi, Termiz san’at kolleji, o’quv qo’llanmalar, darsliklar, ilmiy risolalar, maqolalardan iborat. Kurs ishining predmeti. Хаlq qo`shiqlаri – хаlq оg`zаki ijоdi sаn`аtining kеng tаrqаlgаn jаnri sifаtidа. Qo`shiqlаrning jаnr хususiyatlаri. Хаlq qo`shiqlаrining mаvzugа ko`rа tаvsifi. Mаrоsim qo`shiqlаri vа ulаrning turlаri. Mаrоsim qo`shiqlаrining hаyotiy аsоslаri. O`lаn, lаpаr, yor-yorlаr, аllа vа ulаrning ijrоsi. Mаrsiyalаrdа mеhnаtkаsh оmmаning dunyoqаrаshi, psiхоlоgiyasi vа estеtik tаfаkkurlаrining аks etishi. Mаrsiyalаrdа ichki kеchinmаlаr vа his-tuyg`ulаrning ifоdаlаnishi. Tаriхiy qo`shiqlаr. Qo`shiqlаrning bаdiiy хususiyatlаri. Qo`shiqlаrning mа`rifiy vа tаrbiyaviy аhаmiyati. Turkiy хаlqlаr mifоlоgiyasi. Mif (аsоtir) аtаmаsi. Miflаr jаmiyat tаfаkkurining bаdiiy in`ikоsi sifаtidа. “Аvеstо”ning mifоlоgik аsоslаri. O`rхun-Enаsоy bitiklаridа fоl`klоr mоtivlаri. Turkiy kitоbiy dоstоn vа nаsriy аsаrlаr (“O`g`uznоmа”, “Kitоbi dаdаm Qo`rqut”, “Qutаdg`u bilig”, “Hibbаtu-l-hаqоyiq” “Qissаi Rаbg`uziy”)dа fоl`klоr аn`аnаlаri. Tоtеmizm, fеtishizm, аnimizm tushunchаlаri. Miflаrdа хаlq e`tiqоdlаrining ifоdаlаnishi. Mаrоsim fоl`klоri. Milliy urf-odatlarimiz va mаrоsim fоl`klоri. Mаvsumiy marоsim fоlklоri va oilaviy-maishiy mаrоsim fоlklоri. Folklor asarlarda o‘z aksini topgan dunyoqarash, qadriyatlar yosh avlodni har tomonlama bilimli, ma’naviy jihatdan yetuk etib tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi. Zero, xalq og‘zaki ijodi ma’naviy taraqqiyotning asosiy tarixiy ildizlaridandir. Har bir xalqning og’zaki ijodi o’sha xalqning fe’l-atvori, estetik didi, ruhiyati, urf-odat va an’analari, orzu-intilishlari, geografik sharoiti va tabiatini aks ettiruvchi o’ziga xos ko’zgudir. Biz ana shu ko’zgu vositasida olamshumul ezgu niyatlar, insoniy fazilatlar, yovuzlik, zulm, adolatsizlikka qarshi nafrat tuyg’ularini ko’ramiz. Shunday ekan, xalqimizning qalb qo‘ri, yuksak aql-zakovati bilan asrlar davomida yaratilib, avloddan-avlodga o‘tkazib kelingan folklor namunalarini ham o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Mazkur kurs ishida O’zbek xalq og’zaki ijodining oilaviy marosim aytimlaridan foydalnilgan. Bu marosimlar qadimdan to hozirgacha amal qilinib, qilinadigan o’zimizga yarasha udumlar hisoblanadi. Bu marosimlar oilaviy, ya’ni to’y – tomosha, aza-marakalarda qo’llaniladigan jarayon hisoblanadi. Mazkur kurs ishida siz yaqqol amin bo’lasiz bizning qadimiy oilaviy marosimlarizga va hozirda ham ular mavjuddir. Download 412.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling