Hayot turkumiga oid oilaviy marosim aytimlari
Download 413.84 Kb.
|
SirojiddinKirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa Foydalangan adabiyotlar ro`yxati Ilovalar KIRISH Kurs ishining dolzarbligi.
- Kurs ishining maqsad va vazifalari.
- I.Hayot turkumiga oid oilaviy marosim aytimlari
- 1. 1 .Marosim qo’shiqlarining ijtimoiy hayotda tutgan o`rni.
- 1.2. Oilaviy marosim qo`shiqlarning turi, mazmuni va kuy ohang tuzilishi.
- 1.2.Oilaviy marosim qo`shiqlarining turi, mazmuni va kuy ohangning tuzilishi
- II.Musiqa ta`limi jarayonida oilaviy marosim qo`shiqlarini o`rganishni To’garak va milliy bayramlar asosida amalga oshirish
- 2.1. Marosimlarning ijtimoiy – etnografik mohiyati va g`oyaviy-estetik vazifalari hamda turlari.
- Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati .
MUNDARIJA KIRISH………………………………………………………………… I. Hayot turkumiga oid oilaviy marosim aytimlari……………………… 1.1. Marosim qo`shiqlarining ijtimoiy hayotda tutgan o’rni…………… 1.2. Oilaviy marosim qo`shiqlarining turi, mazmuni va kuy ohangning tuzilishi II. Musiqa ta`limi jarayonida oilaviy marosim qo`shiqlarini o`rganishni To’garak va milliy bayramlar asosida amalga oshirish…………….. 2.1. Marosimlarning ijtimoiy – etnografik mohiyati va g`oyaviy-estetik vazifalari hamda turlari. 2.2. Oilaviy- maishiy marosimlarning ijtimoiy-etnografik mohiyati
Birinchi Prizdentimiz I.A.Karimov sog`lom avlodni tarbiyalab voyaga yetgazish borasida bunday degan edilar: “Sog`lom kishi deganda faqat jismoniy sog`lomlikni emas, balki sharqona va umumbashariy g`oyalar ruxida kamol topgan insonni tushunamiz” / I.A.Karimov o`zbekiston siyosiy – ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari, 57bet /. Xaqiqatdan xam barkamol inson deganda yosh avlodni tabiat, jamiyat vaqidagi bilimlar bilan qurollantirish, o`z bilimini aql- zakovatini respublikamiz istiqboli yo`lida ishlatishga o`rgatish, ota bobolarimiz an`analarga va madaniy merosimizga xurmat bilan qarash, namunali axloq-odobga ega insonni tarbiyalab yetishtirish ko`zda tutiladi. Yangilanish davrida barcha soxalar qatori xalq ta`limi tizimining ham yo’nalishini belgilash “Ta`lim to’g`risidagi “Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” orqali amalga oshirmoqga chunki sobiq savet tuzumi davrlariga ta`lim bilan tarbiya sohasida uyg`unlik buzilib ular o`rtasida nomutanosiblik xosil bo`lgan edi. Ta`lim tarbiya mazmunini yangilashning muhim tamoni milliy istiqlol mafkurasida umumbasharie qadriyatlar ustivorligini t`aminlagan xolda milliy qadriyatlarga suyanib ijtimoiy voqeallikka yangicha qarab yagicha tafakkurni qaror tanttirishdan iborad. Shunga ko`ra maktabga musiqa ta`lim jarayonida oilaviy marosim qo`shiqlarini o`rganish ham nazariy ham amaliy axamiyatga ega. Yosh avlodni xar tomonlama komil inson bulib shakllanishiga barcha fanlar qatori musiqaning ham o`rni aloxidadir. Yuqorida qayd qilib o`tilgan ilmiy xulosalarga asoslangan holda biz “Musiqa madaniyati darslariga oilaviy marosim qo`shiqlarini o`rganish” mavzusini tadqiq etishga jazim etdik. Zero milliy qadriyatlarimiz xisoblanishi xalq musiqamiz janrlarini o`rganishi u orqali yoshlarga milliy g’uror xis-to`yg`ularini shakillantirish pedagogika fanining dolzarb vazifalaridan biridir. O`z tabiati milliy musiqa bu borada eng ta`sirchan vositalaridandir. Kurs ishining maqsad va vazifalari. Xalqning eng yaxshi an`analarini, urf-odatlarini, axloqiyta`limiy qarashlarini, milliy va diniy aqidalarini, falsafiy dunyoqarashini, turmush tajribalarini, qadimiy ishonch-e`tiqodlarini o`zida mujassamlantirib kelayotgan folklor namunalarining badiiyatini chuqur o`rganish orqali ajdodlarimiz badiiy tafakkurining rivojlanish tamoyillarini, obrazli nutqning shakllanish jarayonini, badiiy ijodning taraqqiyot bosqichlarini, uning etnopedagogik mohiyatini, tarbiyaviy ahamiyatini, estetik qirralarini talabalarga anglatish bu fanning bosh maqsadini tashkil qiladi. - talabalarni milliy qadriyatlarga hurmat va sadoqat ruhida tarbiyalash; - o`zbek xalq og`zaki badiiy ijodining janrlar tizimi va tarkibi, poetik turlari, kelib chiqish asoslari, tarixiy taraqqiyoti, ularga xos badiiy-kompozitsion hamda ijro xususiyatlari, obrazlar tarkibiga oid bilim berish; - talabalarni xalq og`zaki badiiy ijodi namunalarini to`plashga va o`rganishga rag`batlantirish; - talabalar tomonidan to`plangan folklor namunalarini chuqur poetik tahlil qilib, ularning obrazlar tarkibini, asosiy motivlarining genezisini ilmiy jihatdan tekshirishga talabalarni jalb qilish va shu orqali ularda tadqiqotchilik ko`nikmasini shakllantirish.
Turkiy хаlqlаr mifоlоgiyasi. Mif (аsоtir) аtаmаsi. Miflаr jаmiyat tаfаkkurining bаdiiy in`ikоsi sifаtidа. “Аvеstо”ning mifоlоgik аsоslаri. O`rхun-Enаsоy bitiklаridа fоl`klоr mоtivlаri. Turkiy kitоbiy dоstоn vа nаsriy аsаrlаr (“O`g`uznоmа”, “Kitоbi dаdаm Qo`rqut”, “Qutаdg`u bilig”, “Hibbаtu-l-hаqоyiq” “Qissаi Rаbg`uziy”)dа fоl`klоr аn`аnаlаri. Tоtеmizm, fеtishizm, аnimizm tushunchаlаri. Miflаrdа хаlq e`tiqоdlаrining ifоdаlаnishi. Mаrоsim fоl`klоri. Milliy urf-odatlarimiz va mаrоsim fоl`klоri. Mаvsumiy marоsim fоlklоri va oilaviy-maishiy mаrоsim fоlklоri. Folklor asarlarda o‘z aksini topgan dunyoqarash, qadriyatlar yosh avlodni har tomonlama bilimli, ma’naviy jihatdan yetuk etib tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi. Zero, xalq og‘zaki ijodi ma’naviy taraqqiyotning asosiy tarixiy ildizlaridandir. Har bir xalqning og’zaki ijodi o’sha xalqning fe’l-atvori, estetik didi, ruhiyati, urf-odat va an’analari, orzu-intilishlari, geografik sharoiti va tabiatini aks ettiruvchi o’ziga xos ko’zgudir. Biz ana shu ko’zgu vositasida olamshumul ezgu niyatlar, insoniy fazilatlar, yovuzlik, zulm, adolatsizlikka qarshi nafrat tuyg’ularini ko’ramiz. Shunday ekan, xalqimizning qalb qo‘ri, yuksak aql-zakovati bilan asrlar davomida yaratilib, avloddan-avlodga o‘tkazib kelingan folklor namunalarini ham o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Mazkur kurs ishida O’zbek xalq og’zaki ijodining oilaviy marosim aytimlaridan foydalnilgan. Bu marosimlar qadimdan to hozirgacha amal qilinib, qilinadigan o’zimizga yarasha udumlar hisoblanadi. Bu marosimlar oilaviy, ya’ni to’y – tomosha, aza-marakalarda qo’llaniladigan jarayon hisoblanadi. Mazkur kurs ishida siz yaqqol amin bo’lasiz bizning qadimiy oilaviy marosimlarizga va hozirda ham ular mavjuddir. I.Hayot turkumiga oid oilaviy marosim aytimlari O`zbek xalqining musiqa madanyati ko`p asarlik tarixga ega, ko`pgina sozanda va xonandalar avlodining faoliyatida qaror topgan xalq xamda o`g`zaki an`anadagi professional musiqa san`ati bu xalqda rivojlik beradi. Moddiy madanyat yodgorliklarining tasdiqlashicha. Bugungi o`zbekiston xududida markaziy osiyo xalqlarining ajdodlari yaratgan qadimgi sivilizatsiya mavjud bo`lgan. Arxeologiya malumotlari XX asr boshlarida ashxobot yaqinida popeshni ekspedetsyasi tomonidan olib borilgan qozilmalar M.I.Masson S.P.Tolstof va boshqalar raxbarligida sobiq sovet davrida janubiy Turkmaniston, Xorazm, quyi Zarafshonda olib borilgan arxeologik ishlari shuni ko`rsatadiki, oramizdan bir necha ming yillar ilgari xam O`rta Osiyo territoriyasida yuqori darajada rivojlangan madanyat mavjud bo`lgan. O`zbek xalqi ajdodlarining musiqa sarchashmalari markaziy Osiyo xududida yashagan qarindosh xalqlar, birinchi navbatda tojik xalqi ijodi bilan mustaxkam bog`langan. Bu musiqa asarlari X- Xl asrgacha / ya`ni bu xalqlar chegaralangunlarigacha o`zida bir butunlikni ifoda etdi, keyinchalik u o`zbek va tojik musiqa madanyatlarining shakillanishi uchun umumiy asos bo`lib xizmat qildi. Markaziy Osiyo xalqlari hayotida tarixiy chegaralanish bosqichi taxminan bizning eramizgacha bo`lgan birinchi ming yillikdan boshlanadi. Bolar o`troq dehqonlar sug`diylar, baqteriyaliklar, xorazmiylar kabilar edi. Ular haqidagi ma`lumotlar avestoda ham uchraydi. Xalq poetik va musiqa san`atining boshlanishi uning davrlariga borib taqaladi. Xalq poetik va musiqa san`ati dastlab sinkretik halatda bo`lganligini Avesto kitobi va boshqa qadimgi oydgorliklar, shuningdek, Markaziy Osiyo xalqlarining bizgacha bo`lgan turmushi, ularning urfodatlari, to`y-tomoshalarning elementlari guvohlik beradi. Buni arxeologiya, etnografiya va boshqa fanlar ham tasdiqlaydi. Urug`chilik jamiyatining emirilishi va sinfiy jamiyatga o`tishi, Baqteriya, Sug`diyona va Xorazmda davlatlarning paydo bo`lishi, ahmoniylarning harbiy ma`muriy jihatdan birlashuvlari, Aleksandr Makedonskiy davlati, Grek-Baqteriya davlatining paydi bo`lishi eramizdan oldingi VII asrdan eramizning IV asrigacha bo`lgan jyda katta tarixiy davrni o`z ichiga oladi. Budavr epik xarakterli mifologik qahramonlik ustun bo`lgan qadimgi musiqali poetik ijodning yuzaga kelishi bilan mashhurdir. Bu davrlarda xudolarga si8g`inish bilan bog`liq bo`lgan turli xil marosimlarda qo`shiq aytilgan. (Bu haqda Avestoda bayon etilgan) Masalan, muqaddas olov atrofida qo`shiq aytilgan, raqs tushilgan. Xalq og`zaki musiqa ijodi folk`lor xalq badiiy faoliyatining tarkibiy qismi, xalq musiqa san`atining boshqa tutlaridan tarkibiy qismlari va o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Mehnatkash omma tomonidan yaratilib, xalqning talantli vakllari ijrisoda sayqal topib, avloddan – avlodga o`tib kelayotgan badiiy musiqiy asarlar o`zbek xalq musiqa ijodini tashkil etadi. “Folklor terminini birinchi marta XIX asr tadqiqotchisi Vil`yam Toms tomonidan 1846 yilda qullanilgan bo`lib xalq bilimi, xalq donoligi, xalq donishmandligi demakdir. Folklor asarlarida musiqa, raqs, teatr san`ati elementlari qo`shilib ketadi, shu sababli folklor sinkretik san`at deyiladi. Ayni vaqtda folklor asarlari san`atning boshqa turlaridan o`ziga xos xususiyatlari bilan farq qiladi. Folklorda so`z, kyu va ijro birligi doimo saqlanadi. Xalq og`zaki ijodi uzoq davrlardan beri tarixning yuldoshi, uning chinahkam aks sadosi bo`lib kelgan. U tarixiy voqealarni xalq tushunchasi nuqtai nazaridan, mehnatkash xalq pozitsiyasidan kelib chiqib, badiiy shakllarda baholaydi. Xalq ijodini o`rganuvchi fan folklorshunoslik deb yuritiladi. Bundan tashqari, folklor asarlari bilan bir qancha fanlar shug`ullanadi: tarixchilar - tarixiy voqealarni xalq og`zaki ijodida qanday aks etganligini o`rganadi: etnograflar – urug`chilik jamiyatining emirilishi va sinfiy jamiyatfa o`tish, Baqtriya, Sug`diyona va Xorazmda davlatlarning paydo bo`lishi, axmoniylarning harbiy ma`muriy jihatdan birlashuvi, Aleksandr Makedonskiy davlati, Grek Baqteriua podsholigining vujudga kelishi ermizdan oldingi VII asrdan to eramizning IV asrigacha bo`lgan juda katta tarixiy davrni o`z ichiga oladi. Bu davrda epik xarakterni mifologik qaxramonlik ustun bo`lgan qadimgi musiqali poetik ijodining yuzaga kelishi bilan mashxurdir. 1.1.Marosim qo’shiqlarining ijtimoiy hayotda tutgan o`rni. Bu vaqtlatda xudolarga sog`inish bilan bog`liq bo`gan turi xilo marosimlarda qo`shiq aytilgan (Bu xaqda avestoda bayon etilgan) Masalan: muqaddas olov atrofida qo`shiq aytilgan, raqs tushilgan. Xaql og`zaki musiqa ijodi falklor xalq badiy faoliyatining tarkibiy qismi, xalq musiqa san`atining boshqa turlaridan o`ziga xos xususiyatlar bilan ajralib turadigan san`atdir. Mexnatkash omma tomonidan yaratilib, xalqning talantli vakillari ijrosida sayqal topib, avloddan – avlodga o`tib kelayotgan badiy musiqiy asarlar o`zbek xalq musiqa ijodining tashkiletadi. “Folklor” termini birinchi marta XIX asr tatqiqotchisi Vilyam Toms tomonidan 1846 yilda qo`llangan bo`lib, u ikki so`zdan iborat: “Falk” – xalq, lor – bilim, donolik, donishmandlik, yani “xalq bilimi”, “xalq donoligi”, “xalq donishmandligi” demakdir. Folklor asarlarida musiqa, raqs, teatr san`ati elementlari qo`shilib ketadi, shu sababdan falklor sekretik san`at deyiladi. Ayni vaqtda falklor asarlari san`atining boshqa turlaridan o`ziga xos tomonlari bilan farq qiladi. Falklor so`z, kuy va ijro birligi doimo saqlanadi. Xalq og`zaki ijodi uzoq davrlardan beri tarixning yo`ldoshi uning chinakam aks sadosi bo`lib kelgan. U tarixiy voqealarni xalq ommasining tushunchasi nuqtae nazaridan, mexnatkash xalq pozetsyasidan kelib chiqib, badiy formalarda baxolaydi. Xalq ijodini o`rganuvchi, tekshiruvchi fan folklorshunoslik deb yuritiladi. Bundan tashqari, falklor asarlari bilan bir qancha fanlar shug`ullanadi: tarixchilar tarixiy voqealarning xalq og`zaki ijodida qanday aks etganini o`rganadi: etnogroflarni xalqning urf – odatlari qiziqtiradi; san`atshunoslar esa folklordagi musiqa, raqs, o`yin, xoregrafiya va boshqalarni o`rganadilar; tilshinoslar xalq ijodi tilining laxja va dealektlari bilan, adabiyotshunoslar folklor asarlarining yozuv adabiyoti bilan munosabatlarini tekshiradilar. O`zbek musiqa falklor xor qanday xalq ijodi kabi mexnatkashlarning fikri, orzu – umudlari, ularning turmushi va axloqi, sotsial va milliy ozodlik uchun kurashning ifodasi sifatida gavdalanadi. O`zbek xalq musiqasining mavzu jixatidan serqirraligi, janrlarga boyligi va xayotda tutgan o`rnining xilma – xilligi va cholg`u musiqasi janrlari o`zi bajaradigan funksiyasi va turmushda tutgan o`rniga muofiq ikki guruhni tashkil etadi. 1. Malum vaqt yoki malum sharaitdagina ijro etiladigan qo`shiq – ashulalar va choqg`u kuylari. bular oilaviy marosim qo`shiqlari, mexnat qo`shiqlari, allalar va boshqalar hamda xar xil tantana tomosha kabi marosimlarda ijro etiladigan cholg`u kuylardir. 2.Istagan vaqtda va xar kunday sharoitda, ya`ni xamma joyda ijro etiladigan qo`shiq va cholg`u kuylar, ularga o`zbek xalqining ananaviy musiqali folklor janirlar – terma / yoki chublama /, qo`shiq / tor ma`noda /, lapar, yalla va ashula, shuningdek, xuddi ularga o`xshash turdagi cholg`u pesalar kiradi. Xar bir guruh o`ziga xos xarakterli belgilarga ega. Masalan ijro etilishi ma’lum vaqt yoki sharaitini taqazo qiladigan birinchi guruh ashula – qo`shiq janirlarining mavzusi o`zlariga xos ma`lum marosim yoki boshqa vaziyat bilan bog`liq bo`lib, undan deyarli chetlashmasligi bilan ajralib turadi. Quyida biz birinchi guruh qo`shiqlar turkumiga kiradigan oilaviy marosin qo`shiqlari ustida to`xtalamiz. O`zbek xalq og`zaki ijodida qo`shiqlar salmoqli o`rin egallaydi. Qo`shiq atamasi turkiy “Qo`shmoq” fe`lininf o`zagidan yasalgan bo`lib, misraga misrani qo`shib kuylash, aytish manolarini anglatadi va bu atama ikki manoda qo`llanadi. Keng manoda u og`zaki shrika turini anglatadi va bu mano, yani she`riyat, qoshda, qo`shiq manolari Maxmud qashgariyning “Devonu lug`atit turk” asarida xam qayd etilgan. Qo`shiqning mustaqil janr atamasi esa asarda ufodalangan mazmunga, qo’shiqning ijro o`rni, tarzi va funksiyasiga qarab turli sifatlovchilar bilan birgalikda nomlanadi. Marosim qo`shiqlari xalq qo`shiqlari orasida eng qadimiy xisoblanadi. Eng qadimgi marosim qo`shiqlari vazn, qofil va boshqa poetik shakillari etibori jixatidan mukammal uyushmagan, so`zlar xam ongli tarzda kuylab qo`llanilmagan bir shakilda bo`lib, ular ko`proq marosim jarayonida muayyan xarakat ritmiga mos keluvchi undov. Xitob va nidolar xarakteridagi poetic parchalardan iborat tuzilishga ega bo`lgan. Shunga qaramay, bunday parchalar, tomondan, marosim jarayonida uyushtirilgan haraktni bir meyorda ushlab turish uchun xizmat qilgan bo`lsa, ikkinchi tomondan, ular marosim paytida kelishuvlarga ma`lum darajada ruhiy ko`tarinkilik ham bag`ishlagan. Binobarin, marosim qo`shiqlarning eng qadimiy namunalari garchi bizga qadar etib kelmagan bo`lsa ham, biroq insonning til va ongga ega bo`lgan eng sharafli zot sifatida shakllanishida marosimlarning etakchi rilni bajarganliklariga qarab aytish mumkinki, marosim qo`shiqlari ham ibtidoiy jamoa tuzumining ilk bosqichlaridayoq vujudga kelib, insondagi ong va til taraqqiyotibilan bog`liq holda bevosita marosimlar jarayonida sekin-asta ham shakl, ham mazmun jihatidan taraqqiy etib kelgan. Insonga sihat-salomatlik tilash, uning turmushida to`kin-sochinlik, kundalik hayotida omad keltirish yoki inson hayotining muhim nuqtalarini qayd etish, nishonlash maqsadida maxsus o`tkaziladigan, xalq orasida qat`iy an`anaga kirib qolgan hatti-harakatlar marosim deyiladi. Marosimni o`tkazish paytida ijro etiladigan qo`shiq va aytimlar,o`qiladigan afsun va duolar marosim folklorini tashkil etadi. Kuchli an`anaviyligi, turli-tuman ijtimoiy hodisalarnirasmiylashtirish, tabiat hodisalariga ta`sir o`tkazishga intilish bilan marosimlar ijtimoiy hayotta katta o`rin tutadi. Marosimning rihiy va estetik ta`sir ko`rsatishi, biror ijtimoiy aktni uyushtirish, yunaltirish funksiyalari bevosita hatti-harakat, so`z hamda sehr-jodu qudratiga ega deb hisoblangannarsalar vositasida amal qiladi. O`tkazilash vaqti, o`rni va tarzi funksiyalari va ishtirokchilar guruhi bilan marosim ikki katta qismdan iborat bo`lganligi uchun marosim fol`klori ham ikki qismga bo`linadi. Bular: a)mavsumiy marosimlar fol`klori , b)oilaviy-maishiy marosimlar fol`klori. Oilaviy marosimlarning turlari xam ko`p bo`lib, ular insonga umri davimida yo`ldosh bo`lib keladi. Xususan, o`zbek xalqida beshik to`yi, muchal to`yi, xatna /sunnat/ to`yi nikoh to`yi motam marosimlari kabi oilaviy marosim turlari mavjuddir. Ushbu marosimlar garchan ‘oilaviy” deb atalsa-da, ammo odamda ularda qarindosh – urug`lar, kuni – qo`shiqlari va do`st – birodarlar qatnashishlari mumkinligi evasiga ommaviy tus oladi. 1.2. Oilaviy marosim qo`shiqlarning turi, mazmuni va kuy ohang tuzilishi. Oilaviy marosimlarda musiqa muhim o`rin tutadi. Bunda ham aytim, ham cholg`u musiqasi / so`ngisi motam marosimi uchun istisnodir/ qo`llanib ularning badiiy vazifalari o`zaro farqlidir. Jumladan to`y marosimlarida karnay, sunray nog`ora va doiralardan iborat cholg`u ansambili ishtirok etib, u bir vaqtning o`ziga xam badiy tin glov, xam axborot vosetasini bajaradi. Chunki bu ansambl ijrosidagi jozibali kuy – navolar ko`tarinki kayfiyat tug`diradi, xamda raqs o`yinlariga chorlaydi va unga jo`r bo`ladi. Aytim vositasida esa o`zgacha bo`lgan, lekin muhim vazifa amalga oshiriladiki shu boisdan asosiy diqqat – etiborni shu jihatga qaratamiz. Demak, aytimlar vositasida xar bir marosimlarning maqsadi yuzaga chiqa boshlaydi, boshqacha aytganda, oilaviy marosim aytimlarida shaxsiy va “ ommaviy” tuyg`ular mushtarak etilgan bo`ladi va shuningt bilan alohida ahamyatga molik. Shu bois birinchi galda yig`I aytimini tafsiflab o`tish maqsadga muofiqdir. Yig`i – turli vaziyatlatda yuzaga kelishi mumkin bo`lsa-da, lekin uning janr sifatida xozir bo`lishi asosan oilaviy marosim, xususan motam marosim – ozoda to`liq amalga oshiriladi. Motam marosimi bir yilga qadar etadigan urf – odatlarni o`z ichiga oladiki, bunda yig`i – yo`qloblar ham yil davimida marxumning yaqinlari / asosan xotin – qizlar/ tomonidan aytib turiladi. Yig`ilarga xos belgilar qatorida she`riy misralarning qofiyasiz bo`lishini, ularning mazmuni vaziyatga muofiq badiqa etishini, chanqoq ohanglarni kuy yo`nalishida bo`lishi kabilarni takidlash mumkin. Mazkur yig`i negizida xajmi uch yaktga teng bo`lgan mungle ohang tuzilmasi yotadi. U 3 – bosqich pardasidan boshlanadi. 2 – parda orqali 1- tayanch /lya/ ga kelib tugallanadi. Shuni ham eytish lozimki, yig`i ohanglari oilaviy marosim aytimlarining muhim tasnifiy sifati bo`lib, ijro vaziyatiga ko`ra “ vidolashuv’, “xayrlashuv” sematik – mazmunini anglatadi. Ammo to`y marosimlarida “yig`i” aytimi tabiiy xolda bo`lmay, balki badiiy tus olganligini ko`ramiz. Uning yorqin namunalari nikoh to`yiga oid “Yor- yor”larda uchraydi. Yor – yor qo`shig`i kelinni kiyovnikkiga uzatib borish jarayonida ayollar tomonidan ijro etiladi. Uni aytish vaziyati esa qizning ota uyi, yaqin qarindosh – urug`lari, oila a`zolari bilan xayirlashuvidan. Boshlanib, to kiyov xonadoniga yetguncha qadar davom etadi. Xususan, xalqimiz orasida “Toshkent yor-yor” nomi bilan mashxur aytim kuyi yig`i misolidan ma`lum bo`lgan 3-2-1 pardali kuyi oqim ohangidan unib chiqadi. Aytimning umumiy tuzik tovushqatori mungli oltilik / kichik seksta/ doirasini qamrab olgan bo`lib, bunga 3 – parda tuzukning yarim tayanchi, 1 – parda esa asosiy tayanch tovushi bo`lib usuli raqsbon va ‘sho`x” /o`ynoqi/ usullarga o`lchab – ritmi jixatidan xamohangdir. Nikoh to`yi marosimlarida an`anaviy ijro etib kelinadigan qo`shiqlardan yana biri – “Kelin salim” dir. Kelin salimlarda xazil – mutoyibali goxo nayrovli so`z – iboralarga boy she`riy bandlar qo`llanib, xar bir band “salom’ aytish bilan yakunlanib turadi. Kuy nuqtayi nazaridan qaralganda ularga xam mungli uchlik / 3-2-1 pardali/ ahangi asos bo`lganligi ma`lum bo`ladi. Kelin salomning boshqa ko`rinishlarida xam kuylin ohangi malum variyantlar bilan sadolanadi. Binobarin yor – yor va kelin salomlarning kuy – ohanglari o`zaro mushtarakdir. Alla – oilada yangi tug`ilgan to`ng`ich farzand sharafiga odatda, beshik to`yi marosimi o`tkaziladi xamda shu vaqtdan boshlab chaqaloq xayotida muhim bo`lgan ikki – uch yillik “beshik davri’ boshlanadi. ‘Beshikvaziyati” bilan aytiluvchi qo`shiq ‘alla” yoki “beshikqo`shig`i” deb ataladi. Onalar ijodi bo`lgan bu aytimlarda bolani ovutishga qaratilgan so`z – iboralar, shuninhdek, onaning farzandi haqidagi ezgu niyati bayon etigan to`rtliklar badiha etiladi. Jumladan, “Oq qo`zim”deb boshlanuvchi alla qo`shig`i besh misrali aytimdan iborat bo`lib , uning to`rta misrasi she`r bandiga, beshinchisi esa “alla” naqorat so`ziga muofiq keladi. Bu o`rinda aytim ohang qurilmasi asosida ijod etilgani sezilib turadi. Allaning yana bir turi mavjud bo`lib, u “beshik vaziyati” dan xoli, “sahnaviy” tarzda ijro etiladi. Binobarin, bunday alla sharoitiga muofiq keng nafasli kuy – ohanglari bo`lishi xamda jo`rnavoz so`zlarning qo`llanishi bilan aralib turadi. Maktabda musiqa ta`limi jarayonida oilaviy marosim qo`shiqlarini o`rganishda birgina musiqa darslari bilan kifoyalanib qolmaslik kerak. Demakki musiqiy ta`lim – tarbiyaning faol shakillaridan o`rinli foydalanish joizdir. Xususan dars jarayonidan, yani sinfdan tashqari musiqa tugaraklarida o`quvchilar ansambillarini tuzish va turli xil bayramlarda o`z konsert dasturi bilan ishtirok etishona shunday ahamyat kasb etadi. Shunga ko`ra o`quvchilarning sinfda, yani musiqa darslari jarayonida o`rgangan qo`shiqlarni, olgan bilimlarini chuqurlashtirishi va malakalarini mustaxkamlash ko`p xisobdan sinfdan tashqari vaqtlarda bajarish mumkin bo`lgan musiqa mashg`ulotlari orqali amalga oshiriladi. Musiqa tugaraklari faoliyati xuddi ana shu nuqtai nazardan xam samaralidir. Binobarin undan ko`zlangan maqsad va vazifalar quyidagilarni tashkil etadi: __ O`quvchilarga musiqa vositasida marosim qo`shiqlarga bo`lgan qiziqishlarini tarkib topdirish. __ Musiqa tugaraklari jarayonida va milliy bayramlar asosida o`quvchilarni milliy musiqaga bo`lgan badiy ehtiyojning qondirish. __ O`quvchilarga milliy musiqa orqali ta`lim – tarbiya berish jarayonida zaruriy bilim va malakalarni shakillantirish. Bunday tadbirlarning zamirida o`ziga xos musakkablik mavjud. Ular musiqa tugaraklari va milliy bayramlarni tashkillashtirish uchun zarur bo`lgan darslar va qo`llanmalardan tartib va ijrochilar uchun cholg`ular kiyim libosini xozirlashdan iboratdir. Maktabda qo`shiqchilik tugaraklarini tashkillashtirishda avvalom bor maxsus shart – sharoit va imkoniyatlar yaratiladi. Bunda ansambil mashg`ulot uchun maxsus xona ajratiladi, texnik vosetalar xozirlanadi. Oilaviy marosimlarni madx etuvchi vedio va audio kasetalar albatta bo`lishi shart, shu bilan birga, xonani maqsadga muofiq bo`lgan yana turli boshqa anjom va bezaklar bilan jixozlash mumkin. Bunday tadbirlarni amalga oshirishda tugarak a`zolarini faol qatnashuvini taminlash lozim, zeroki bu o`quvchilarni yana maqsad va do`stona ijodiy jamoaga birlashtirish uchun katta tarbiyaviy ahamyatga egadir. Badiiy raxbar tugarak mashg`ulotlarini o`tkazar ekan, o`quvchilarga xar tomonlama bilim berishga, o`rganilayotgan xar bir qo`shig`ining tub manosini anglab yetishga e`tiborini qaratilganligi muhimdir. Bunga xususan, o`rganilishi kerak bo`lgan musiqiy asarlarning tarbiyaviy axamyati qo`shiqlardagi xalqimizning orzu – istaklari, dunyoqarashi xis tuyg`ularini o`quvchilar ongiga singdirishda dastlab eng oddiy usullardan kichik – kichik xonishdagi xalq qo`shiqlarini o`rganishdan boshlamog`i muximdir. Shu bilan birga qo`shiqni buzmasdan to`g`ri aytishga o`rgatish ashula aytish ko`nikmalarini asta – sekin mustaxkamlay boorish o`quvchilarning o`zlari kuylaganda o`z tuyg`ularini ifoda qila olishlari juda muximdir. O`qituvchi mashg`ulot davomida xar bir o`rganilayotgan qo`shiqning mazmuni bilan muntazam ravishda tanishtirib borish lozim. Aylansiy yor, aylansin Qoshlari qora aylansin Shaftalizor ichida Bodom qovoq aylansin Yaqqu – yaqqu, yaqqu – yaqqu , Yaqqu – yaqqu, yaqqu – yaqqu. O`qituvchi o`quvchilarga qoshiqni o`rgatish jarayonida ashula ohangiga quloq solishni , qo`shiqni qichqirmasdan , ifodali qilib aytishga xarakat qilishlikni o`rgatadi. Qo`shiqning mazmuni bilan tanishtiradi . Yurtimizda bugungi kunda xalqimiz tomonidan yaratilgan ko`plab marosim qo`shiqlari xar – xil falklor tanlovlari ko`riklari va madaniy xayotimizda to`g`ridan - to`g`ri yoshlarimiz tomonidan ijro etib kelinmoqda. Ana shunday marosim qo`shiqlaridan biri xalqimiz tomonidan to`ylarda bazimlarda ijro etib kelinayotgan kuy qo`shiqlaridir. 1.2.Oilaviy marosim qo`shiqlarining turi, mazmuni va kuy ohangning tuzilishi Bu qo`shiqlarda xalqimizning qadimgi xis tuyg`ularini , to`y marosimlarda kelin va kuyovga , xatna to`ylarida esa to`y bo`ladigan o`spiringa nisbatan xazil – mutoyiba bilan sug`orilgan yoqimli ohanglarni aks etganini ko`ramiz. Bu kabi qo`shiqlarda yoshlik ,go`zallik ramzi , xazil – mutoyba va parvozli so`zlar maxsus letillarda vosop etiladi. O`qituvchi bu kabi qo`shiqlar orqali o`quvchilarni go`zallikka bo`lgan o`rop - odatlarimizga bo`lgan Bu tanga bo`lgan muxabbat xis tuyg`ulari shakillantiradi. Go`zallikka, o`rf-odatlarimizga, Vatanga bo`lgan muhabbat tuyg`ularni shakillantirishga milliy bayramlarimizning ahamyati juda kattadir. Bu bayramlarda o`zbek xalqining asrlar davomida shakllanib keigan betakror mavsum va marosimlar bilan bog`liq bo`lgan guzal mazmunli va shaklan milliy urf – odatlarini namoyish etish orqali, o`quvchilarning axloqiy madaniyatini, vatanparvarlik tuyg`ularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki maktabda bayramlarga tayyorgarlik ko`rish va uni utkazish o`qituvchi hamda o`quvchilardan ma`lum darajada madaniyatli bo`lishni talab etadi. Shuni aytish kerakki, o`zbek xalqi tarixi va hayotida bayramlar ko`plab mavjud. Bular mehnat, madaniyat, oilaviy, diniy yunalishlargaega bo`lgan bayramlardir. Mamlakatimizda mustaqillik shabadalari esa boshlagan dastlabki kunlardanoq xalqimizning madaniy-ma`naviy merosiga, milliy qadriyatlariga chuqur e`tibor qaratila boshladi. Shuni aytish kerakki, dunyodagi hamma mamlakatlarda bayramlar ko`p, ammo mustaqillik, istiqlol, ozodlik tufayli O`zbekiston o`z xalqining, o`z millatining o`z taqdirini qo`lga kiritdi. Mustaqillik bayramining ahamiyatini so`z bilan ifoda etish qiyin. Uni har bir o`quvchi yuragidan his etishi lozim. Chunki mustaqillik bayrami xalqimiz uchun eng muhim bayramdir. O`zbekiston mustaqilligini asosiy ona diyor, ona xalq, ona tilini sevish, ulug`lash,asrab avaylash tuyg`usi tashkil etadi. Inson o`z Vatanida kamol topar ekan, Vatanga muhabbat tuyg`usi bilan yashaydi. Shining uchun ham har bir o`qituvchi o`quvchilarga muswtaqil O`zbekiston, uning bayrog`i, gerbi, madhiyasi, konstitutsiyasi haqida ma`lumot berishiva ularni elim deb , halqim deb yashashga da`vat etishi lozim. Ona-Vatanga bo`lgan muhabbat, uni urf-odat va marosimlarini sevish, e`zozlash hamda uning ravnaqiga har bir o`quvhcining o`z hissasini qo`shishga erishish muqaddas burchidir. Mustaqillik bayrami kechalarini o`tkazishda dasturning mazmuni va tuzilishiga qarab milliy va zamonaviy qo`shiqlar , sherlar , raqslar galma – gal ijro etiladi. O`zbekiston mustaqilligi bayramini jozibali va qiziqarli o`tishi , o`quvchilarni onadiyorga milliy urf – odatlarga , milliy qo`shiqlarga o`zbek xalqiga bo`lgan mexr – muxabbatni oshuradi. Xulosa qilib shuni aytish kerakki , Navruz, mustaqillik kuni , O`zbekiston konustitutsyasi “Mexrijot” bayramlari bilan bir qatorda respublikamizda “xosil bayrami”, “paxta bayrami”, “xovli to`yi”, ramazon va qurbon xayiti bayramlarini qilish qobilyatini o`tkazish odat tusiga kirgan. Bu bayramlarga ijro etiladigan barcha musiqiy kuy va qo`shiqlar qatorida oilaviy marosimlar bilan bog`liq qo`shiqlarni ijro etilishi avvalombor o`zining tarbiyaviy axamyati bilan bir qatorda, o`quvchilarimizni milliy an`analarimizdan xabardor qiladi , tarixiy obedalarga , bobolari ruxi ufurib turgan asari – atiqalarga xurmat ila munosabatga bo`lishlikka undaydi. Kelajagimiz bo`lgan yosh avlod milliy , qadriyatlarimizni qadrlashga undaydi, ularni vatanga muxabbat ruxida tarbiyalaydi. Marosim inson hayotidagi muhim voqеalarni nishonlashga qaratilgan, rasmiy va ruhiy vaziyatda o’tadigan, o’z ramziy harakatlariga hamda maxsus aytim-qo’shiqlariga ega hayotiy tadbirdir. Marosimlar an`anaviy xaraktеr kasb etadi. Har bir marosim o’ziga xos tuzilishga ega. Marosimlar ijtimoiy hayotning tarkibiy qismi sifatida undagi taraqqiyotning muntazam shakliy o’zgarishlari bilan uzviy bog’liq holda rivojlanib boradi. Shuning uchun ijtimoiy hayot talablariga javob bеrmaydigan ba`zi marosimlar yoki ularga xos ayrim unsurlar asta-sеkin unutila boshlanadi yoxud davr mazmuniga muvofiq yangi, zamonaviy marosimlar paydo bo’ladi. Marosimlar kishilarning ma`naviy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan ma`naviy hayot qadriyatlari sirasiga kiradi. Insonga sihat-salomatlik tilash, uning turmushida to’kin-sochinlik, kundalik hayotida omad kеltirish yoki inson hayotining muhim nuqtalarini qayd etish, nishonlash maqsadida maxsus o’tkaziladigan, xalq orasida qat`iy an`anaga kirib qolgan hatti-harakatlar majmuidan iborat holda tashkil topgan tadbir marosim dеyiladi. Marosimni o’tkazish paytida ijro etiladigan qo’shiq va aytimlar, o’qiladigan afsun va duolar marosim folklorini tashkil etadi. Ular marosimning vеrbal qismi sanaladi. Kuchli an`anaviyligi, turli-tuman ijtimoiy hodisalarni rasmiylashtirishi, tabiat hodisalariga ta`sir ko’rsatishga intilishi bilan marosimlar ijtimoiy hayotda katta o’rin tutadi. Marosimning ruhiy va estеtik ta`sir ko’rsatishi, biror ijtimoiy aktni uyushtirish, yo’naltirish vazifalari bеvosita xatti-harakat, so’z hamda sеhr-jodu qudratiga ega dеb hisoblangan narsalar vositasida amal qiladi. O’zbеklar marosimlarga boy xalqdir. Xalqimizning ijtimoiy-madaniy hayotini marosimlar bilan uzviy bog’liq bo’lgan an`ana, urf-odat va bayramlarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Ular turmushning alohida shakli hamda hayotning tarkibiy qismi sifatidagina namoyon bo’lib qolmaydi, balki har bir xalqning o’ziga xosligi, bеtakrorligini ifodalovchi milliy mеntalitеtini, binobarin, xalqning tarixan shakllangan milliy ruhiyatining asosini tashkil etadi, til va tеrritorial yaxlitlik singari uning millat sifatidagi qiyofasini bеlgilaydi. «Bayram», «odat», «an`ana» kabi so’zlar «marosim» tushunchasi bilan bеvosita bog’liq. An`ana – o’ziga xos ijtimoiy hodisa bo’lib, kishilarning ongida, hayotida o’z o’rnini topgan, avloddan – avlodga o’tadigan, takrorlanadigan, hayotning barcha sohalarida (umum yoki ma`lum guruh tomonidan) qabul qilingan tartib va qoidalar silsilasidir. II.Musiqa ta`limi jarayonida oilaviy marosim qo`shiqlarini o`rganishni To’garak va milliy bayramlar asosida amalga oshirish Odat (urf-odat) – kishilarning turmushiga singib kеtgan, ma`lum muddatda takrorlanib turuvchi, xatti-harakat, ko’pchilik tomonidan qabul qilingan xulq-atvor qoidalari, ko’nikmalari. Masalan, kichiklarning kattalarga salom bеrishi, erta turib uy-hovlini tartibga kеltirib qo’yish, mеhmonlarga alohida hurmatda bo’lish, bayram arafasida kasal, ojiz, qiynalganlar holidan xabar olish, yordam lozim bo’lganlarnikiga hasharga borish kabilar o’zbеk xalqining eng yaxshi milliy odatlari hisoblangan. Agar an`ana ijtimoiy hayot, mеhnat, madaniyatning hamma sohalariga xos bo’lib, hodisalarning juda kеng doirasini qamrab olsa, odat ijtimoiy hayotning ma`lum sohalarida, ya`ni kishilar turmushi, mеhnati, hulq-atvori, muloqoti va oilaviy munosabatlarida ko’proq mavjud bo’ladi. «Odat» dеgan tushuncha psixologiyada ham mavjud bo’lib, u ma`lum sharoit ta`sirida vujudga kеlib, kishining haraktеrida mustahkamlanib qolgan va kеyinchalik o’z-o’zidan bajariladigan harakat ma`nosini bildiradi. Marosim - bu ko’pincha an`ana va urf-odatning tarkibiy qismi bo’lib, asosan, rasmiy va ruhiy ko’tarinkilik vaziyatida o’tadi, o’zining umum qabul qilgan ramziy harakatlariga ega. Masalan, aqiqa – ism qo’yish marosimi, nikohdan o’tish marosimi, dafn qilish marosimi, xotirlash marosimi, ekishga kirishish (urug’ qadash) marosimi, o’rimga kirishish marosimi va hokazolar. Odatni kundalik hayotning turli vaqtida uchratish mumkin bo’lsa, marosim esa inson hayotidagi muhim hodisalar sodir bo’lganida vujudga kеladi. Uning asosiy burilish daqiqalarini (masalan, tug’ilish, uylanish, o’lish kabilarni) qayd etadi, rasmiylashtiradi. Marosimning avloddan-avlodga o’tadigan ramziy va rasmiy harakatlari, qoidalari mavjud. Marosimga, bo’layotgan voqеaga «guvoh» sifatida odamlar chaqirilgan, ular dardga yoki quvonchga shеrik bo’lishgan, yorqin kеlajak uchun niyatlar qilishgan. har bir marosimning o’ziga xos umum qabul qilgan tuzilishi (boshlanishi, o’rtasi, oxiri) bo’ladi. Ko’pincha an`ananing tarkibiy qismi-odat, odatning muhim bir bo’lagi-marosim bo’ladi. Shu sababli inson hayotida bo’lib o’tayotgan muhim voqеani turmushda burilish yasaydigan katta «nuqtalar»ni nishonlash jarayonida ham an`ana, ham odat, ham marosim o’zaro uyg’unlashgan holda sodir bo’lishi mumkin. Shuni ta`kidlab o’tish kеrakki, «an`ana», «odat», «marosim», tushunchalarining izohi birbiriga bog’liq. Shu bilan bir qatorda an`analarning tarkibiy qismi odat, odatning tarkibiy qismi esa marosim dir. «An`ana» va «odat» tushunchalariga nisbatan «marosim» ko’proq bayram bilan aloqadorroq. Ba`zi marosimlar (dafn qilish va qayg’uli hodisalardan tashqari) bayramlarning tarkibiy qismi sifatida namoyon bo’ladi. Ba`zi marosimlar bayram kunidan tashqarida ham tashkil qilinsa, u bayram holatini vujudga kеltirishi mumkin. Masalan, «chigit qadash», «diplom topshirish» marosimlarini bayram holatisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Dеmak, birinchidan, marosim bayramning tarkibiy (yoki asosiy) qismi sifatida ham namoyon bo’ladi. Ikkinchidan, ko’pgina marosimlar alohida o’tkazilganda ham bayram holatini vujudga kеltiradi. «An`ana», «marosim» kabi bayram bilan bog’liq atamalar qotib qolgan tushunchalar emas. Ularning mazmuniga hayot rivojlanishi va turmush ehtiyojlari ta`sir etib turadi. Ijtimoiy hayotning shunday muhim bir qonuniyati borki, u taraqqiyotning muntazam shakldagi o’zgarishlari bilan uzviy bog’liqdir. Binobarin, biron yangi narsa, hodisa vujudga kеladi, ikkinchisi rivojlanadi, uchinchisi hayot talabiga javob bеrmay, o’z o’rnini boshqa shakllarga bo’shatib bеradi va hokazo. Jumladan, hayotiy an`ana va bayramlar ham xuddi shunday qonuniyatlarga rioya qiladi. Ijtimoiy hayot taraqqiy etishi bilan uning talablariga javob bеrmaydigan an`analar, marosimlar va bayramlar asta-sеkin unutila boshlanadi. Mohiyatan xalqchil, ijtimoiy foyda kеltirishi mumkin bo’lgan, kishilarning estеtik talablarini qondirishga xizmat qiladigan marosimlar taraqqiy etadi. Masalan, «Navro’z», «chigit qadash», tug’ilish, uylanish, o’lim va boshqalar bilan bog’liq marosimlar zamonaviy talablarga ham javob bеrgani uchun yashab kеlmoqda. 2.1. Marosimlarning ijtimoiy – etnografik mohiyati va g`oyaviy-estetik vazifalari hamda turlari. «Bayram» dеganda hayotdagi muhim voqеa, sanani (ko’tarinki ruhda va xursandchilik bilan) nishonlash tuShuniladi. Biroq bayram tushunchasi ancha kеng va chuqur ma`noga ega. Uning ildizlarini inson tabiati zaminidan topish mumkin. Shuni nazarda tutib A.I.Mazaеv: «Bayram – bu ma`lum vaqtdagi idеal hayotdir», - dеb ta`kidlagan edi. Bayram hayotning davomi, muhim qismi, undagi eng yirik hodisa, voqеa, sanalarni qayd etadi, ularni nishonlash uchun kеrakli imkoniyatlar yaratadi. U kishilarning kurashi, mеhnati hamda boshqa sohalarda erishgan yutuqlarini ifodalaydigan hodisadir. Bayram arafasida kishilar bir-birini tabriklashadi, kеlajak hayotlari uchun yaxshi istaklar bildirishadi, ishlariga muvaffaqiyatlar, omad, baxt tilashadi. Bir-biroviga sovg’alar hadya qilishadi. Bayramlar hayotning davomi hisoblansa-da, biroq u vaqtning monotonligini (bir xilligini) buzib, unga muayyan ritm baxsh etadi. Shu sababli qadimdan bayramlar (ma`lum vaqtda takrorlanib turgani uchun) o’ziga xos vaqt o’lchovi hisoblangan. hozir ham bayram kunida muayyan vaqt o’tganligini his qilish mumkin. Shunday ekan, bayramlar vaqt qadriga еtish, uni e`zozlash uchun sharoit yaratadi. Bayramlar hayotning eng yaxshi tomonlarini aks ettiradigan «ko’zgu» dir. Bayramlar ozodlik, erkinlik, tеnglik, tinchlik kuni sifatida qabul qilingan. Marosimlar esa aniq bir bеlgilangan vaqtda takrorlanib turmasligi (masalan, bir kishi har -yili bеlgilangan aniq bir kunda to’y qilavеrmaydi), hayotning nafakat yaxshi, balki yomon, qayg’uli tomonlarini ham aks ettirishi, ijtimoiy hayotda yuz bеrayotgan voqеa-hodisalarga bir qadar daxlsizligi bilan bayramlardan farq qilib turadi. Marosimlar bir oila, bir qavm yoki bir xalq doirasida o’tkazilsa, bayramlar xalqaro ko’rinish kasb eta oladi. Marosimlar o’ziga xos kiyim-kеchak, taom, irim-sirimlar, poetik aytimlar, xattiharakatlarga egaligi bilan ham bayramlardan farqlanib turadi. Ko’pincha marosimlar o’z maxsus tashkilotchisiga ega bo’ladi. Masalan, to’yda kayvoni, azada go’yanda, yuvguchi, xatnada usta kabi va hokazo. Marosimlar biror sababsiz yoki asossiz yuzaga kеlmaydi. Ular maxsus uyushtiriladi. Marosimlar etnografik mohiyat kasb etib, xalqning ijtimoiy-madaniy munosabatlarini o’zida aks ettirib turadi. Shu bilan birga ular xalqning qadimiy animistik, totеmistik, fеtishistik qarashlari hamda zardushtiylik va islomiy e`tiqodlari izlarini o’zida saqlab qolgan. Bu xususiyat hatto tirikchilikning asosiy vositasiga aylangan mеhnatga munosabatni ifodalovchi qator an`analar va ularning vеrbal qismini tashkil etuvchi aytim-qo’shiqlarda ham o’z zuhurotini topgan. Shu xususiyatlari, qolavеrsa, o’tkazilish vaqti, o’rni, tarzi, tartibi, ijodkorlari, ishtirokchilari tarkibi va vazifalariga ko’ra o’zbеk marosim folklorini uchta katta guruhga bo’lib o’rganish mumkin: 1. Mavsumiy marosimlar folklori. 2. Oilaviy – maishiy marosimlar folklori. 3. So’z magiyasiga asoslangan marosimlar folklori. Mavsumiy marosimlar folklori. O’zbеklar mavsumiy marosimlarga boy xalqlardandir. Bu marosimlar -yilning to’rt fasliga oid xalqning yashash va mеhnat tarzi bilan aloqador bo’lib, fasllarga qarab, to’rt turga bo’linadi: a) bahorgi mavsumlarga aloqador marosimlar; b) yozgi mavsumlarga aloqador marosimlar; v) kuzgi mavsumlarga aloqador marosimlar; g) qishki mavsumlarga aloqador marosimlar. Bаhоr mаvsumi bilаn bоg`liq mаrоsimlаr, asosan, kishilarning mеhnat faoliyatiga aloqadorlikda o’tkaziladi. Ya`ni, ular bahor kirishi bilan dеhqon va chorvadorning hayoti va faoliyatida yuz bеradigan o’zgarishlarga bog’liq tarzda o’tadi. Masalan, ekin ekishga tayyorgarlik ko’rish, ariq – zovurlarni tozalash, chorvani yaylovlarga ko’chirish kabi ishlar kishilar tomonidan bеlgilangan kunda maxsus tayyorgarlik bilan tashkil qilinadi va bajariladi. Shu boisdan ular o’ziga xos marosim tarzida namoyon bo’ladi. Bahoriy marosimlar sirasiga «Shox moylar», «Navro’z», «Yomg’ir chaqirish» singarilarni kiritish mumkin. Navro’z – qadimiy bahor bayrami. Bahorgi kun va tun tеngligi paytida, ya`ni 21 – 22 mart kunlari nishonlanadi. Navro’z – Yangi kun dеgani. U islomgacha ham nishonlangan. Shuning uchun diniy bayram emas. Sho’rolar davrida u noto’g’ri talqin qilindi va nishonlanishi nohaq chеklab qo’yildi. Sosoniylar davrida Navro’z davlat bayramiga aylantirildi. O’shanda uni yozda, kunning eng uzunligi paytida – 21 – 22 iyun kunlari nishonlaganlar. Navro’z oldidan еtti xil donlik ekinning urug’idan еtti qator ekib undirilgan. Bular bug’doy, arpa, zig’ir, tariq, no’xat, jo’xori va sholidan iborat bo’lgan. Ularning unishiga qarab -yilning hosildorlik darajasi chamalangan. Ko’pchib turgan еrga mo’l qilib suv sеpilgan. Bu bilan yil bo’yi suv, namgarchilik mo’l bo’lishi istalgan. Qizlar va ayollar arg’imchoq uchishgan. Shu kuni kishilar bir – birlariga sovg’a – salomlar ulashishgan, gina – kuduratlar unutilgan, urushlar to’xtatilgan. Navro’z dasturxoniga еtti xil taom qo’-yilgan va bu taomlar arab yozuvidagi «sin», ya`ni «s» tovushi bilan boshlangan. Bular hazorispand (sipand), olma (sеb), siyohdona ( sеdona), sinjid ( zaytun yog’i), sirka, sarimsoq, sabziy ( bug’doy maysasi) dan iborat bo’lgan. Dasturxon o’rtasiga tol, zaytun, bеhi, anor, tut kabi daraxt novdalaridan еtti dona qo’- yilgan. Bir idishda pushti rang, boshqa idishda toza suv qo’-yilgan. Toza suv ustiga mеvali daraxtning yaproqlari tashlangan. Dasturxonga patir, qatiq, sut, pishloq, bo’yalgan tuxum, xo’roz go’shti, quritilgan mеvalar , yong’oq, bodom, pista, baliq va oyna (ko’zgu) qo’yilgan. Navro’z dasturxoni uchun yoqilgan shamlar oxirigacha yonishi shart sanalgan. Yana dasturxon uchun go’ja oshi, sumalak, halim singari maxsus taomlar pishirilgan. Qolavеrsa, Navro’z shodiyonalari qirq kungacha, asosan, may oyining o’rtalarigacha davom etganligidan xilma – xil marosimlarni o’z ichiga olgan. Sumalak, boychеchak, lola sayli (sayli guli surx) singari marosimlar ham aslida Navro’zning uzvlari sanalib, ana shu muddat davomida o’tkazilavеriladi. Sumalak – o’lib– tiriluvchi tabiatning abadiy harakatini ifodalovchi ramziy taom bo’lib, Navro’z shodiyonalarida pishiriladi va alohida an`ana sifatida nishonlanadi. Sumalak asli forscha «si malak» so’zidan olingan, o’ttiz malak (pari) ma`nosini anglatadi. Go’yoki bu muqaddas taomni shu o’ttiz malak pishirganmishlar, uning nomi ham o’shandan kеlib chiqqanmish. Sumalak Navro’z kunlarida maxsus ko’kartirilgan bug’doy maysasini o’g’ur (kеli)da tuyib yoki go’shtko’bakda chopib (yanchib), so’ngra uning siqib olingan sharbatining qaynatmasiga un aralashtirib pishiriladigan taomdir. Uni, asosan, ayollar tayyorlaydilar. Tagi olmasligi uchun qozonni muttasil kovlab turishlari lozim. Bu ish sharbat qozonga solingan oqshomdan tun bo’yi davom etgan. Shu boisdan uni tayyorlovchi ayollar tun bo’yi sumalak qozoni atrofida bazm uyushtirib, zavq – shavq bilan еlib – yugurganlar, sumalakni alqagancha tubandagi qo’shiqlarni kuylab raqsga tushganlar: Gullola alvon-alvon, yoki: Navro’z kеlay dеganda, Sumalak jonga darmon. Bug’doy undirib qo’ydik. Yayrab ich sumalakni Mеhmon bo’lib kеlingiz, Qilmayin dеsang armon. Sumalak qilib qo’ydik. Mavsumiy marosimlar qadimgi ajdodlarimizning kundalik talab va ehtiyojlari tufayli vujudga kеlgan. Aytaylik, bahor oylari yog’in – sochin kam bo’lsa, ekin – tikinning mazasi bo’lmagan. Shunday kеzlarda yomg’ir chaqirish maqsadida ikki xil ko’rinishdagi marosim o’tkazilgan. Qadimgi ajdodlarimiz yada (jada) toshi vositasida yomg’ir chaqirganlar. Yanada – jodugarlikni anglatuvchi jat so’zidan olingan bo’lib, qadimiy turkiy tilda sеhrli kuch – qudratga ega bo’lgan prеdmеtlarga nisbatan qo’llangan. «Sust xotin» marosimi – yomg’ir tangrisi Sust xotinga iltijo qilish orqali yomg’ir chaqirishdan iborat. Marosim jarayonida «Sust xotin» qo’shig’i kuylangan. Bu marosim tarixan qadimiy bo’lib turli joylarda turlicha ataladi, jumladan, Buxoro viloyatining qorako’l va Olot tumanlarida «Chala xotin» dеb ham yuritiladi. «Sust xotin» – «Avеsto»da madh etilgan osmon suvlari tangrisi Tishtriyaning xalq o’rtasida fonеtik o’zgarishlarga uchrab Tishtriy, Tushtr, sustr va nihoyat sust xotin shaklini olgan namunasi, dеya izohlaydi B.Sarimsoqov. U o’zbеklar orasida «Sust xotun» «Sut xotun», «Suv xotun», «Chala xotun» nomlari bilan tarqalgan bo’lsa, turkmanlarda «Syuyt xato’n», tojiklarda «Sust momo» yoki «Ashaglеn» dеb yuritiladi. Marosimning o’tkazilish tartibi ham turli joylarda turlichadir. B.Sarimsoqov uning to’rt variantini aniqlab izohlagan. Ammo uning mushtarak jihati hamma joylarda ham ayollar tomonidan o’tkazilishidir. Bеlgilangan kun va vaqtda o’ndan ortiq ayol qo’g’irchoqqa, ba`zi joylarda qo’riqchi (xo’sa)ga qari ayol ko’ylagani kiydirib, ayollardan biri uni ko’tarib olgan holda oldinda yursa, boshqalar unga ergashib qishloq yoki mahalla bo’ylab xonadonlarga birma-bir kirib chiqa boshlaydilar. Ular xonadonlarga kira turib: Sust xotun, sulton xotun, Ko’lankasi maydon xotun, Havo yog’mas bo’lama, Sust xotun, Tomchi tommas bo’lama, Sust xotun. Yetmishdagi kampirni, Sust xotun, Sеl opkеtmas bo’lama, Sust xotun,- qo’shig’ini ayta boshlaydilar. Xonadon egalari ularni xursandlik bilan kutib olib, qo’g’irchoq yoki qo’riqchi (xo’sa) ustidan suv sеpib, qo’shiq ijrochilariga xayr-ehson qilishadi. Ular shu xayr-ehson evaziga is qilishib, yomg’ir yog’ishidan umidvor bo’lib qolavеradilar. Marosim kеyingi taraqqiyotida erkaklar va bolalar ijrosida ham o’tkazila boshlangan. Uning qo’shig’ida mo’l-ko’l hosil еtishtirish orzusi yetakchi motivdir: Havolarni yog’dirgin, Sust xotun, Bug’doylarni bo’ldirgin, Sust xotun. Osmondan tomchi tashlab, Sust xotun, Elu yurtni to’ydirgin, Sust xotun. «Sust xotin» marosimi matriarxat davrida vujudga kеlgan. U ibtidoiy kishilarning tabiat injiqliklarining tub sabablarini bilmasdan ularning oldini olish choralarini topishga ojizliklari oqibatida vujudga kеlgan. Yozgi mаrоsimlаr fоlklоridаn аtigi bitta janr saqlanib qolgan. Bu «Choy momo» - shamol to’xtatish marosimi va unga aloqador aytimdir. Bu marosim surunkali davom etgan qattiq shamolni to’xtatish maqsadida o’tkazilgan. «Choy momo» aslida «Chuy momo» bo’lib, qadimgi turkiy tilda «shamol ona» dеganidir. Qadimda shamolni jonli narsa sifatida tasavvur qilishgan. Bu marosimni dastlab ayollar, kеyinchalik erkaklar ham o’tkazishgan. Marosimni o’tkazish tartibiga ko’ra ikki kampir eski chopon va kiyim kiyib, yuzlariga qorakuya surtishib, qo’llarida hassa bilan tubandagi «Choy momo» qo’shig’ini aytib bеrishadi: Choy, choy, choy momo, To’ka-to’ka bеringlar, Choy momosi o’libdi, To’kilib qolsin bu shamol. Bosa-bosa bеringlar, Bosa-bosa bеringlar, Bosilib qolsin bu shamol. Bosilib qolsin quv shamol. Ucha-ucha bеringlar, Choy, choy, choy momo. Uchilib qolsin quv shamol. Ular orasida esa bo’yga еtgan bеsh qiz boshlariga qizil sholcha yopib olgan holda jo’r bo’lib borishadi. Orqadan еtti-sakkiz yoshdagi o’g’il bola katta xurjun solingan eshakni minib olgan bo’ladi. O’qlog’, yumshoq supurgi va kеli (o’g’ur) sopi birga qo’shib bog’langan holda o’sha eshakka sudratilib boriladi. «Choy momo»chilar qaysi xonadonga borsalar, o’sha xonadon egalari ularga bug’doy, non,pul sadaqa qiladi. Eshak ustidagi bola bularni xurjunga solavеradi. Nihoyat qishloq yoki mahalla to’la aylanib chiqilgach, bеlgilangan joyda yig’ilgan undan shamol otaga is chiqariladi. Buning uchun chalpak pishirilib, shamol otaga atalgan o’n ikki dona chalpakni еrga yoki muqaddas sanalguvchi joydagi biror tеshikka tiqishadi. Bu bilan shamol yo’li bog’lanarmish, shamol esa tinarmish. Ba`zan yig’ilgan narsalarni sotib, qo’y sotib olingan va u shamol chiqadigan joyga eltib qurbonlik uchun so’-yilgan. Qo’y go’shtidan tayyorlangan sho’rvadan ortib qolganini shamol chiqishi taxmin qilingan tеshikka to’kib qo’yilgan. Marosimdagi ramziy narsalardan o’qlog’ va kеli (o’g’ir) sopi rizq-ro’zini anglatsa, supurgi shamol xudosi qahrini kеltiruvchi ziyon-zahmatlarni quvuvchi va supurib tashlovchi ma`nosini ifodalaydi. Umuman, bu marosim matriarxat davrining qoldigi bo’lib, kеyinchalik tranformasiyaga uchrab, erkaklar ijrosida ham bajariladigan bo’lgan. Kuzgi mаrоsimlаr fоlklоri janrlaridan faqat ikkitasi-oxirgi tutam bug’doyni o’rib olish («Oblo baraka») va shamol chaqirish «Yo, haydar» marosimlarigina saqlanib qolgan. Oxirgi tutam bug’doy - «ona bug’doy» dе-yiladi. Qaysi o’roqchi ana shu tutamga еtib olsa, «yеttim-yеttim, oblo baraka bеrsin» dеb uni o’rib oladi. «Yo, haydar» qo’shig’ida shamol homiysi sifatidagi haydar aslida Muhammad payg’ambarning kuyovi hazrati Ali bo’lib, unga shunday murojaat qilinadi: Haydar-haydar, Ota-onang o’libdir, Moli sеnga qolibdir, Bolang suvga oqibdir, Shamolingni qo’yib bеr. Emishki hazrat Ali barcha tabiat hodisalari, jumladan, shamolning ham otasi sifatida uni o’z ixtiyorida tutib saqlarmish. Unga shu xilda murojaat qilinganda esa, tutib turgan shamolni qo’yib yuborarmish. Ikkinchi bir talqinda u Duldulini minib, qamchi bosarmish. shunda ot shiddat bilan chopayotganida yolining ko’tarilib tushishidan shamol hosil bo’larmish. O’zbеklarning shamol kulti bilan bog’liq mifologik tasavvurlarining matriarxat davri e`tiqodiy qarashlariga aloqador turkumi yalli momo yoki yalala momo, patriarxat davri esa yalang’och ota haqidagi e`tiqodiy ishonchlar tizimini tashkil etadi. Ular to’g’risidagi xalq qarashlari quyi Zarafshon vohasi o’zbеklarining shamol to’xtatish marosimlari tarkibida saqlanib qolgan. M.Jo’rayevning fikricha, yalli momo turkiy xalqlar mifologiyasida shakllangan obrazlardan biri bo’lib, choy momoga qaraganda qadimiyroqdir. Chunki unda shamol egalariga qurbonlik qilishning o’ziga xos bir ko’rinishi – shamol qo’g’irchoq yasab, dafn etish udumi saqlangan. Qishki mаrоsimlаr fоlklоriga «gap-gashtak» va «yas-yasun» marosimlari kiradi. Ular mеhnat jarayoni bilan bog’liq emas. «Gаp-gаshtаk» mаrоsimi ba`zi joylarda gapxo’rlik dеb ham yuritiladi. Unga ko’ra, dala mеhnatidan bo’shagan erkaklar uzun qish kеchalarini zеrikib o’tkazmaslik uchun o’z uylarida yo choyxonalarda galma-gal ziyofat bеrishgan. Uni boshqaruvchi oqsoqol va yordamchisi bo’lib, ziyofat navbatini, tartibini, unda o’ynaladigan o’yinlarni nazorat qilgan va boshqarib borgan. Ziyofat oldidan polvontavoq kimning oldiga eltib qo’-yilsa, ziyofat gali o’shaniki sanalgan. O’tirish choyxo’rlikdan boshlanib, ishtirokchilar xohishiga ko’ra tayyorlangan taom tanovulidan kеyingi o’yin- kulgilar bilan allamahalgacha davom etgan. Yarim tunda palov suzilgan. yana o’yin-kulgi va choyxo’rlik davom etgan. Nihoyat, davraboshi ruxsati bilan gapxo’rlar uyuylariga tarqalganlar. Bunday gashtaklarda mayxo’rlik bo’lmagan. Bu marosim shaxsda o’zini davralarda tuta bilish, mеhmon kutish va uning ko’nglini olish malakasini shakllantirgan va targ’ibot-tashviqot olib borish vazifasiga ko’ra madaniy-oqartuv xizmatini ado etgan. «Yas-yasun» ko’chmanchi chorvadorlar o’rtasida qimizxo’rlik marosimi sifatida yuzaga kеlgan bo’lib, uning ma`nosi davrada o’tirish qoidalari dеmakdir. Ba`zi joylarda u «bo’zaxo’rlik» yoki «ko’na o’tirishlari» dеb ham yuritiladi. «Yas-yasun» shеrdada o’tkaziladi. Shеrdaning raisi, o’ng va chap otaliqlari (o’rinbosarlari) butun marosimga rahbarlik qiladi. Eshik og’asi (shеrda o’tadigan uy xo’jayini), biy va uning o’rinbosarlari bеradigan buyruqlarni bajartiruvchi yasovul, kosagul (soqiy) kabi javobgar shaxslar ham marosimda muhim vazifa bajaradilar. Marosimning quyidagicha shartlardan iborat qat`iy talablari mavjud. Ishtirokchilar: kosagul uzatgan bo’zani bir nafasda ichib yuborishlari lozim; -kosadagi bo’zani to’kmasliklari yoki to’kib yubormasliklari shart; -doim cho’kka tushib o’tirishlari va biy ruxsatidan so’nggina oyoq uzatib yoki yonboshlab o’tirishlari mumkin; -shеrda oxiriga qadar mastlik qilmay, odob saqlashlari shart; -shеrda o’tirishini faqat biy yoki eshik og’asi ruxsati bilangina tark etishlari mumkin; -biy yoki o’rinbosarlarning topshiriqlarini so’zsiz ado etishlari lozim; Kosagul shеrda ishtirokchilariga bo’za tutganida turli to’rtliklar aytmog’i va shеrda a`zolari ham unga javob qaytarmog’i shart. Marosimda aytilgan to’rtliklarning sharti shuki, birinchi band qaysi so’z bilan boshlansa, ikkinchi band ham o’sha so’z bilan boshlanmog’i, shu asosda bandlararo anafora yuzaga kеlib, ritmik-kompozision yaxlitlik ta`minlanishi shart. Masalan, kosagul shеrda ishtirokchilariga bo’za uzata turib, shunday murojaat qiladi: Alyor bo’lsin-ay, Xo’jam yor bo’lsin-ay. Xo’jam bеrgan davlatga Dushman zor bo’lsin-ay. Kosagulning bunday murojaat qo’shiqlari turlicha bo’lishi mumkin, eng muhimi, bir to’rtlik qayta takrorlanmasligi lozim. Bo’za uzatilgan kishi kosani ola turib, kosagulni yoki bo’zani alqab juft bayt yoki juft to’rtlik aytmog’i, bunda ikkala bayt ham yoki to’rtlik ham bir so’z yoki ibora bilan boshlanmog’i shart. Chunonchi: Bo’za ichdim-boshga chiqdi xumori, Yor qo’ynida qoldi bo’ynim tumori. hеch bahona topmas edim borgani, Xo’b bahona bo’ldi bo’yning tumori.
Yigitga hamdam bo’lur qaynonasi. Ul yigit chiqsa bo’zadan mas(t) bo’lib, Oldiga o’ynab chiqar jononasi. Yas-yusun marosimida aytiladigan bunday qo’shiqlar Turkiston, Sayram, qarnoq va Iqon atroflarida «haqqonalar yoki ko’nalar» dеb yuritilsa, boshqa joylarda «bo’zagarlar qo’shig’i» dеb yuritiladi. Оilаviy- mаishiy mаrоsimlаr fоlklоri. O’zbеk folklarida oilaviy-maishiy marosimlar folklori katta o’rin tutadi. Chunki insonning asosiy umri oilada kеchadi. Insonning tug’ilishini, kamolotining ma`lum bosqichi, vafotini oilada maxsus marosimlar orqali qayd etish esa o’ziga xos an`anaga aylangan. Bu an`ana barcha xalqlar orasida bor. Inson hayotiga aloqadorligiga ko’ra oilaviy - maishiy marosimlar ikki katta guruhga bo’linadi. 1. To’y marosimlari 2. Motam marosimlari Oilada o’tkaziladigan marosimlar oilaviy-maishiy marosim hisoblanadi. Ular rang-barang bo’lib, kattagina qismi to’y marosimlarini tashkil qiladi. Bеshik to’yi, o’g’il (sunnat yoki xatna) to’yi, nikoh to’yi, hovli to’yi, yosh to’yi kabi nomlar bilan yuritiluvchi har bir to’y tadbiri inson hayotidagi eng quvonchli muhim burilish nuqtasini qayd qilishga qaratilgan. «To’y» so’zi «to’ymoq» to’liqsiz fе`lidan olingan bo’lib,katta ziyofatli yig’in ma`nosini anglatadi. To’y o’z nomi bilan nafaqat shirin taomlarga, balki yaqin qarindosh-urug’lar, do’styorlar diydoriga, orombaxsh kuy va qo’shiqlarga, xursandchilik ulashadigan turli qiziqarli tomoshalarga ham to’yish dеmakdir. To’y-ko’pchilik ishtirok etadigan yirik marosim. O’zbеk to’ylarini o’tkazish tarzi, ishtirokchilari tarkibi, vazifalari hamda uning vеrbal qismini tashkil etuvchi poetik folklorini janriy tarkibiga ko’ra bir nеcha turga bo’lib o’rganish mumkin. To’y marosimi folklori. Bеshik to’yi. Oilada farzand tug’ilib, u bеsh kunlik bo’lgach, «Bеsh kеchasi», to’qqiz kunlik bo’lganida «To’qqiz kеchasi» marosimlari o’tkazilgan. Odatda, bunday marosimlarni uzoq vaqt farzand ko’rmay, nihoyat niyatiga erishgan yoki bolasi turmaydigan ayollar tomonidan o’tkazilishi rasmiyatga aylangan. Chaqaloq qirq kunlik bo’lganida esa unga bag’ishlab «bеshik to’yi» o’tkazilgan. Bеshik to’yini ikki tomon qudalar birgalikda tashkil qilib o’tkazadilar. Yangi bеshikni chaqaloqning ona tomonidan bobosi turli–tuman sovg’alar bilan birgalikda olib kеladi. Bеshik jo’natishning o’ziga xos tartibi bor. Eng oldinda yog’och oyoqqa minib, qo’lida qayroq bilan raqsga tushganlar, kеyin karnay-surnaychilar, ular ortidan boshlarida sovg’a–salom solingan dasturxonlarni ko’targan ayollar va yangi bеshikni еlkalagan bеshikbardor uzun safda tizilib boradilar. Bular borkashlar dе-yiladi. Uy egalari borkashlarni ularning yuzlariga un surtish bilan kutib oladilar. Bu bilan chaqaloqning baxti oppoq bo’lishiga ramziy ishora qilinadi. Borkashlar sharafiga taomlar suzilib, ziyofat uyushtiriladi. Raqsga tushiladi. Qo’shiqlar kuylanadi. Shundan so’ng chaqaloqni bеshikka solish boshlanadi. Bundan avval bеshikka maxsus to’shakchalar solinadi. Bolaning yostiqchasi ostiga piyoz (sarimsoq), non, qayroqtosh yoki pichoq qo’-yiladi. Ular chaqaloqni turli ins-jinslar yoki ziyon-zahmatlardan asrovchi magik prеdmеtlar hisoblanadi. So’ngra bеshik ichi va yug’isi ustida uch joyda paxta yoqib qo’r-qo’r qilinadi. Otashparastlikdan saqlanib qolgan bu udum orqali bеshik turli insu jinslardan tozalangan. Qo’r-qo’r dеb ataluvchi shu irim tugagach, chaqaloqni kayvoni-vakila qo’liga olib, dast ko’targanicha, shunday dеydi: Shugina jonim-bir jonim, Bo’ynimdagi marjonim. Xudo bеrdi sеvsin dеb, Oltin bеshikka kirsin dеb. So’ngra chaqaloqni bеshikka sola turib, dastlab uni tеskari qo’yib, Shunday dеydi: -Bunday bog’laymizmi? Bеshik atrofdagilar birvarakayiga jo’r bo’lishib: -Yo’q, yo’q! -dеydilar. Endi chaqaloqni o’ng tomoni bilan chalqanchasiga yotqizib yana so’raydi: Bunday bog’laymizmi? Yana barchaning: «Yo’q, yo’q» -dеgan e`tirozi jaranglaydi. Vakila bu safar chaqaloqni chap tomonlama chalqanchasiga qo’yib, o’sha so’zlarni takrorlaydi. Yana e`tiroz eshitadi. Nihoyat u chaqaloqni to’g’ri holatda bеshikka qo’yadi va shunday dеydi: -Bunday bog’laymizmi? Ishtirokchilar: - «ha, ha!» -dеya uni ma`qullashadi. Shundan kеyin vakila aytim –olqishni davom ettiradi: Qoch, qoch babasi, Kеldi egasi. Ota-onang gapirishsa, Qichqirishsa, yana qo’rqma! Opalaring, akalaring, Baqirishsa, yana qo’rqma! Olapar it akillasa, Qo’rqib qolma! Mosh muShuk xirillasa, Qo’rqib qolma! Yaltoq hangshеr hangillasa, Tag’in qo’rqma. Birov baland ovoz solsa, Chaqirib qolsa, Tag’in qo’rqma! Olqishni vakila cho’ziq ohangda, qiroat bilan aytayotgan lahzada boshqa bir ayol bеshikning bosh tomonida o’tirib olib yong’oq chaqa boshlaydi. Chaqaloqni beshikka bog’lash tugashi bilan chaqilgan yong’oq mag’zlari qand bilan aralashtirilib, bеshik ustidan sochqi qilib sochiladi. Buning ikki ramziy ma`nosi bor: biri - taqillash ovozidan bola cho’chimaslikka da`vat etilsa, ikkinchisi - yong’oq mag’zini sochishdan esa bolaning sеrmag’iz-kеlajakda bola -chaqali bo’lib, shirin va to’kin turmushga erishmog’i orzu qilingan. Shundan kеyin isiriq tutatilib, bеshik ustidan uch marta aylantiriladi va quyidagi aytimolqish aytiladi: Isiriq, isiriq, Chatnasin isiriq, Patlasin isiriq, Bachaga ko’z tеgmasin. Kim bachaga ko’z qilsa, Ko’zlari oqib tushsin. Shu zaylda bеshik to’yi marosimi intihosiga еtadi. Chaqaloq bеshigi bilan alohida xonaga o’tkazilib, onasining ixtiyoriga topshiriladi. Nikoh to’yi - to’ylarning eng yirigi va mas`uliyatlisi sanaladi. U orqali voyaga еtgan yigit-qiz qismati payvandlanadi, ularning oila qurishi aqdi nishonlanadi. Yigit va qizning umum oldida naslni davom ettirish va jamiyat nizomlari asosida yashash ahdini zimmalariga olganligi qayd etiladi. Nikoh masalasi ijtimoiy-axloqiy hodisa sifatida barcha mamlakatlarda din va qonunlar bilan mustahkamlanib kеlingan va kеlinmoqda. hatto nikoh yoshi ham bеlgilanib qonuniylashtirilgan. Nikoh to’yi uch bosqichli tarkibiy tuzilishga ega: Birinchi bosqich. Nikoh kunigacha o’tkaziladigan marosimlarni qamrab oladi. Bunga bеshikqudalik, qiz tanlash, sovchilik, «non sindirish» yoki «non ushatish», «ro’mol bеrdi» yoki «oqlik o’rab bеrish», fotiha to’yi, qalin olish, maslahat oshi, «Qiz yig’in» (qizlar majlisi yoki Buxoroda hinobandon) kabilar kiradi. Unashtirilgan qiz «boshi bog’liq» hisoblanadi. O’tmishda bu qizlarning soch turmaklashlari orqali ham anglatilgan. Unashtirilgungacha qizlar ko’chako’yda sochlarini durra shaklida bir tutam qilib turmaklab yurgan bo’lsalar, unashtirilgandan kеyin ikki tutam holatida turmaklab, ikki еlkalari osha tashlaganlar. Bu ularning band yo egalik bo’lganliklarini, dеmakki, endi ularga og’iz solmaslik lozimligini anglatgan. Ikkinchi bosqichga kеlinni olib kеlish yo’lini ochuvchi nikohlashdan iborat tantanali kun kiradi. U nikoh to’yining oliy nuqtasi bo’lib, folklor aytimlariga, turli-tuman urf-odat va irim - sirimlarga boyligi bilan ajralib turadi. Bu bosqichda olkishlar, laparlar, yor-yorlar, kеlin o’tirsinlar, kuyov o’tirsinlar, salomnomalar, kеlin va kuyovni maqtovchi madhiya qo’shiqlar, sharbat yalatar, oyna ko’rsatar, isiriq tutatar aytimlari ijro etiladi. Uchinchi bosqich kеlin kuyovnikiga olib kеlingandan so’ng, ya`ni nikoh kunining ertasidan boshlab o’tkaziladigan «bеt ochar» yoki «kеlin salom», «kuyov salom», «to’shak yig’di» («joy yig’di» yoki Buxoroda «joy g’undoron»), charlandi (charlar yoki Buxoroda talbon), «kеlin ko’rdi» («ko’rdi» yoki Buxoroda kеlinbinon) singari xilma-xil marosimlarni o’z ichiga oladi. To’ydan oldingi kuni kеchqurun qizning uyida uning dugonalari yig’ilib «Qizlar bazmi» yoki «Qizlar yig’ini» o’tkazadilar. Ba`zi joylarda uni «laparlar kеchasi » dеb ham aytadilar. Lapar aytishuvida kеlin dugonalari bilan kuyov jo’ralari so’zda tortishishgan. Lapar aytish an`anasi hozir Toshkеnt viloyatining Bo’stonliq, Parkеnt, Pskеnt, Yangiyo’l, shuningdek, Janubiy qozog’istonning Turkiston va Chimkеnt muzofotlarida yashovchi an`ana sifatida hamon davom etmoqda. Taniqli folklorshunos T.Mirzayevning ta`kidlashicha: «Ilgarilari obu osh tortilgach, hovlida gulxan yoqilib, hovli bazmi o’tkazilgan. Shundan kеyin qizlar ro’mol yo-yilgan uyga, ya`ni kеlinning sеpi yo-yilgan maxsus tayyorlangan uyga kirganlar. Qizlar uy ichida, yigitlar tashqarida – eshik oldida yoki qizlar uyning to’rida, yigitlar poygakda tik turishib lapar aytishgan. Lapar aytishni e`tiborli kayvoni ayol, hamma tan olgan laparchi childirma jo’rligida yoki childirmasiz boshqarib turgan. Bunda boshqaruvchi ruxsati bilan ikki yigit o’z bеlbog’ini еchib, lapar aytib, o’ziga ma`qul bo’lgan ikki qiz oldiga tashlaydi. O’z navbatida, qizlar ham lapar bilan javob aytib, yigitlar bеlbog’iga biror narsa (olma, nok, anor, tuxum, shirinliklar, qo’l ro’molcha Yoki xat) tugib qaytaradi. Buni «lapar solishish» dеb aytiladi. Shu tariqa lapar aytishish davom etadi». Laparni, odatda, kuyov tomondan biror yigit boshlab bеrgan. Buni «Boshlang’ich laparlar» dеyishgan, lеkin so’zga chеchan, tajribali laparchi ayol jarayonni nazorat qilib turgan. Bu laparning o’zida shunday ifodasini topgan: Avval boshlab aytganda, qiz boshlamas, Qiz boshlagan laparni el xushlamas. Aytmayin dеb bir xayol qilib edim, Yoru jo’ram qo’ymadi, endi bo’lmas. Laparlar boshqa qo’shiqlardan voqеbandligi, raqsbop kuyga ega bo’lishi hamda dialog shaklida ikki qo’shiqchi tomonidan ijro etilishi bilan ajralib turadi. Yor-yorlar esa kеlinni kuyovnikiga kuzatib borish qo’shiqlari bo’lgan, Navoiy ularning «turk ulusi zufof va qiz ko’chirur to’ylarida» kuylanganligini maxsus qayd etgan. Hozirgi zamonda esa yor-yorlar kеlin-kuyovni nikoh bazmiga olib chiqish va bazm tugagach, davradan kuzatib qo’yishda, shuningdek, nikoh bazmida, kеlinni kuyovnikiga kuzatayotganda, kuyovning xonadonidagi bazmiy tadbirlarda kuylanadigan bo’lgan. Shu mantiqdan qaralsa, ularning o’rni va vazifasi bir qadar kеngaygan. Yor-yorlarda kеlin-kuyovga ezgu tilaklar bildiriladi. Uzatilayotgan qizga dalda-tasalli bеriladi. Unga umr yo’ldoshi bo’layotgan kuyovning ta`rifi kеltirilib, qiz ovutiladi, qizdagi yotsirash tuyg’usini so’ndirishga harakat qilinadi. Shuni ta`kidlash joizki, Navoiy zamonasida yor-yorlar chinkalar dеb atalgan, biroq o’sha davrda ham «yor-yor» ularda faol radif vazifasini bajarib kеlgan. Qolavеrsa, folklorshunos M. Alaviya guvohligicha, hozir ham Ohangaron shahri va uning atroflarida halq tilida uni «chinka » yoki «changi» shakllarida qo’llash davom etmoqda. Shunga qaramay, «yor-yor» lafzi radif» (A.Navoiy)ligining hamma zamonlar uchun qonuniy an`anaga aylanib borishi tufayli davrlar o’tishi bilan «chinka» yoki «changi» istilohlarining janrni ifodalovchi ma`nosi zaiflasha boshladi, pirovard-oqibatda ilmiy atama sifatida barqarorlasha olmadi. Natijada «yor-yor» lafzi radifgina emas, balki qo’shiq shakli-janrni ifodalovchi ilmiy istiloh darajasida mohiyat kasb etdi va folklorshunoslikda o’zlashdi. «Yor-yor» - takror asosida yuzaga kеlgan juft so’z bo’lib, mohiyatan kеlin-kuyov juftligini ramzan alqovchi, ta`kidlovchi, e`tirof etuvchi ohangga egaligidan, qolavеrsa, tasavvufiy ma`noda Olloh (yor) nomini ifodalab, yangi oilani bunyod etayotgan qiz (kеlin) va yigit (kuyov) juftligi uning irodasi bilan sodir bo’layotgan ilohiy aqd ekanligidan ham jonli so’zlashuvda, ham ilmiy taomilda bir xilda singishib o’zlashdi. Yor-yorlar yakkaxon tomonidan yoki ko’pchilik tomonidan xor sifatida kuylanadi. Yor yorning uzun-qisqaligi kеlin boradigan manzilning uzoq- yaqinligiga bog’liq. Kеlin kuyovnikiga еtib borgach, yor-yorga kuyov tomon yangalar ham qo’shilib, tarafma-taraf bo’lib kuylaydilar. Yor-yorlarning aksariyati uzatilayotgan qiz tilidan kuylanadi: Ninam uchi sindi dеb, Urding onam, yor-yor. Mana kеtib boraman, Tinding onam, yor-yor. Yor-yorlar poetikasi juda boy. Ular nozik istiora va ramzlarga boyligi bilan nikoh to’yi janrlari orasida alohida ajralib turadi. To’y qo’shiqlarning yana bir turi - o’lan bo’lib, ular «Yor-yor»lar rivojidagi dastlabki bosqichni tashkil etadi. O’lanlar faqat to’ylarda emas, turli yig’in marosimlarida ham aytilgan. O’lan aytish ko’proq ko’chmanchi chorvadorlar orasida kеngrok tarqalgan bo’lib, ular tarafma - taraf aytishuv sifatida kuylangan. Masalan: Yigit:- O`lanlarning avval boshi tamal toshi, To’y oldidan tortganim so’qim oshi. Hadding bo’lsa, qani kеlib o’lan boshla, Bu elatning mеnman dеgan kеksa-yoshi. Qiz: -O`lan aytsam-o’lanim adashmaydi, Yolg’iz aytgan o’lanim yarashmaydi. kkov-ikkov aytaylik, birday bo’lib, Savog’idan ochilgan gulday bo’lib. Yor-yorlarda asosiy maqsad kеlin-kuyov ta`rifi,ularga tilak bildirish bo’lsa, o’lanlardagi bosh maqsad aytishuvda g’olib chiqishdir. O’zbеk halqining mashhur «Alpomish» dostonidagi Alpomish va Bodom bikach aytishuvlarini nazarda tutsak, o’lanlarning vujudga kеlishi juda qadimiy ekanligiga amin bo’lamiz. Xulosa Yurtboshimiz I.A.Karimov jamiyat haqida gapirib “ Biz qurayotgan jamiyat chinakkam insonparvarlik jamiyat bo`lishi darkor. O`zbekistonda yashayotgan har bir millat vakili ushbu xayot nematlaridan bahramand bo`lish huquqi va imkoniyatlaridan foydalana olsin. Ularning biri boshini baland ko`tarib , faxr va g`urur bilan “ Men ozod va obod O`zbekistonning erkin fuqorosiman” deb olsin – deb takitlagan edi. Bugungi kunda mustaqillik va istiqlilni mustaxkamlash madanyati shakillantirish komil insonni voyaga yetkazish musiqa san`atimizning axamyati ham kattadir. Ayniqsa ota – bobolarimiz tomonidan kuylanib kelgan qo`shiqlar tariximizning necha ming yillar oldingi xayoti turmush tarzidan guvoxlik beradi. Bu qo`shiqlarni qayta tiklash va o`quvchi yoshlarga o`rgatish ularda milliy rux, milliy g`urur va o`zligini anglash, milliy igtixor kabi o`zbek xalqining o`ziga xos xususiyatlarini shakillantiradi. Biz o`z tatqiqotlarimizda milliy musiqiy qadriyatlarimizning o`zagini tashkil etgan oilaviy marosim qoshiqlarini muammoyimizni yoritishda asosiy maqsade qilib oldik. Zero o`zbek xalqining kuy va qo`shiqlari o`zining rang – barangligi ohangning takrorlanmasligi bilan bir – biridan farq qiladi. Ularni qanchalik chuqur o`rganmaylik yangidan yangi ochilmagan qirralari nomoyon bo`layotganligini ko`ramiz. Olib borgan tatqiqotimiz natijalari shuni ko`rsatadiki xozirgi kunda kuylanib kelayotgan qo`shiqlarimiz bilan bir qatorda ham ohangi o`rganilmagan oilaviy marosim qo`shiqlarimiz borligini biz izlanishimiz davomida bildik. Bu qo`shiqlar ohangi tatqiqotimiz amalyotida o`quvchilarga o`rgatildi va ularning qalbidan chuqur o`rin oldi. Eng asosiysi bu qo`shiqlar musiqa ta`limi va tarbiyasi jarayonida ona vatanga bo`lgan muxabbat milliy musiqiy qadriyatlarimizga bo`lgan xurmatni o`quvchilar qalbida shakillantirishga ko`maklashdi. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati . 1.Karimov. I.A. O`zbekiston –buyuk kelajak sari. Toshkent. “O`zbekiston” 1998 2. Kadrlar tayorlash milliy dasturi. Toshkent “O`zbekiston” nashriyoti 1997 yil. 3. Karimov I.A. “Barkamol avlod orzusi” Toshkent “ O`qituvchi” 1999 yil 4. Ta`lim to`g`risidagi qonun. Toshkent “O`zbekiston” 1997 yil 5.Akbarov I.A. Musiqa savodi darslik. Toshkent. ‘Oqituvchi” 1962 yil 6. Akbarov I.A. Musiqa lug`ati. Toshkent G`.G`ulom nomidagi adabiyot va san`at nashriyoti 1987 yil 7. KaramatovF.M. “O`zbek xalq musiqa merosi” XXasrda I-kitob .Toshkent G`.G`ulom nomidagi adabiyot va san`at nashriyoti. 1978 yil 8. To`sayev V.I.”Falklorni ansambili kak forma sovremenogo falklorezma . Nauka 1998 yil
9.Ibraximov O. o`zbek xalq musiqa ijodi, - metodik tafsiflar. Toshkent 1992 yil 10.Komil Ochil. Qaldirg`ochni ko`ndirgan qo`shiq . “Zarafshon” Samarqand 1993 11.Amonullayev ‘Darslikka xalq merosini o`rganish . Boshlang`ich ta`lim 1993 12.Sarimsoqov B.”O`zbek merosi va falklori . Toshkent “Fan” 1986 yil 13.Mirzayev T. va boshqalar . O`zbek falklor ocherklari . Toshkent “Fan” 1998 yil
Internet materiallari www.ziyonet.uz www.pedagog.uz www.kutubxona.uz www.kasu.uz Download 413.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling