Hayotga qarshi jinoyatlar


Boshqa biror jinoyatni yashirish yoki uning sodir etilishini osonlashtirish


Download 154.5 Kb.
bet18/26
Sana18.02.2023
Hajmi154.5 Kb.
#1210448
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26
Bog'liq
Hayotga qarshi jinoyatlar

Boshqa biror jinoyatni yashirish yoki uning sodir etilishini osonlashtirish
maqsadida qasddan odam o`ldirish
(O`zR JK 97-moddaci 2-qismi «o» bandi)

Odam o`ldirishning bu turini kvalifikatsiya qilishda uning faqat to`g`ri qasd bilan sodir etilishiga e'tibor bermoq kerak. Aksariyat hollarda, odam o`ldirishning bu turi mol-mulkni egallab olishni yengillashtirish, sodir etilgan jinoyatni yashirish; guvohlarni yo`qotish, ilgari sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlikdan qutulish maqsadida sodir etiladi.


“Qasddan odam o`ldirish jinoyati JK 97-moddasi ikkinchi qismining “o” bandi bilan kvalifikatsiya qilinganda, aybdor­ning harakatlarini mazkur modda ikkinchi qismining boshqa maqsad va sabablarni nazarda tutuvchi yana biron-bir bandi bilan kvalifikatsiya qilishga yo`l qo`ymaydi. Masalan, agar jabrla­nuvchi tamagirlik niyatida yoki bezorilik oqibatida o`ldi­rilganligi aniqlansa, qilmish ayni bir vaqtning o`zida JK 97-moddasi ikkinchi qismining “o” bandi bilan kvalifikatsiya qi­linishi mumkin emas”22[23].
Agar jabrlanuvchi tomonidan tegishli organlar sodir etilgan yoki tayyorgarlik ko`rilayotgan jinoyat haqida xabar berilgan bo`lsa va aybdor jinoyatni sodir etayotganida bundan xabardor bo`lsa, uning qilmishi – o`z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsni o`ldirish sifatida O`zR JK 97-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Bunday hollarda aybdor yangi sodir etgan jinoyatini yashirishga urinmaydi chunki u jinoyat huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ma'lum bo`lib qolganligini biladi.
Bunday hollarda, aybdor o`z fuqarolik burchini bajarganligi uchun o`ch olish maqsadida jabrlanuvchini o`ldiradi.
O`zR JK 97-moddasi 2-qismi «o» bandida nazarda tutilgan odam o`ldirishni tamom bo`lgan jinoyat deb topish uchun aybdor odam o`ldirish natijasida boshqa biror jinoyatni yashirganligi yoki uning sodir etilishini osonlashtirganligi talab qilinmaydi, balki shu maqsadda odam o`ldirilganligini aniqlanganligining o`zi kifoya.
Aybdor biror jinoyatning sodir etilishini osonlashtirish maqsadida boshqa jinoyatni sodir etishga ulgurmagan hollarda, u O`zR JK 97-modda 2-qismi «o» bandi va boshqa jinoyatni sodir qilishga tayyorgarlik ko`rganlik uchun javobgarlikka tortiladi.



Download 154.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling