Hayotga qarshi jinoyatlar
O`ta xavfli retsidivist tomonidan qasddan odam o`ldirish
Download 154.5 Kb.
|
Hayotga qarshi jinoyatlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam o`ldirish (O`zR JK 98-moddasi) Obyektiv tomondan
O`ta xavfli retsidivist tomonidan qasddan odam o`ldirish
(O`zR JK 97-moddasi 2-qismi «s» bandi) O`ta xavfli retsidivist tushunchasi O`zR JK 34-moddasi 3-qismida bayon qilingan. Odam o`ldirish sodir etilgunga qadar qonuniy kuchga kirgan hukmga binoan qonunda belgilangan tartibda o`ta xavfli retsidivist deb topilgan shaxslargina JK 97-moddasi 2-qismi «s» bandi bo`yicha jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. O`ta xavfli retsidivist tomonidan odam o`ldirilgan bo`lsayu jinoyatning boshqa ishtirokchilari odam o`ldirish sodir etilgunga qadar qonunda belgilangan tartibda o`ta xavfli retsidivist deb topilmagan bo`lsalar, ular O`zR JK 97-modda 2-qismi «s» bandi bilan javobgar qilinmaydilar. Qotillik sodir etilgunga qadar qonuniy kuchga kirgan hukm bilan qonunda belgilangan tartibda o`ta xavfli retsidivist deb topilgan shaxslargina ushbu jinoyati uchun sudlanganlik olib tashlanmagan yoki qonunda belgilangan tartibda sudlanganlik xolati tugallanmagan bo`lsa, JK 97-moddasi 2 qismining “s” bandi bo`yicha kvalifikatsiya qilinadi26[27]. Ishtirokchilikda qasddan odam o`ldirish mazkur jinoyatni sodir etishdan oldin qonun bilan belgilangan tartibda o`ta xavfli retsidivist deb topilmagan qotillik sheriklarini JK 97-moddasi 2-qismining “s” bandi bo`yicha kvalifikatsiya qilinishiga olib kelmasligi kerak. Agar aybdor tomonidan JK 98-101-moddalarida nazarda tutilgan qasddan odam o`ldirish sodir etilgan bo`lsa, uning qilmishi JK 97-modda 2-qismi «s» bandi bilan o`ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan deb kvalifikatsiya qilinishi mumkin emas. Kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam o`ldirish (O`zR JK 98-moddasi) Obyektiv tomondan ushbu jinoyat jabrlanuvchi tomonidan qilingan g`ayriqonuniy zo`rlik yoki og`ir haqorat, shuningdek uning boshqa g`ayriqonuniy harakatlari tufayli to`satdan yuz bergan kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam o`ldirishdan iborat. Mazkur modda: 1) aybdorning alohida ruhiy va jismoniy holati; 2) odam o`ldirish jabrlanuvchining aybi bilan sodir etilishini hisobga olgan holda tuzilgan.. Aybdorni O`zR JK 98-moddasi bo`yicha javobgarlikka tortish uchun quyidagi uchta holatni: 1) nizoning manbai – jabrlanuvchining g`ayriqonuniy zo`rligi yoki og`ir haqorati yoxud boshqa g`ayriqonuniy harakatlari bo`lganligini; 2) nizo manbai natijasida aybdorda kuchli ruhiy hayajonlanish (fiziologik affekt) holatining yuzaga kelganligini; 3) subyektning shunday holatda to`satdan jabrlanuvchini o`ldirib qo`yganligini aniqlash zarurdir. Odam fiziologik affekt holatida o`z harakatlari uchun javob bera oladi, nima qilayotganini tushunadi, biroq o`z harakatlarini idora qilish qobiliyati ma'lum darajada bo`shashib, o`zini to`la idora qila olmaydi. Shaxs ana shu qobiliyatini to`la yo`qotgan hollarda, u patologik affekt holatida bo`ladi, bu shaxsni aqli noraso deb topish uchun shart-sharoit vujudga keladi. Affektning to`satdan ro`y berishi – jabrlanuvchining g`ayriqonuniy zo`rligi yoki og`ir haqorati yoxud boshqa harakatlariga javoban shaxs ruhiy tinch holatining jo`shqin his-tuyg`uli hayajonlanishga, portlashga o`tishi fiziologik xususiyatdir. Affektning to`satdan ro`y berish alomatini tor ma'noda tushunmaslik kerak. Aksariyat hollarda aybdor kuchli ruhiy hayajonlanish holatida uni darhol ro`yobga chiqaradi, ya'ni jabrlanuvchining o`limiga sabab bo`lgan biror-bir harakatni sodir etadi. Fiziologik affektning yuzaga kelishi va uning ro`yobga chiqarilishi o`rtasida vaqt bo`yicha uzilish bo`lmasligi lozim. Biroq, shu bilan bir vaqtda, agar jabrlanuvchini o`ldirish g`ayriqonuniy qilmish sodir etilgan paytdan muayyan vaqt o`tib sodir etilsa, lekin bu holat jabrlanuvchining o`sha qilmishi tufayli yuzaga kelgan bo`lsa, bunday o`ldirishni kuchli ruhiy hayajonlanish holatida sodir etilgan odam o`ldirish deb hisoblash kerak bo`ladi. Masalan, aybdor ayolning nomusiga tegadi va yashirinadi, ayol buni eriga aytib beradi, eri jinoyat sodir etilgan joyga yuguradi, ammo jinoyatchini topmaydi. Muayyan vaqt o`tib, xotin tasodifan tajovuzkorni uchratib qoladi va bu haqda eriga aytadi, erida kuchli ruhiy hayajonlanish paydo bo`ladi va tajovuzkorni o`ldirib qo`yadi. Affektning psixologlar va psixiatrlar aniqlashlari mumkin bo`lgan o`ziga xos alomatlari mavjud. Shu munosabat bilan, aybdorning affekt holatida bo`lgan yoki bo`lmaganligini aniqlash uchun psixologo-psixiatrik ekspertiza o`tkazilishi shart. Ekspertlarning xulosasi sud tomonida ish bo`yicha boshqa dalillar bilan bir qatorda baholanadi. Aybdorning harakatlarini JK 98-moddasi bilan kvalifikatsiya qilish uchun kuchli ruhiy hayajonlanish holati quyidagilar natijasida yuz bergan bo`lishi zarur: 1) jabrlanuvchi tomonidan qilingan g`ayriqonuniy zo`rlik yoki og`ir haqorat; 2) yoxud jabrlanuvchining boshqa g`ayriqonuniy harakatlari tufayli. Zo`rlik jismoniy yoki ruhiy bo`lishi mumkin. Fiziologik affekt holatini yuzaga keltirgan zo`rlik g`ayriqonuniy bo`lishi lozim. Aybdorning harakatlarini O`zR JK 98-moddasi bilan kvalifikatsiya qilishda bu jinoyatni O`zR JK 100-moddasi (zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam o`ldirish) dan farqlash lozim. Shuni nazarda tutish kerakki, kuchli ruhiy hayajonlanish holatida aybdor zaruriy mudofaa holatida bo`lmagan bo`lishi lozim. Agar aybdor uning manfaatlariga haqiqatan ham xavf bo`lsa, uning harakatlarida O`zR JK 100-moddasida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari bo`ladi, xavf bo`lmasa qilmishi O`zR JK 98-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Qonunda nazarda tutilgan asoslarga ko`ra va qonunda belgilangan tartibga ko`ra hokimiyat yoki jamoatchilik vakili tomonidan zo`rlik qo`llanishiga javoban o`ldirish sodir etilsa, bunday qilmish JK 98-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinmaydi, balki muayyan alomatlar mavjud bo`lganida JK 97-moddasida nazarda tutilgan javobgarlikni keltirib chiqaradi. Biroq har qanday xafa qiladigan so`zlar, hodisalar og`ir haqorat deb topilishi mumkin emas. Masalan, ishqiy aloqalarni to`xtatish, albatta, achinarli hol, ammo bu haqorat emas; turmushga chiqishni rad etish (“do`st bo`lib qolamiz” deyish); Shuni nazarda tutish kerakki, har bir alohida holda ishning holatlarini hisobga olgan holda faqat sud, qanday haqoratning og`ir ekanligi masalasini hal qilishi mumkin. Sud amaliyotida ko`pincha er-xotinning bir-biriga xiyonati oqibatida odam o`ldirish hollari uchraydi. Bunday hollarda javobgarlik masalasini qanday hal etish kerakq Er-xotinlar alohida yashashga, o`z kvartiralariga ega bo`lishga haqlidirlar va ularning ishqiy hayoti, ya'ni ularning jinsiy erkinligi hech qayerda cheklanmagan. Er yoki xotinning o`zga shaxs bilan ishqiy aloqaga kirishish qonunga xilof emas, jazoga tortilmaydi (ilgarigi jinoyat qonunlarida er-xotinning bir-biriga xiyonat qilganligi uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi modda bo`lgan). Shu munosabat bilan, er-xotin vafodorligining buzilishi hodisasi og`ir haqorat deb topilishi mumkin emas. Biroq er yoki xotinning ko`zi oldida er-xotin vafodorligining buzilishi hollarini fiziologik affekt holatini vujudga keltira oladigan og`ir haqorat deb topish zarur. Jinoyatni O`zR JK 98-moddasi bilan kvalifikatsiya qilish uchun odam o`ldirish kuchli ruhiy hayajonlanish holatida, ya'ni jabrlanuvchi tomonidan qilingan g`ayriqonuniy zo`rlik yoki og`ir haqoratga javoban to`satdan yuz berganligini aniqlash zarur. Fiziologik affekt holati g`ayriqonuniy zo`rlik yoki og`ir haqoratdan tashqari, shuningdek jabrlanuvchining boshqa g`ayriqonuniy harakatlari tufayli ham yuz berishi mumkin. Download 154.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling