Hayotning 101 qoidasi Uzbekistan 978-613-9-45185-2
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Hayotning 101 qoidasi kitobi word
- Bu sahifa navigatsiya:
- So’z boshi
“Hayotning 101 qoidasi”
yoxud “Siz o’lganingizda kim yig’laydi?” 3 Kim yig’laydi, siz o’lganingizda? Ferrarisini sotgan rohibdan hayot darslari Robin Sharma Men bu kitobni sizga bag’ishladim, aziz mushtariy. Siz atrofdagilaringizni hayotini o’zgartirishingiz davomida, bor iqtidoringizni namoyon qilish uchun shu sahifalardagi hayot darslariga murojaat qilishingiz mumkun. Bu kitob mening farzandlarim, Kolbi va Biankaga ham bag’ishlanadi, mening ikki o’qituvchimga. Men sizlarni yaxshi ko’raman. Hayot fojiasi o’lim emas, balki tirikligimizda ichimizda nimanidir o’lishiga qo’yib berishdir.- Norman Kauzins 4 So’z boshi Men siz bu kitobni tanlaganingizdan xursandman.Agarda siz shunga qaror qilgan bo’lsangiz, demakki, mulohazaliroq zavqliroq va to’laligicha hayot kechirishni xohlaysiz. Siz o’zingizning imkoniyatingiz yuzasidan emas, o’z tanlovingiz, majburiyatdan emas,o’zingiz orzu qilgandek yashashga qaror qilgansiz.Va men sizning bu qaroringizni ma’qullayman. Men “Ferrarisini sotgan rohib”–ga o’xshash ikki kitobni yozganimdan so’ng o’rgangan ilmlari orqasidan hayotlari o’zgarib ketgan mushtariylarimdan juda ko’p xatlar ola boshladim. Bu erkak va ayollarning sharhlari meni ruhlantirdi va olg’a intilishga chorladi. Ularning ko’pchiligi yashash haqida o’zlashtirgan bilimlarimni bir nechta hayot darslariga aylantirishimga turtki buldi.Shunday qilib, men ularning eng yaxshilarini to’plab, bitta kitobga jamladim va ular sizning hayotingizni o’zgartirishiga ishonaman. Sahifalardagi so’zlarni yuragimning tub tubidan chiqarib yozganman, umid qilamanki, siz bu bilimlarni oddiygina hayot xatolarini tuzatish uchun emas balki hayotingizni juda katta miqdorda o’zgartirishga sarflaysiz. O’z tajribamdan kelib chiqadigan bo’lsam, bilishimcha, faqatgina nima qilishni bilishning o’zi yetarli emas, biz o’zimiz xohlagan hayotda yashash uchun harakat qilishimiz kerak. Siz Ferrarisini sotgan rohib yo’sinidagi kitoblarni varaqlar ekansiz, kasbiy, shaxsiy va ruhiy hayotingizni boyitish uchun zarur bo’lgan bilimlar xazinasini kashf etasiz. Iltimos, hayot yo’lingizda bu kitobdan qay darajada foydalanganingiz haqida menga xat yozing, e-mail jo’nating yoki seminarlarimda ishtirok etib ularni men bilan bo’lishing. Men sizning xatlaringizga albatta javob yozaman. Men sizga xotirjamlik, ulkan rivojlanish va aniq maqsadlar yo’lida baxtli kunlarni o’tkazishingizni tilayman. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling