Hayotning 101 qoidasi Uzbekistan 978-613-9-45185-2
Halollik falsafasini rivojlantiring
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Hayotning 101 qoidasi kitobi word
6.
Halollik falsafasini rivojlantiring Biz va’dalar bajarilmaydigan zamonda yashayapmiz. Shunday zamonga keldikki, insonlar so’zlarni yengil-yelpi ishlatishyapdi. Biz biror do’stimizga keyingi hafta tushlikka taklif qilish uchun qo’ng’iroq qilishimizni aytamiz. Vaholanki, bunga umuman vaqtimiz yo’q. Kasbdoshimizga o’zimiz sevgan kitobimizni olib kelishimizni aytamiz, ammo buni hech qachon qilmaymiz. Yoki yangi yilda xatolarimizni tuzatib, o’zga insonga aylanishimizni o’zimizga va’da qilamiz, lekin hayotimizni yana oddiy o’yin-kulgu bilan, hech qanday jiddiy hayotiy o’zgarishlarsiz va shu o’zgarish uchun jiddiy maqsadlarsiz davom etamiz. Muammo shundaki agar siz so’zingizda turmasangiz ishonchlilikni yo’qotasiz. Bu esa o’z o’rnida bir qator munosabatlarning buzilishiga olib keladi. Halollik falsafasini rivojlantirish uchun hafta davomida qancha siz mayda-chuyda deb bilgan yo’lg’on so’zlaringizni tekshirib chiqing. Keyingi haftada esa men “ishonch tezligi” deb nomlagan tog’ri gapirishni o’zingiz va boshqa aloqa qiladigan insonlaringiz bilan qo’llang. 10 Har safar to’gri ish qilishdan qaytganingizda notog’ri ishlarni qiladigan odatingizni rivojlantirib borasiz. Har safar yolg’on so’zlaganingizda, aldoqchilik odatingizni oziqlantirib borasiz. Biror kishiga nimanidir qilishga va’da berdingizmi bajaring. Har doim gapirib hech qanday harakat qilmaydigan inson bo’lgandan ko’ra bir so’zli shaxs bo’ling. Ona Tereza aytganlaridek: “Kamroq gapirish kerak; voizlik qilish emas. Unda nima qilish kerak? Shunchaki supurgini olingda kimningdir uyini tozalang. Shuning o’zi yetarli gap bo’ladi”. 7. O’tmishingizni qadrlang Har bir sekundni o’tmishingizda yashab o’tganingizda, vaqtni kelajagingizdan o’g’irlab olasiz. Har daqiqani muammolaringizga e’tibor qaratishga sarflaganingizda uning yechimini topishga vaqt qolmaydi. Yoki siz orzu qilgan narsalarning amalga oshmasligini o’ylayverganingizda, o’sha narsalarning hayotingizga kirib kelish yo’llarini yopib tashlaysiz. Haqiqat shundaki, kuni bilan kim bo’lishni o’ylasangiz o’sha insonga aylanasiz. O’ylagan narsangizni ikkinchi bor boshdan kechirishni xohlamagunizcha, o’tmishdagi xato va kamchiliklar haqidagi xavotir uyg’onmaydi. O’tmishdan o’rgangan hayot darslaridan foydalangandan ko’ra yuqori darajadagi doimiy ogohligingizni kuchaytirganingiz yaxshiroq. Hayotdagi katta muvaffaqqiyatsizlik uning katta imkoniyatlariga yo’l ochadi. Yevropa antik davri mutafakkirlari ta’kidlashicha: “Eng arzirli baxt bu- baxt uchun bo’lgan eng buyuk o’zgarishlarni bajargandadir”. Agar siz ko’p marotaba hayot qiyinchiliklaridan azoblangan bo’lsangiz, balki bu sizni kelajakdagi katta maqsadlar uchun tayyorlab boradigan sinovlarda, erishadigan tajribalaringizda donolik bilan ta’minlanganidir. Mana shu hayot qiyinchiliklaridan kelajagingiz rivoji uchun foydalaning. Shuni eslab qolingki, baxtli insonlar ham xuddi baxtsiz insonlardek qiyinchiliklarni boshdan kechirishadi. Faqat ular hayotlarini boyitishda o’tmish xotiralaridan to’g’ri foydalanadi. Shu narsani tushungan holda, agar siz boshqalardan ko’proq yiqilgan bo’lsangiz, unda siz uchun hayotda ko’proq to’la-to’kis yashash uchun imkoniyat bor. Boshqalardan ko’ra ko’proq imkoniyatlarga ega bo’lgan insonlar odatda ko’proq muvaffaqqiyatsizlikka uchraydi. Lekin shaxsan men hayotda biror ishni hech qachon qilib ko’rmagandan ko’ra, uni qilib ko’rishga va keyin muvaffaqqiyatsizlikni boshdan kechirishga kuch topishni afzal ko’rardim. Men shunchaki qulay, tinch va zerikarli hayotda yashashdan ko’ra o’zimning insoniy chegaralarimni kengaytirib, qilib bo’lmaydigandek tuyuladigan narsalarni ehtimollikka chiqarishni afzal ko’raman.Mana shu hayotiy muvaffaqqiyatning mohiyatidir. Geradot donolarcha aytganidek: “Kutilayotgan dushmanlarga oliyjanoblik bilan qarshi kurashish, nima bo’lishini qo’rqib 11 kutib o’tirgandan ko’ra yaxshiroq”. Yoki adib T. Vashington shunday degan edi. “Men omadni biror inson hayotda erishilgan yutuqlariga qarab emas, omadga erishish yo’lida qanchalik to’siqlarga uchraganiga qarab o’lchanishini o’rgandim”. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling