Hayotning 101 qoidasi Uzbekistan 978-613-9-45185-2


  Jismoniy tarbiyaga ahamiyat bering


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/77
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1759465
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   77
Bog'liq
Hayotning 101 qoidasi kitobi word

15. 
Jismoniy tarbiyaga ahamiyat bering
 
Bir necha oy oldin, bahs-munozara o’tkazadigan bir kasbdoshim bilan tushlikni birga 
qilgandik. O’shanda biz band ish-jarayonimizda diqqatimizni bir joyga jamlaydigan
muvozanatda ushlaydigan narsalar haqida so’z yuritdik. Sherigim bir fikrni aytib qoldi: 
“Robin, - dedi u,- ko’pgina insonlar muntazam ravishda xayollarini bir joyga 
jamlashlari uchun cherkovga yoki ibodatxonaga borishadi. Men bunday paytlarda 
boshqacharoq yo’l tutaman. Men gimnastika zaliga boraman va bu mening 
ibodatxonamdir”. U gaplariga qo’shimcha qilib, u qanchalik band bo’lmasin, har kuni 
soat kechki 5:30 da ofisini yopib, “kunlik ibodatini”, ya’ni bir necha millarga yugurib 
mashq bajarishini aytdi. Uning sog’lomligini va baxtiyorligini ta’minlab turadigan bu 
vaqtda uni hech nima to’xtatib qololmas ekan.
Do’stimning mulohazasi qadimgi Rimliklarning bir maqolini esimga keltirib yubordi. 
Uni men birinchi – “Megaliving” deb nomlangan kitobimga keltirgan edim. Maqol lotin 
tilida “mens sana in corpora sano” deb aytilar va “sog’lom tanada sog’lom miya dam 
oladi” deb tarjima qilinar edi. Buni o’ylash jarayonida yana bir narsani angladim:
bizning tanamiz ham ibodat qilish jarayonidek alohida e’tiborga va muolaja qilishga 
muhtoj. Agar biz hayotimizda to’la - to’kis sog’lom yashashni umid qilsak, tanamizni 
xuddi ilohiy narsadek asrashimiz kerak ekan. Doimiy mashqlar nafaqat sog’ligingizni 
yaxshilaydi, 
balki 
yana 
ham 
aniqroq 
fikrlashingizga 
yordam 
qiladi. 
Yaratuvchanligingizni 
rivojlantiradi, 
kuningizni 
egallab 
olgan 
stressni 
boshqarishingizga imkon yaratadi. Bundan tashqari, tatqiqotlardan ma’lumki, 
badantarbiya bilan shug’ullanish nafaqat hayotingizga yillar qo’shadi, balki 
yillaringizga hayot bag’ishlaydi. Garvardning 18,000 ta bitiruvchilaridan olingan 
tatqiqotlarning birida shu narsa tasdiqlangan: badantarbiya bilan shug’ullanishga 
sarflagan har bir soat, ishtirokchilarga 3 soatdan umr bag’ishlar ekan. Unutmang:
“Kimki vaqtini badantarbiya bilan shug’ullanishga sarflamas ekan, bir kun kelib 
kasalligini davolash uchun vaqt sarflashi kerak bo’ladi”.
O’zimga keladigan bo’lsak, haftada besh marotaba suzish mashqi bilan shug’ullanishni 
maqsad qilib qo’yganman. Suzish sizga qanaqadir yangilanish kuchini taqdim qiladi. 
Men buni qanday tasvirlashni bilmayman. Men shu maqsadni (haftasiga 5 marta suzish) 
har bir haftada bajarishni orzu qilardim. Ammo, ba’zida qila olmayman. Shunga 
qaramasdan, shunday katta maqsadim mening sog’lom bo’lishim, o’zimning umumiy 
holatim va yaxshi yashashimda muhim ahamiyat kasb etishini eslatib turadi. Ba’zi bir 
suzishdagi kamchiliklarni hisobga olmaganda, har suzganimda men doimo bir xil 
natijani ko’raman: men o’zimni energiyaga to’la, muloyim, baxtiyor va bir
muvozanatda turgandek his qilaman. Mashg’ulotlarim yana men bebaho deb 
hisoblaydigan o’zgacha dunyoqarashni taqdim qiladi. Qirq daqiqalik suzishdan so’ng,


19
men bartaraf etishga urinayotgan muammolarim kichkinadek tuyuladi, xavotirlarim 
arzimasdek ko’rinadi. Shu sababdan o’sha paytda ko’nglim xotirjam holatda bo’ladi. 
“Jismoniy ibodat” mashg’uloti bilan shug’ullanish menga doimo bir narsani eslatadi: 
hayotning eng buyuk - katta zavqlanishi bu uning eng oddiy narsalaridadir.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling