Hayotning 101 qoidasi Uzbekistan 978-613-9-45185-2


  Unutmang, qobiliyat 99 % qiziqish mahsulidir


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/77
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1759465
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   77
Bog'liq
Hayotning 101 qoidasi kitobi word

14. 
Unutmang, qobiliyat 99 % qiziqish mahsulidir
 
Tomas Edisonning mashhur bir fikri bor edi: “Qobilyat 1 % qiziqishdan va 99 % 
harakatdan mavjud bo’ladi”. Men hayotda to’la-to’kis va muvaffaqqiyatli yashash
uchun, avvalo, mehnat qilish zarurligiga ishonaman. Ammo, o’ylashimcha, dunyoni 
o’zgartiradigan kuchli ilhom va ishonch hissi muhimroq xususiyatdir.
Dunyoning eng buyuk daholari boshqalar hayotini yaxshilash yo’lida xohishlari 
tomonidan boshqarilib ilhomlantirilgan, ya’ni qiziqtirilgan. Ularning hayotlarini 
o’rganganda, ana o’sha xohish ularning ko’pchiligining xayolini band qilganini 
anglaysiz. Bu xohish ular miyalarining har bir hujayralarigacha band bo’lgan. Edison 
ilhomlanib, xayolotidagi ekranli rasmda ko’rgan tasvirni reallikka ko’chirdi. Daxshatli 
og’riqdan azoblanayotgan insonlarga yordam berish istagi sababli Jonas Solk 
poliomiyelit vaksinasini yaratdi. Nobel mukofoti sovrindori - olima, Mariya Kuriye esa 
insoniyatga xizmat qilish istagida radiumni kashf etdi. Vudrov Vilson aytganidek: “Sen 
bu dunyoda shunchaki yashash uchun kelmagansan. Balki, dunyoni yana ham to’kin- 
sochinlik, yaxshi muvaffaqqiyat va umid ruhida o’zgartirishing uchun shu yerdasan. 
Sen dunyoni boy qilish uchun shu yerdasan. Agar sen o’z vazifangni unutsang, o’zingni 
o’zing kuchsizlantirasan”.
Hayotingiz davomida siz qanchalik biror narsani istagansiz yoki biror narsadan 
ilhomlangansiz? Siz hech biror dushanba ertalabida yotog’ingizdan sakrab 
uyg’onganmisiz? Yoki butun tanangiz, vujudingiz bo’m-bo’sh bo’lib shunchaki 
yotganmisiz? Agar sizning ilhomingiz - qiziqishingiz o’ylaganingizdan ham kamroq 
bo’lsa shaxsiy rivojlantiradigan, o’zingizga o’zingiz yordam berishni o’rgatadigan 
kitoblardan o’qing, ruhlantiruvchi audiolarni eshiting. Siz hurmat qilgan shaxsning 
ommaviy 
ma’ruzalariga 
qatnashing. 
Qahramoningiz 
bo’lgan 
insonlarning 
avtobiografiyasini o’qishga bir necha soatlaringizni bag’ishlang. Qilayotgan ishlaridan 
o’zlari mamnun bo’lgan va shu ishdan rohatlanib, butun borlig’ini hayotda eng zo’r 
bo’lishga bag’ishlagan insonlar bilan muloqot qilishga vaqt sarflang. Sog’lom 
miqdordagi ruhlantirish bilan hayotingizni juda tez fursatlarda yangi bosqichga o’tkazib 
olasiz.


18

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling