Hayotning 101 qoidasi Uzbekistan 978-613-9-45185-2
Bekam-u ko’st yashang, xursand bo’lib dunyodan o’tasiz
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Hayotning 101 qoidasi kitobi word
- Bu sahifa navigatsiya:
- Document Outline
101. Bekam-u ko’st yashang, xursand bo’lib dunyodan o’tasiz
Ko’p odamlar hayotni o’lishlaridan oldin o’zlari uchun kashf qila olishmaydi. Yosh vaqtimizda kunlarimizni ijtimoiy ishonchimizni saqlashga harakat qilamiz. Biz hayotning qulayliklari ortidan quvish bilan band bo’lib, bolalikni sog’inamiz : yomg’irli havoda bog’ atrofida raqsga tushganimizni, atirgul ekkanimizni yoki quyosh chiqishini kutganimizni. Biz baland tog’lar bilan o’ralgan arsda yashaymiz, lekin hali biz ideal bo’lganimiz yo’q. Bizda balanddan-baland binolar lekin kamdan-kam mehr-muruvvat , ko’p mol-mulk lekin kam uchraydigan baxt, aqlga to’la miya lekin bo’m-bo’sh hayot bor. Tobutingizga yetganda hayotning mazmuni nima ekanligini bilishni kutib o’tirmasdan, siz unda qimmatbaho rolni o’ynay olishingiz kerak. Insonlar hayotining orqa tomonidagi narsalarga e’tibor berishadi: bilim olishdan ko’ra ular narsalarga erishish ketidan quvishadi, lekin baxt bu siz erishadigan narsa emas, siz yaratadigan narsadir. Qachonki ishlaringiz natijasi o’z mevasini bersa, yuqori qobiliyatingizni maqsadlaringiz, insonlar hayotiga yaxshilik kiritish uchun sarf etsangiz baxt va hayotning to’kisligi sizning yoningizga o’zi keladi. Barcha nopok narsalar hayotingizdan uzoqlashsa, haqiqiy ma’no yuzaga chiqadi: nimadir qilish uchun 80 o’zingizga harakat qilgandan ko’ra ko’p kuch sarflash. Oddiy aytilgan, hayotning maqsadi bu maqsadning hayoti. Bu so’ngi dars bo’lar ekan, men bu kitobni sizlar bilan bo’lishishni afzal bilaman, Sizlarga hikmatlarga to’la buyuk hayot, baxt va to’kin-sochinlik tilayman. Kuningizni kitobdan rohat olib, ilhomlanib, uni sevib o’tkazishingiz mumkin. Men so’zim oxirida so’ngi darsni mening izohlarimdanda mukammal tushuntira oladigan Jorj Bernard Shouning dono fikrini aytib o’tmoqchiman: Bu haqiqatdan ham hayotning mazmuni. Ma’lum maqsad uchun o’zini baxshida etish-qudratli kuch, kasallikning virusi va shikoyati bo’lish o’rniga tabiatning kuchi bo’lish sizni baxtli qiladi. Mening hayotim butun jamiyatga bog’liq va shuningdek, men nima qilishimdan qat’iy nazar bu men uchun iftixor. Men hayotdan ko’z yumganimda ham, mendan foydalanishlarini xohlayman. Qancha qattiq ishlasam, shuncha ko’p yashayman. Men hayotimdan xursandman. Hayot men uchun qisqa sham emas. U hamma yoqqa tarqalgan mash’alaning turi bo’lib , men uni qo’limga olib , kelajak avlodga berish oldidan yorqin alanga olishini istaym Document Outline
Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling