Hayotning 101 qoidasi Uzbekistan 978-613-9-45185-2
O'zgatirishingiz mumkin bo'lmagan narsalar haqida tashvishlanmang
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Hayotning 101 qoidasi kitobi word
- Bu sahifa navigatsiya:
- 90. Sayr qilishning sirlari
89.
O'zgatirishingiz mumkin bo'lmagan narsalar haqida tashvishlanmang Vaqt o’tib hayotimdagi qiyinchiliklarga duch kelganda, tinchlikparvar Reinxod Neiburrning fikriga qaytaman: "Xudo, bizga o’zgarmaydigan narsalarni tinchlik bilan qabul qilish uchun marhamat ber, o’zgarishi kerak bo’lgan narsalarni o’zgartirishga ruhlantir, narsalarni bir-biridan farqlay olish uchun aql ber”. Men yetakchiligidagi murabbiylik dasturlarida foydalanadigan mashqdan o'tgan bir ishbilarmon boshqaruvchining 54 foiz fikri hech qachon sodir bo'lmagan narsalar bilan bog'liqligini aniqladi; 26 foizi o'zgarishi mumkin bo'lmagan harakatlar haqida edi; 8 foiz fikrlari haqiqatan ham ahamiyatsiz bo'lgan odamlar fikri bilan bog'liq; 4 foizi shaxsiy sog'liq bilan bog'liq muammolarni hal qilishdi; va faqatgina 6 foizi e'tiborga loyiq bo'lgan haqiqiy muammolarni ilgari surdi. U tashvishga tushib qolishi va keyinchalik hech narsaga mos kelmasligi yoki energiyasini to'liq yo'qotishi mumkinligi bilan bu odam unga to'sqinlik qilgan muammolarning 94 foizini yo'qotdi. 90. Sayr qilishning sirlari Taxminan o'n yil burun otamdan pochta orqali xat oldim. Uning oldingi varag’iga quyidagi yozuv yozilgan, eskirib qolgan kitob edi: "Hurmatli Robin, bir muncha oldin men bu kitobni kitob sotadigan do'kondan olganman. Ushbu kitob uchun to'langan pul nominal bo'lsa-da, uning qiymati beqiyos. Men o'qiganimdan juda xursandman va umid qilamanki, sen ham shunday his qilasan. Seni yaxshi ko’raman, otang. " 1946-yilda nashr etilgan ushbu kitob "Hayotning eng yaxshi qismini olish" deb nomlangan va bu mening kutubxonamdagi dono adabiyotlardan biri bo’lib, insonga yordam bera oladigan xazinalardan biridir. Men hayotning ko'plab mavzularida "Uyg'onish va tirik qolish!", "Uzoq vaqt davomida biznes qilish" va "Qanday qilib kuniga 24 soatda yashash" kabi sarlavhaga ega bo'lgan qisqa maqolalardan iborat kitobni o’qidim, yillar mobaynida ulardan ko’p darslar oldim. Bu chindan ham bebaho meros. Yaqinda yomg'irli kunlarda, men kitobni chiqarib, turli bo’limlarni varaqladim va "Qanday qilib sayr qilish kerak" deb nomlangan sarlavhada to’xtadim. Unda muallif Alan Devoe sayr etishning eng yaxshi yo'lini o’rganish uchun o'z fikrlarini aytib o’tgan . 73 Birinchidan, u maslahat beradiki, sayrga chiqishdan hech qachon aniq maqsadingiz bo’lmasligi kerak. Boradigan joyingiz o’rniga,sayrning go’zalligi haqida o’ylang. Ikkinchidan,sayrga chiqqanda xavotirlaringizni o’zingiz bilan birga olmang. Ularni uyda qoldiring, agar bunday qilmasangiz, sayrning oxirida ular sizning fikringizga chuqur ildiz otadi. Va nihoyat, e’tiborli bo'ling. O'zingizni diqqatga sazovor joylar, har xil ovozlar va hidlarga to'la e'tibor qarating. Daraxtlardagi barg shaklini o'rganing. Bulutlarning go'zalligi va gullarning hididan bahramand bo’ling. U oxirida shunday xulosaga keladi: "Dunyo uchun inson qarash, hidlash, kichik bo’lagini his qilish va u bilan yolg'iz qolish imkoniyatini topsa dunyo unga qarshilik qilmaydi. Dunyo bilan tanishish - siz bolaligingizda his qilgan sehrli baxt va hayratni yangilash - bu sayr qilishning maqsadidir. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling