Hayotning 101 qoidasi Uzbekistan 978-613-9-45185-2
Omma oldida nutq so’zlang
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Hayotning 101 qoidasi kitobi word
87. Omma oldida nutq so’zlang
Men notiq sifatida rahbarlik, shaxsiy samaradorlik va hayotni yaxshilashga ixtisoslashgan professional ma'ruzachi sifatida Brein Trasi, taniqli motivatsion ma'ruzachi, professor Jon Koter, mashhur aktyor Kristofer Reve va musiqa yulduzi Jevel kabi taniqli shaxslar singari dunyodagi eng yaxshi ekspertlarga ega bo'lgan dasturlarda paydo bo'lish sharafiga egaman. Men yiliga yetmish beshta yirik anjumanlarda asosiy rolni o’ynayman va Shimoliy Amerika, Karib dengizi va Osiyoda katta auditoriyalar nutq so’zlayman. Biroq, hayotimdagi eng katta qo'rquv, omma oldida gapirishim ekanligidan juda kam kishi xabardor. Maktabda o’qib yurgan kezlarim, muvaffaqiyatsizlikdan qo'rqib odamlar oldida gapirishdan qochganman. Agar men o'qituvchim menga sinfda og'zaki ma'ruza qilishni yoki muayyan mavzuda gapirishni iltimos qilsalar, men doimo uzr so'rab rad javobini berardim, mening qo’rquvim doim o’zimga bo’lgan ishonchga salbiy ta’sir qilgan va 71 ko’p ishlar qilishimga to’sqinlik qilgan. Ammo qalbimdan bajara olishimga ishonardim. Men Deyl Karnegi tashkilotidan ommaviy nutq kursiga bormaguncha shu ahvolda yuraverdim. Ilk qatnashgan nutq kurslarimdanoq o’zim uchun yangi dunyoni kashf qildim. Men qo'rquvim borasida yolg'iz emasligimni angladim. Ko’pchilik uchun katta omma oldida nutq so’zlash hatto o’limdan ham battar ekan. Katta bir guruh bilan suhbatlashish, o’zingizni chetga olib, faqat o’z doirangizda yashashingizdan saqlaydi. Biroq, ikki narsa omma oldida nutq so'zlashdan qo’rqishingizning oldini olishi mumkin (boshqa qo'rquvlardan ham): tayyorgarlik va amaliyot. Siz guruhlar oldida nutq so'zlash uchun tayyorgarlik ko'ring va guruh oldida mashq qilish uchun muntazam forumlar taklif qiladigan ommaviy nutq kurslarini toping, tez orada siz qo'rquvingizni boshqarasiz va oxir-oqibat uni egallaysiz. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling