Hayotning 101 qoidasi Uzbekistan 978-613-9-45185-2


 Munosib raqiblar tanlang


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/77
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1759465
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   77
Bog'liq
Hayotning 101 qoidasi kitobi word

83. Munosib raqiblar tanlang 
Yaqinda olimpiadadan qaytgan sportchilar olimpiadadan keyingi depressiyaga tushib 
qolganlari haqida o’qib qoldim. Dunyo e’tibori markazida bo’lib, bir necha yillar 
davomida shu musobaqa uchun qattiq tayyorgarlikdan keyin, jamoa avvalgi hayotiga 
qaytadi va tushkunlikka tushib qoladi. Muvaffaqiyat cho’qqisiga chiqib olgandan so’ng, 
ular uchun erishishga boshqa kuchliroq maqsad qolmaydi va hayot o’z mazmunini 
yo’qotadi. Shunga o’xshash voqeani oy bo’ylab sayohat qilgan Apolo astranaftlari ham 
o’z tajribalarida uchratgan. Maqsadlariga ershishgandan so’ng, ular g’amgin bo’lib 
qolishadi. Chunki ular uchun hayotda koinot bo’ylab aylanish kabi baxt yo’q. Hayotda 
doimo qiziqish va optimistlikni saqlab qolish uchun, siz doimo oldingizga katta va 
kattaroq maqsadlar qo’yishingiz kerak bo’ladi. Birgina maqsadga erishish uchun, u xoh 
kasbiy, xoh shaxsiy bo’lsin, undan keyin darhol boshqa yangi maqsad ham tayyor 
bo’lishi juda muhimdir. Men kuchayib boruvchi va band qiluvchi ana shunday 
maqsadlarni “munosib raqib tanlash” deb nomladim. Men advokatlik bilan 
shug’ullanayotgan paytlarimda juda ham ko’p vaqtimni o’z mijozlarimning huquqlarini 
himoya qilib, sud zalida o’tkazardim. Yillar davomida men kuchli raqiblar bilan
qarama – qarshi turganimda, doimo yaxshi ishtirok etganimga amin bo’lardim. O’sha 
tajribali, yaxshi tayyorlangan sudlashuvchilar mening o’z davolarimni to’g’ri tahlil 
qilishga undashardi. Munosib raqiblar meni jon - jahtim bilan, ich - ichimdan xohlab 
biron bir ishga kirishishimga majburlashardi.
Xuddi shunday undovchi maqsadlarni tanlash, sizning bor talantingizni namoyon 
qiladi. Shuni unutmangki, olmos kuchli bosim ostida yaratiladi. Shunday ekan, o’z 
oldingizga arzirli maqsadlar qo’ying. Shunga amin bo’lingki, sizning g’oyangiz bor 
vujudingiz bilan har birni ishni qilishga undasin va shu o’rinda sizga o’sish va 
rivojlanishga yordam bersin. O’zimning murabbiyligim davomida, ko’plab


68
mamlakatlarda bo’lardim. Va darslarimda ishtirok etuvchilarning allaqachon ham
kasbiy ham shaxsiy yutuqlarga erishib bo’lishgan edi.Ular hurmat qozonishgan
mashhur bo’lishgan va o’zlari bajarayotgan kasbdan va o’z hayotlaridan zavqlanib 
yashashadi. Biroq ular haligacha mening seminarlarimda qatnashishda davom ettishdi. 
Chunki ular hayotda bundan ham yuqoriroq natijalarga erishishlariga ishonishadi va 
hayot ular uchun hali ko’p imkoniyatlarni saqlab qo’yganini bilishadi. Ular o’zlarining 
yashirin qobiliyatlarini yuzaga chiqarish va bitmas tuganmas meros qoldirish uchun 
oldilaridagi barcha to’siqlarni olib tashlab, o’zlarini yuqori darajada tutib turushlari 
lozimligini tushunib yetishgan. Shunday ijobiy o’zgarishlarga bo’lgan munosabarlari 
tufayli butun bir koinot ularni qo’llab quvvatlaydi.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling