Hayotning 101 qoidasi Uzbekistan 978-613-9-45185-2


 Telefoningiz jiringlagan paytda har doim ham go`shakni ko`tarmang


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/77
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1759465
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   77
Bog'liq
Hayotning 101 qoidasi kitobi word

81. Telefoningiz jiringlagan paytda har doim ham go`shakni ko`tarmang 
Telefon sizning qulayligingiz uchun yaratilgan, sizga qo`ng`iroq qilganlarning 
qulayligi uchun emas. Biroq biz qo`ng`iroq ovozini eshitganimiz zahoti xuddi o`t 
o`chiruvchilar singri telefon tomon yuguramiz. Biz o`zimizni xuddiki butun bir 
hayotimiz shu qo`ng`iroqqa beradigan javobimizga bog`liq bo`lgandek tutamiz. Men 
tinchgina oila davrasini, berilib kitob o’qiyotgan paytlarni shu telefon orqali vayron 
qilgan odamlarni ko’rganman. Ovozli xabar unchalik mukammal bo’lmasada, hozirgi 
kunda juda ommalashib ketdi. U sizga xabarlarga vaqtingizni topib, javob berish 
imkonini beradi. Siz vaqtingizni qo’ng’iroqqa javob berish bilan emas, balki boshqa 
kerakli ishlar bilan shug’ullanasiz. Mening hayot tajribamdan kelib chiqadigan bo’lsam, 
agarda siz telefonga darhol javob berishga o’rgangan bo’lsangiz, undan qutulish ancha 
qiyin bo’ladi. Telefon tomon yuguring faqatgina kim qo’ng’iroq qilayotganligini bilish 
uchun. Doimo qo’ng’iroqga javob berish, o’zimiz unchalik yoqtirmaydigan ishlarning 
bajarilishini kechiktirishga bir bahona xolos. Agarda siz bir marta telefon 
jiringlayotganiga e’tibor qaratmay, kitob o’qishni, turmush o’rtg’ingiz bilan 
suhbatlashishni va farzandlaringiz bilan o’ynashni davom ettirsangiz, hayotda telefonga 
javob berishdan ko’ra muhimroq ishlar ko’pligiga amin bo’lasiz.


67
82. Hordiq qaytadan tug’ulishdir 
Ishdagi charchoqdan so’ng, kravatda buralib yotib, 3-4 soatlar davomida televizor 
ko’rish oson. Qizig’i shuki, agarda siz boshqa odamlarga o’xshasangiz, siz televizor 
ko’rguncha emas, balki televizor ko’rgandan so’ng juda charchaysiz.
Hordiq chiqarish muvozanatli hayot uchun juda katta ahamiyatga ega. Lekin dam 
olish sizga qaytadan tug’ilishdek, ta’sir qiladi. Dam olish sizning kayfiyatingizni 
tiklashi va sizni qaytadan hayotga qaytarishi kerak. Haqiqiy hordiq sizni optimizm va 
kuch-qudratga to’ldirib yuboradi. To’g’ri, dam olish sizning botiniy hayotingiz bilan 
bog’liq bo’ladi. Platon aytgan edi: “Men bilamanki, yaxshi tana o’z ustunligi yuzasidan 
qalbni o’zartira olmaydi, lekin aksincha yaxshi qalb o’z ustunligi bilan tanani o’stirish 
imkoniga ega”. Samarali hordiq yurakka taskin beradi.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling