Hayotning 101 qoidasi Uzbekistan 978-613-9-45185-2


 O’zingizga unchalik qattiqqo’l bo’lmang


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/77
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1759465
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   77
Bog'liq
Hayotning 101 qoidasi kitobi word

79. O’zingizga unchalik qattiqqo’l bo’lmang 
Ko’p vaqtingizni qilgan xatolaringiz uchun o’z-o’zingiz bilan urishib o’tkazish juda 
oson. Aniqlanishicha, allaqachon qilinib bo’lingan ishlarni takroran analiz qilib 
o’tirish xatodir. Hech qachon o’tib ketgan har bir narsalarga bundanda yaxshi bo’lishi 
mumkin edi, degan xayolda chuqur to’xtalib turish kerak emas. O’zingizga bu darajada 
qattiqqo’l bo’lishni to’xtating. Inson uchu xato qilish tabiiydir. Agarda siz xuddi shu 
xatolarni boshqa takrorlamasangiz, siz to’g’ri yo’ldasiz. Xatolaringizni tushunib 
yetgandan so’ng, ularni unuting. Mark Tvein yozganidek, “Biz tajribalarimizdan to’g’ri 
xulosa chiqarishimiz kerak, aks holda issib yotgan pech ustiga borib o’tiradigan 
mushukga o’xshab qolamiz. U hech qachon qayta uning ustiga borib o’tirmaydi, lekin 
endi u sovuq pechning ham ustiga birib o’tirmaydi”.
Xatolar biznig o’sish va rivojlanishimizda katta ahamiyatga ega. Biz mukammal 
bo’lishimiz shart emas. Xuddiki tog’lar orasidan oqib kelayotgan suv kabi doimo 
harakatlanib, oxir oqibat tinch va osudalikda qolishimiz kerak.
Hayotda eng muvaffaqiyatli inson bo’lish uchun, jurnalingizning chap tomoniga 
hayotda qilgan eng katta xatolaringizni yozib qo’ying. Keyin, o’ng tomoniga o’sha 
xatolardan o’rganganlaringizni yozing. Shu bilan, hayot bu xatolarsiz bunchalik go’zal 
bo’lmasligini tushunib yetasiz. O’zingizga muloyim bo’ling, hayot qanday bo’lsa,


66
shunday qabul qiling. Holbuki, ularga shaxsiy rivojlanish, o’z-o’zini tarbiyalash va uzoq 
muddatli o’rganish va boshqalar kiradi.
80. Sokinlikda o’tirishga qaror qiling 
Buddist rohiblarda irodali bo’lish va kuch to’plash uchun, bir necha yillar davomida 
qo’llanib kelinadigan usul mavjud. Bu sukut saqlashdir. Bir necha daqiqa davomida jim 
o’tirish, sizga o’z-o’zini boshqarish va irodani mustahkamlash imkonini beradi, chunki 
siz gapirish uchun energiya sarflamayotgan bo’lasiz.
Ba’zi odamlar keragidanda ko’p gapirishadi. Biz doimo aytishimiz kerak bo’lgan 
gaplar qolib, boshqa bir keraksiz narsalar haqida gapiramiz. Bu tartibning yo’qligidan 
dalolat beradi. Tartibni saqlash uchun siz faqatgina kerakli so’zlarni aniq bayon qilib, 
bekorchi narsalarni aytishga vaqt sarflamasligingiz kerak. Qisqa va lo’nda nutq - aniq 
fikrning alomatidir.
Shaxsiy tartibni rivojlantirish uchun siz kuniga kamida bir soat xotirjamlikni 
saqlashingiz kerak. Lekin bu vaqt davomida gapirmasligingiz kerak. Yoki agarda javob 
berishingiz juda ham zarur bo`lsa, juda qisqa va lo`nda javob qaytaring. Hech qachon 
kecha televizorda nimani tomosha qilganingiz yoki yozgi ta`tilda qaysi ishlar bilan 
shug`ullanishingiz haqida gapirib bermang. Shularni bajarganingizdan keyin 2-3 kun 
ichida o`zingizda juda ham katta o`zgarishlar ro`y berayotganiga guvoh bo`lasiz. 
Natijalarni tahlil qiling. Atrofdagi gaplarga e`tabor bermang.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling