Hayotning 101 qoidasi Uzbekistan 978-613-9-45185-2
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Hayotning 101 qoidasi kitobi word
- Bu sahifa navigatsiya:
- 78. Boshlagan hamma kitobingizni oxirigacha o’qib tugatmang
77. Kamtar bo’ling
Men hurmat qiladigan insondagi yaxshi fazilatlardan biri kamtarlikdir. “Juda ko’p mevasi bor daraxt, yerga qarab egilgan daraxtdir”, degan edi bir paytlar dadam. Mening bilishimcha, bir nechta mustasnolar bo’lmasa, hayotda juda ko’p narsalarni biladigan, ko’p narsalarga erishgan va uzoq umr ko’rgan insonlar tabiatan kamtar bo’lishadi. Kamtar bo’lish unchalik oson emas. Kamtar bo’lishga urinar ekansiz, shunga amin bo’lasizki, sizning o’rganmagan narsalaringiz juda ko’p va siz atrofdagi hammani hurmat qilishingiz kerak. Sizning kamtarligingiz atrofdagilarga siz doimo ularni eshitishga va ulardan kerakli narsalarni o’rganishga tayyorligingiz haqida belgi beradi. Hayotim davomida juda ko’p mashhur insonlar bilan uchrashish imkoniyatiga ega bo’ldim. Meni juda to’lqinlantirganlaridan biri, boks bo’yisha jahon chempioni Muhammad Ali bilan uchrashuvim edi. U shunchalik mashhurligiga qaramasdan, haqiqiy inson va juda kamtar edi. Qachonki men u bilan Los Anjelesda ko’rishish baxtiga ega bo’lganimda, u men haqimda menga, men esa u haqida o’ziga savollar bergandim. U o’zi haqida soddagina xushmuomalalik bilan so’zlab berdi. Men Muhammad Alidan “Siz qanchalik yaxshi inson bo’lsangiz, shunchalik ko’p boshqalarga uni isbotlashingiz kerak bo’ladi”, deb aytgan edim. 65 78. Boshlagan hamma kitobingizni oxirigacha o’qib tugatmang Biz doimo o’zimizni o’qishni boshlagan kitobni, o’qib tugatishga majbur qilamiz. Agarda biz bu kitobni o’qib tugatmasak, o’zimizni gunohkordek sezamiz, chunki uni sotib olish uchun biz xarajatqilganmizda. Lekin barcha kitoblar ham mag’zini chaqishga arzimaydi. Fransis Bakon aytganidek, “Ba’zi kitoblar tatib ko’riladi, boshqalari yutib yuboriladi va juda ham kamchiligi chaynalib, hazm qilinadi”. Ya’ni ba’zi kitoblarning faqatgina bir qismini o’qiymiz, boshqalarini qiziqish bilan o’qiy olamiz va juda ham kam kitoblarni to’laligicha e’tibor bilan o’qiymiz. Men ham qo’limga olgan barcha kitobni o’qib tugatishga o’zimni majburlardim. Keyinchalik shuni tushunib yetdimki, kamroq, ammo samarali mutolaadan keyin men ko’proq narsalarni tushunib olarkanman. Qaysi kitobni oxirigacha o’qib tugatishni tanlaydigan bo’lganimdan so’ng, ularning har biridan qanday tarzda juda ko’p ma’lumot olishni o’rgandim. Agarda siz bironta kitobning uchta bo’limini o’qib tugatganingizdan so’ng, hech qanday arzirli ma’lumot ola olmasangiz, yoki u sizning e’tiboringizni jalb qila olmagan bo’lsa, uni astagina chetga olib qo’ying va vaqtingizni boshqa narsalarga sarflang. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling