Hayotning 101 qoidasi Uzbekistan 978-613-9-45185-2
Har kunlik qilishingiz shart bo’lgan ishlar ro’yxatini yuzib oling
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Hayotning 101 qoidasi kitobi word
- Bu sahifa navigatsiya:
- 75. O’zingizning qobiliyatlaringizga ishoning
74. Har kunlik qilishingiz shart bo’lgan ishlar ro’yxatini yuzib oling
Hayotda shamolda uchayotgan barg kabi xohlagan joyingizga qarab uchib yashash juda ham oson. Go’zal hayot qurish uchun siz maqsad bilan hayotdan rohatlanib, boshqalarning ta’sirisiz, o’zingiz xohlaguncha yashashingiz kerak bo’ladi. Haqiqiy qiyinchilik bu - qilishingiz kerak bo’lgan ishlar uyumi ostida qolib ketish. Lekin, agarda siz hammasini hayotning o’ziga qo’yib bersangiz, kuningiz osongina oylarga va oylaringiz yillarga ulanib ketganiga guvoh bo’lasiz. Men o’zimning hayotimda qiladigan ishlar haqida doimo ro’yxat tuzib qo’yaman. Bu ro’yxat bir yil davomida, menig hayotimning chiroyli bo’lishi uchun xizmat qiladigan maqsadlar, va’dalar va qasamlarimni o’zida mujassamlashtirgan. Masalan uning birinchi qismida, men shu 24 soatning har bir daqiqasini xohlagan mashg’ulotim bilan mazmunli o’tkazaman. Shu tufayli men atigi 24 soat ichida juda ko’p ishlarni qilishga intilaman va bajarganlarimni ro’yxatdan o’chirib tashlayman. Shu bir kunni men xuddi eng so’ngi kunimdek sarf qilaman, chunki hech bir inson eng so’nggi kunida armon bilan ketishni xohlamaydi. Mening rejalarim bevosita mening olam, do’stlarim va o’zim bilan aloqador bo’ladi. Ertalab shu ro’yxatni o’qish menga qilishim kerakli bo’lgan va 63 bir kun davomida esdan chiqib ketishi mumkin bo’lgan mayda- chuyda ishlarni eslatib turish imkonini beradi. Ro’yxatni o’qishim bilan men kuch-qudratga to’laman va yangi maqsadlar bilan yo’lga otlanamam. Ro’yxat tuzib olish sizga ham xuddi shularni his qilish imkonini beradi. 75. O’zingizning qobiliyatlaringizga ishoning Bir paytlar Albert Kamus shunday yozgan edi: “Qishning o’rtasida ko’zga ko’rinmaydigan yozni topdim”. Biz stresga tushib qolguncha, yuragimizda og’riq paydo bo’lguncha va qiyinchiliklarga ro’baro’ bo’lmaguncha qanchalik chidamli va kuchli ekanligimizni tushunib yetmaymiz. Keyinchalik bizning ichimizda xohlagan muammoni hal qilishga qodir bo’lgan, jasorat borligiga amin bo’lamiz. Seminarlarimda qatnashgan ko’pgina insonlar oldimga kelib, o’z muammolari haqida aytishadi. Ba’zilari o’z qo’l ostidagi ishchilarda qiziqish uyg’otish borasidagi qiyinchiliklarni aytadi. Boshqalari o’z kasbidan hech qoniqish hosil qilmayotganini bildiradi. Ular mendan qanday qilib, shaxsiy hayot va ishni bir xillikda ushlab turish haqida maslahat so’rashadi. Javobim doimo bir xil tarzda boshlanadi: Hayotingizni yaxshilash uchun, siz dunyo qarashingizni kengaytirishingiz kerak bo’ladi. Odamzodning ustunligi har qanday qiyinchilikni yengib o’tishidadir. Itlar buni qila olmaydi. Mushuklar bunga qodir emas. Bu ish maymunlarning ham qo’lidan kelmaydi. Biz inson bo’lganimiz uchun ham shunday tug’ma qobiliyatga egamiz. Atrofdagilarimizni ayblash bu faqatgina o’zimiznioqlashdan boshqa hech narsa emas. Muammolarni hal qilishda, biz ularning kelib chiqish sabablari va oqibatlarini haqida taxmin qilib, biz ularni hal qila olish qobiliyatiga ega ekanligimizga ishonishimiz kerak. Zero, hayotdagi eng katta muvaffaqiyatsizlik, hayotda eng katta baxtga sabab bo’ladi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling