62
xohlagan narsalaringizga ega bo’lishni istasangiz dono insonlar
bilan guruhcha tuzib
oling” deya maslahat beradi. Ikki yoki uch insonlarning bilimi va harakatlari
birlashmasidan aniq bir maqsadga erish oson bo’ladi. “Ikki
inson birgalikda uchinchi
insonni kashf qiladi, chunki ularning ichki hissiyotlari bevosita
uchinchi inson bilan
aloqador bo’ladi”, deb qo’shimcha qiladi Hil.
Men o’zim dars bergan, seminarlarimda
muntazam qatnashib kelgan, eng omadli
insonlarning
aytishicha, ham biznes va ham oiladagi muvaffaqiyatga erishishning eng
yaxshi yo’li birlashib reja asosida ish ko’rishdir. Shu yo’l
bilan ular nafaqat samarali
ishlash, balki kuchli dos’tlik va tajribaga ham ega bo’lishgan.
O’zingizning guruhingizni shakllantirish uchun,
siz ulardan biron narsani
o’rganishingizga amin bo’lgan va hamma bilan yaxshi kelisha oladigan 3-4 kishini
tanlab oling. Guruh har tomonlama foydaga asoslangani
sabali siz undan
kutganingizdan ko’ra ko’proq narsani o’rganishingiz kerak. Guruh a’zolari bilan har
haftada bir marta ertalab majlislar o’tkaza boshlang. Rivollangan texnologiyalar davrida
bir-biringiz bilan yuzma yuz ko’rishishga ham hojat yo’q.
Siz telefon orqali suhbat
qurishingiz, elektron aloqa o’rnatishingiz va hattoki faksdan foydalanishingiz mumkin.
Belgilangan vaqt davomida siz hayotda duch kelayotgan qiyinchiliklaringiz haqida
aytib, guruhdan maslahat olishingiz mumkin. Omadli a’zolarning
muvaffaqiyatlari
haqida suhbatlashib, o’zingiz uchun kerakli maslahatlarni oling. Bunday guruhni tashkil
etish sizga nafaqat bilim, balki juda ko’p xursandchiliklarni hadya etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: